1. Atrof-muhit ifloslanishining asosiy sabablari. Ozon havo muhitining ifloslanishi. Suv muhiti va uning ifloslanishi
Download 62 Kb.
|
Atrof muhitning iflaslanishi va ifloslanish turlari
4. Paxtani dastlabki qayta ishlash, tashish, quritish, tozalash, jinlash, linterlash, ishlab chiqarishning tolali chiqindilarini qayta ishlashda ishlab chiqarish binolari havosiga va atmosferasiga ko'p miqdorda chang ajralib chiqadi. Chang asosan 3 ta fraksiyadan iborat: iflos zarrachalar – g'o'zaning maydalangan bo'laklar; tolali va mineral zarrachalar (mineral zarrachalar paxtaga tuproq orqali o'tadi); paxtani qayta ishlash vaqtida undan ajralib chiqadigan changning iflos va tolali zarrachalaridir.
Atmosferaga chiqariladigan barcha ishlangan havo texnologik va aspirasion turga bo'linadi: birinchisi – texnologik mashina-uskunalardan, ikkinchisi – changlantirish sistemalaridan chiqadi. Paxta, tola, lint va ishlab chiqarish chiqindilari havo transporti – paxta tozalash zavodidagi ishlangan havoni chiqarish bo'yicha asosiy uchastka hisoblanadi. Quritish-tozalash, jinlash, linterlash va tolali chiqindilarni qayta ishlash sexida anchagina miqdorda chang bo'ladi. Paxta tozalash korxonasida texnologik davomida ajralib chiqadigan chang tarkibi o'zgarib boradi. Paxtani dastlabki qayta ishlash jarayonining boshlanishida havo tarkibida ko'p miqdorda mineral fraksiyalar bo'lgan chang ajralib chiqadi. Paxtani keyingi ishlov berishlarda – tola va lint olishda ajralib chiqadigan changda organik moddalar ko'proq bo'ladi: bular chigit qobig'i, barg bo'laklari va g'o'zaning boshqa qismlari, shuningdek tolali bo'lakchalardir. Xulosa Hozirgi kunga kelib dunyo aholisi soni 7 mlrdga etib bormoqda, albatta bu tabiy resurslardan ko'proq foydalanishga olib kelmoqda. Natijada atrof-muhitga tashlanadigan chiqindilar yildan yilga oshib ketmoqda. Shuning uchun Ona tabiatimizga o'z ta'sirini ko'rsatadigan sanoat chiqindilaridan himoyalash davr talabi bo'lib qolmoqda, chunki ifloslangan tabiiy muhit nafaqat insonlarga balki tabiatimizga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bu borada nafaqat davlatimiz balki dunyo davlatlari tamonidan birqancha chora tadbirlar ishlab chiqilgan. Halqaro miqyosda juda ko'p konvensiyalar BMT tomonidan ishlab chiqilgan va hozirgi kunda amal qilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T., 2019. 2. O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi” to‘g‘risidagi qonun. – T.: “Adolat”, 1998. 3. O‘zbekiston Respublikasi “Davlat Yer kadastri” to‘g‘risidagi qonun. – T.: “Adolat”, 1998. 4. O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun, 1992. 5. O‘zbekiston Respublikasi “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonun. 1993. 6. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 21-sentyabrdagi O‘RQ409-son “O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonuniga asosan yangi tahriri. 7. “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947- son farmoni. 2017-yil. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-aprelda imzolangan “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5024-son farmoni. www.lex.uz 9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15- iyundagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori. 10. O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida nizom. 2014-yil. 290-son qaror. Download 62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling