O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti


Download 132.57 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi132.57 Kb.
#1564495
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Audit kurs ishi oxirgi


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

__________________________________” KAFEDRASI

______________________” FANIDAN


KURS ISHI


Mavzu: Auditorlik dalillar va ularni olish usullari.

Fan o’qituvchisi _______________________
Bajardi: Mamirov Muhtor
Guruh: BXA59-2 guruh talabasi
Himoya qilingan sana: ________________
O’quv yili 2022-2023

TOSHKENT – 2023
Reja:
Kirish __ 3
1. Auditorlik dalillar tushunchasi va ularni tartibga solishning huquqiy asoslari 6
2. Auditorlik dalillariga qo`yilgan talablar va dalillarning ishonchliligini baholash 13
3. Auditorlik dalillarining turlari va ularni olish manbalari 23
Xulosa __ 29
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati __ 33

Kirish
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida biznesni muvafaqqiyatli rivojlantirishga yordam beradigan, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy hisobotlarining ishonchligi to’g’risida xulosa beradigan hamda hisobotni yaxshilash maqsadida ularga maslahat, yo’l-yo’riq va boshqa turlardagi amaliy yordam ko’rsatadigan professional xizmatning yangi shakli – auditorlik faoliyatiga ehtiyoj kuchaymoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 2021 yilning 26 fevral kuni yangi tahrirdagi «Аuditorlik faoliyati toʼgʼrisida"gi qonunga imzo chekdi. Unga muvofiq, auditorlik faoliyat litsenziyalanadigan faoliyat turlari tarkibidan chiqarildi. Endi ushbu faoliyat faqat Аuditning xalqaro standartlari asosida amalga oshirilishi belgilandi. Mazkur hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yilning 10 noyabrь kuni, Senat tomonidan esa 2021 yilning 5 fevralida maʼqullangan bo`lib, amaldagi Qonun 2000 yilda qabul qilingan boʼlib, senatorlarning fikricha, «islohotlar tufayli soʼnggi yillarda audit bozorida roʼy bergan oʼzgarishlar uning toʼgʼridan-toʼgʼri amal qilish sifatlarini pasaytirib, samarasiz, bugungi talablarga toʼliq javob bermaydigan» holga kelgan. Shu o`rinda, yangi tahrirdagi qonunga muvofiq, Moliya vazirligi auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi. Qonunning muhim jihatlaridan biri bu — auditorlik faoliyatining litsenziyalanadigan faoliyat turlari tarkibidan chiqarilayotganidir. Endi auditorlik faoliyati faqat Аuditning xalqaro standartlari asosida amalga oshiriladi. Majburiy auditorlik tekshiruvidan oʼtishi zarur boʼlgan ijtimoiy ahamiyatga ega tashkilotlar roʼyxati ham shakllantirildi. Malaka sertifikatiga ega boʼlgan shaxslar auditor sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Аuditorlik faoliyatiga oid maʼlumotlar Moliya vazirligi saytida joylashtiriladi.
Banklar va boshqa kredit tashkilotlarida auditorlik tekshiruvi oʼtkazilishida masʼul organ sanaladi. Qonunga koʼra, auditorlar jamoat birlashmalari ularning malaka imtihonlarini oʼtkazishda va test sinovlarini tuzishda ishtirok etish huquqiga ega boʼladi. Аuditorlik faoliyatiga aralashishga yoʼl qoʼyilmaydi. Аuditor oʼzi ishlaydigan faqat bitta tashkilot muassisi boʼla oladi. Moliya vazirligi tomonidan Аuditorlik sertifikati beriladi. Uni olish uchun talabgor oliy maʼlumotli boʼlishi hamda faoliyatining oxirgi 10 yilidan 3 yilida buxgalteriya va audit sohasida yoki OTMda ishlagan boʼlishi kerak. Sertifikat uchun arizalar 3 ish kunida koʼrib chiqilib, malaka imtihoni topshirish yoki rad etish toʼgʼrisida qaror qabul qilinadi.
Bundan tashqari, qonun bilan auditorlik tashkilotining maqomi ham belgilandi va auditorlik tashkiloti oʼzi haqidagi maʼlumotlar reestrga kiritilganidan faoliyat yuritish huquqiga ega boʼldi. Аuditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvlari va turdosh xizmatlarni koʼrsatadi.
Hozirgi kunda xo’jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo’jalik faoliyatining moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan natijalarni baholash masalalariga yangicha, zamonaviy yondashuv uslublari juda ham zarur. Bu mavjud nazariy, tashkiliy – huquqiy asoslari va amaliy muammolar bo’yicha auditorlik faoliyatining sifatini oshirish, hamda respublikamizda tashqi va ichki audit tekshiruvlarini zamonaviy darajada tashkil qilish va uni rivojantirish borasida chuqur tadqiqotlar o’tqazishni taqozo etmoqda. Bir tomondan, auditorlik faoliyatining xalqaro tajribalariga tizimli yondashish, ularni chuqur tahlil qilish, boshqa tomondan bozor iqtisodiyotining jahon ham jamiyatida e’tirof etilgan o’zbek modelining xususiyatlari to’g’risidagi bilimlarimizdan maksimal foydalangan holda, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida moliyaviy hisobot axborotlaridan foydalanuvchilar uchun nazoratning maxsus tashkiliy shakli – auditni istiqbolli rivojlantirish zarurligi ayon bo’lmoqda. Bular o’z navbatida mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Auditorlik tekshiruvlarining asosiy maqsadi xo‘jalik yurituvchi subektlar buxgalteriya hisobotlarining ishonchliligi to‘g‘risida auditorning mustaqil bildirilgan fikridan iborat. Buning uchun auditor hisobotning ishonchliligi yoki uning ishonchliligini rad etish to‘g‘risidagi asosli fikr bildirishga imkon beradigan dalillarni to‘plashi zarur. Dalillarning yetarliligi ularning miqdori va sifati bilan belgilanadi. U tanlash ko‘lami va to‘plamdagi muayyan elementlarning tavsifi bilan bog‘liq. Axborotlarning samaradorligi esa tanlash elementlarining reprezentativligi (bosh to‘plamning o‘rganilayotgan belgilar bo‘yicha xususiyatlari tanlama to‘plamda namoyon bo‘lishi)ga bog‘liq, ya’ni reprezentativlik qancha yuqori bo‘lsa, auditorlik riski shuncha past bo‘ladi. Auditorlik risklarini pasaytiruvchi dalillarning yetarliligi to‘g‘risida auditor ichki nazorat tizimini baholash va auditorlik riskining hajmiga asoslanib xulosa qilishi mumkin. Ichki nazorat tizimi qanchalik ishonchli va auditorlik riski qanchalik past bo‘lsa, auditordan shunchalik kam dalil-isbotlar to‘plash talab etiladi.


Download 132.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling