1. Atom tuzilishi


Download 1.09 Mb.
bet6/10
Sana08.03.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1252307
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Atom tuzilishi, davriy tizim va kimyoviy bog’lanish

Ionlanish energiyasi – Ie kimyoviy elementning asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib, atom orbitalida elektronning qanday ushlab turganligini ko’rsatib elementning kimyoviy xossasini tavsiflaydi. Аtomda elektronlar yadroga faqatgina tortilmasdan ular o’zaro bir-biri bilan bir hil ishorali zaryadlar itarishish kuchiga ham ega. Shuning uchun birinchi elektronni uzib olishga kam energiya talab qilinadi, keyingilariga esa ko’proq energiya sarflashga to’g’ri keladi.
Ionlanish energiyasi eng kam bo’lgan elementlar ishqoriy metallardir, chunki ular atom yadrosi atrofida tashqi qavatda joylashgan bitta elektroni eng kam energiya qiymatiga ega bo’lib, osongina boshqa element atomiga beradi, ionlanish energiyasi eng yuqori bo’lgan qator VIII – guruh elementlari (inert gazlаr) qatoridir.
Bog’lanish energiyasi – E. Atom yadrolarini o’zaro qo’shilib neytral modda hosil bo’lishida ajralib chiqadigan yoki yutiladigan energiyaga bog’lanish energiyasi deyiladi. E – kkal/mol, kal/mol, kdj/mol o’lchov birliklarida ifodalanadi. Bog’lanish energiyasining son qiymati ayni moddaning naqadar barqaror yoki beqarorligini bildiradi.
Bog’lanish uzunligi – l – o’zaro bog’langan atom yadrolari orasidagi masofaga bog’lanish uzunligi deyiladi. l =A angstremlarda ifodalanadi. 1A-10-8 sm ga teng.
Bog’lanish burchagi – l o’zaro bog’langan atom yadrolari orasidagi burchakka bog’lanish burchagi deyiladi. Bog’lanish burchagi l – gradus va minutlarda o’lchanadi.
Bog’lanish uzunligi va bog’lanish burchagi kabi kattaliklar moddaning geometrik shakli (tuzilishi)ni ko’rsatadi.
Masalan: Suv molekulasidagi H va O atomlari orasidagi bog’lanish uzunligi 0,96 A, bog’lanish burchagi esa 104,5º ga teng. Demak, suv molekulasining tuzilishi uch burchak shakliga ega ekanligini ko’rsatadi.
Ionlanish potentsiali – I. Elementning reaktsiyaga kirishish qobiliyatini ionlanish potentsiali – I orqali va elektronga moyillik – Ye degan kattaliklar yordamida tushutirish mumkin, ya’ni:
a) normal atomdan bitta elektronni uzib olish uchun sarf bo’ladigan energiyaga ayni elementning ionlanish potentsiali deyiladi. Uning
o’lchami I = kdj/atom yoki Ev\atom E + I = E + Ie I1Ionlanish potentsialining son qiymati ayni elementning metallik yoki metallmaslik faolligini bildiradi. Ionlanish potentsiali eng kichik bo’lgan elementlar ishqoriy va ishqoriy – yer metallaridir. Elementlar davriy tizimda davrlarda chapdan o’ngga qarab o’tgan sari elementlarning ionlanish potentsiallari ortib boradi. Guruhlarda esa yuqoridan pastga qarab tushgan sari elementlarning ionlanish potentsiallari kamayib boradi. Agar elementning ionlanish potentsialining tartib raqamiga bog’liqligini o’rgansak unda davriylik – ekstremum bilan tavsiflanadi. Maksimum inert gazlarga minumim esa ishqoriy metallarga to’gri keladi. Inert gazlarda potentsiallarning maksimum bo’lishiga sabab s2p6 elektron konfiguratsiyalarning barqarorligidandir. Kam bo’lishining sababi tashqi s orbitaldagi elektronlarning yadro zaryadini effektiv ekranlanishidir. Ekranlanish effekti deb mazkur elektronning yadroning musbat zaryadiga ta’sirini ularning o’rtasiga boshqa elektron tushib kuchsizlantirishiga aytiladi.
Kovalent bog’- shunday bog’ki ikki atom orasida elektronlar jufti umumlashgan bo’ladi. Atomlarning elektromanfiyligiga bog’liq holda bog’lar qutbli yoki qutbsiz bo’ladi. Elektromanfiyliklari bir hil bo’lgan atomlar jufti qutbsiz kovalent bog’ hosil qiladi. Qutbli kovalent bog’da atomlar turli hil elektromanfiylikka ega bo’ladi. Kovalent bog’lanish nazariyasi asosini «sirtqi qavati sakkiz (yoki ikki) elektrondan iborat atom barqaror» degan tushuncha tashkil etadi. Bu bog’lanishda barqaror konfiguratsiya ikki atom orasida bir yoki bir nechta umumiy elektron juftlar hosil bo’lishidan kelib chiqadi. Elektron juftlar hosil bo’lishida ikkala atom ham ishtirok etadi. Shuning uchun har bir atom umumiy juft uchun o’zidan albatta elektron beradi. Kovalent bog’lanish hosil bo’lishini bir necha moddalarda kuzatish mumkin. Har birida bittadan elektron bo’lgan ikki vodorod atomi o’zaro yaqinlashganda vodorod molekulasini (H2) hosil qiladi. Bu jarayon quyidagicha ifoda qilinadi:
H·+·H→ H:H
Har qaysi atomning umumiy juft uchun beradigan elektroni ko’rinishda nuqta bilan tasvirlangan. Vodorod molekulasida bir juft elektron ikki yadro orasida joylashishi natijasida barqaror konfiguratsiya hosil bo’lishga olib keladi.
Ftor atomida oktet, ya’ni sakkiz elektronli qavat hosil bo’lishi uchun bir elektron etishmaydi. Ftorning bir atomi uning ikkinchi atomi bilan birikkanida kovalent bog’lanish hosil bo’lishini quyidagicha tasvirlash mumkin:


Azot atomida oktet hosil bo’lishi uchun uch elektron etishmaydi. Ikki atom azotdan azot molekulasining hosil bo’lishini quyidagicha yozish mumkin: :N + N:→ :N N: Lengmyur birikuvchi atomlar orasida hosil bo’ladigan elektron juftlarning soni shu element valentligiga teng, deb qabul qildi. Masalan, ammiak molekulasida azot uch valentli, vodorod bir valentli, ya’ni NH3 ning hosil bo’lishida azotning uchta elektroni ishtirok etadi, lekin bir jufti ishtirok etmaydi. Ana shunday bog’lanishda ishtirok etmay qoladigan elektronlar jufti – yadrolar oralig’ida taqsimlanmagan juft elektronlar deb ataladi. Bunday elektron juftlar ko’pincha erkin elektron jufti deb ham ataladi.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling