1. Auditorlik dalillarning mazmuni, ahamiyati va ularga qo’yilgan talablar Auditorlik dalillarni olish manbalari va usullari tavsifi
Download 65.06 Kb.
|
Auditorlik dalillar va ularni olish usullari-fayllar.org
Audit dalillariga misolABC kompaniyasi buxgalterlik firmasi, Anderson Brothersning auditorlik xizmatlarini 2019 moliyaviy yilidan moliyaviy hisobotlarini tekshirish uchun ro'yxatga oldi. Auditor audit ustida ishlay boshlaydi va hisobot qilingan daromadlar va bank qoldiqlari to'g'risida ma'lumot so'raydi. Daromadlar to'g'risida aniq va ishonchli ma'lumotlarni olish uchun auditor sotishdan tushgan tushum va schyot-fakturalarni, shuningdek inventarizatsiyani fizikaviy tekshirishni talab qiladi. Bankdagi qoldiqlarga kelsak, auditor kompaniyaning barcha bank hujjatlarini to'g'ridan-to'g'ri ABC bankidan talab qiladi. Ushbu ma'lumotlarning barchasi; kvitansiyalar, schyot-fakturalar, jismoniy kuzatuvlar va bank hujjatlari tekshiruv dalillari sifatida qabul qilinadi. Auditorlik dallillar olinish usuliga ko’ra quyidagicha turkumlanadi: a) faktlarni tasdiqlash yo’li bilan olingan dalillar; b) hujjatlashtirilgan faktlarni aniqlash yo’li bilan olingan dalillar; v) maxsus o’tkazilgan tahlil natijasida aniqlangan dalillar. Faktlarni tasdiqlash mulklar va majburiyatlar muayyan turlarining mavjudligini aniqlashdan iborat. Bu xo’jalik faoliyatidagi faktlar bo’lib, ularni fakt-vaziyatlar deb hisoblash mumkin; ular zamonaviy auditning ajralmas qismi hisoblangan inventarizatsiya yo’li bilan aniqlanadi. Hujjatlashtirilgan faktlarni aniqlash moliyaviy hisobotni va hisob registrlarini to’ldirish uchun asos bo’lgan dastlabki hujjatlarni tekshirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bularga tannarxni asossiz ravishda oshirib yuborish yoki tovarsiz operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq operatsiyalar misol bo’lishi mumkin. Shuningdek, bitta hujjatning turli nusxalaridagi yozuvlarining birbirlariga mos kelmaslik holatlari. Maxsus o’tkazilgan tahlil natijasida faktlarni aniqlash hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlarni mantiqiy joylashtirish va matematik hisob-kitob qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunday argumentlash ratsional deb nomlanadi va u audit jarayonida salmoqli o’rin tutadi. Masalan: 1) 2910-«Omborlardagi tovarlar» schetida korxona mulki hisoblangan tovarlar hisobga olinishi lozim; 2) auditor ushbu tovarlar uchun korxonaning mulkiy huquqi mavjudligini aniqlashi zarur; 3) taqdim etilgan hujjatlar (shartnomalar, tovarlar hisoboti, bank ko’chirmalari) va mulkiy huquqning korxonaga o’tgan paytini aniqlash asosida auditor tovarlarning egasi haqida xulosa qiladi. Auditor fikriga birinchi argument ko’proq ta’sir ko’rsatadi. Haqiqatda 2910«Omborlardagi tovarlar» schetida qoldiq sifatida ko’rsatilgan tovarlar yo’q bo’lsa, hech qanday fikr-mulohazaga o’rin qolmaydi. So’ngra uchinchi va to’rtinchi argumentlarni ahamiyatliligi bo’yicha ko’rsatish mumkin. Download 65.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling