1. Autik bolalar bilan ishlash uchun korreksion dastur Maqsadi
Download 11.72 Kb.
|
Zulfiya Autik bolalar dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vazifasi
- Trening qismlari Davomiyligi Jihoz va vositalar Maqsadi
- Tanishuv qismi: “Doira ichida doira”
- 2.Asosiy qism “Savatcha mashqi”
- 3.Yakuniy qism Treningni yakunlash: Refleksiya Yakunlash(aylana bo’ylab)
Guliston Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya yo'nalishi 53-19-guruh talabasi Ergasheva Zulfiyaning tayyorlagan dasturi 1.Autik bolalar bilan ishlash uchun korreksion dastur Maqsadi: Bolalarda muloqot ko’nikmalarini shakllantirish, bilish jarayonlarini rivojlantirish. Vazifasi: -Bolalarda muloqotga kirishishdagi muommolar bo’yicha ishlash. -o’quvchilarda bilish jarayonlarini rivojlantirish. Trening o’tkazish shakli :Guruhiy Vaqti: 35-40 daqiqa Reja:
1.Kirish Trening qoidalari, maqsad va vazifalari bilan tanishtirish. Trening qoidalari: -o’zaro hurmat -tinglash -faollik -ko’ngilli ishtirok Maqsadi: Bolalarda muloqot ko’nikmalarini shakllantirish, bilish jarayonlarini rivojlantirish. Vazifasi: -Bolalarda muloqotga kirishishdagi muommolar bo’yicha ishlash. -o’quvchilarda bilish jarayonlarini rivojlantirish. Tanishuv qismi: “Doira ichida doira” O’tkazilish tartibi: Guruh ishtirokchilarining yarmi stollarini olib doira hosil qilishadi. Guruhning boshqa ishtirokchilari bu guruh atrofidan ikkinchi doirani hosil qilishadi va birinchi doira ishtirokchilari o’zlarining ismlarini aytishadi va ismlarini bosh harfi bilan boshlanuvchi ijobiy jihatlarini aytib o’tishadi. Masalan: Nargiza-nafis 2.Asosiy qism “Savatcha mashqi” Maqsad: Mashq o’quvchilarda diqqat, mantiqiy tafakkurni rivojlantiradi, guruhlarga ajrata olish qobiliyatini va fikrlash tezligini oshiradi. Mashqning borishi: Ishtirokchilar ikki guruhga ajratiladi. Birinchi guruhga mevalarni, ikkinchi guruhga sabzavotlarni olib o’z savatchalariga solish so’raladi.Vazifani tez va to’g’ri bajargan guruh g’olib hisoblanadi. “Ortiqchasini top” Maqsad: o’quvchilarda diqqat va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish. Mashqning borishi: Olib boruvchi o’quvchilarga 3tasi bitta umumiylikka ega bo’lgan va bittasi ulardan farq qiluvchi 4 ta rasmdan iborat A4 qog’ozlar tarqatadi. Bolalar ulardan ortiqchasini topishlari lozim bo’ladi. “Vizual terapiya” Maqsadi: turli vizual texnologiyalar yordamida muloqot qilish ko’nikmalarini shakllantirish. Mashqning borishi: O’quvchilarga turli ovozlar qo’yib beriladi, ular eshitib nimaning ovozi ekanini aniqlashlari lozim. 3.Yakuniy qism Treningni yakunlash: Refleksiya Yakunlash(aylana bo’ylab) Aylana bo’ylab hamma o’z taassurotlari bilan bo’lishadilar. Ishtirokchilarga aylana bo’ylab mashg’ulotda nima yoqqani-yu, nima yoqmaganligi haqida fikr bildirishlari, jamoaning qaysidir a’zosiga yoki butun jamoaga nimanidir aytishni eslaridan chiqargan bo’lsalar, aytishlari mumkinligi ma’lum qilinadi. Bu mashqni trener o’z taassurotlarini aytishi bilan boshlashi ham mumkin, lekin buni oxirida qilgani ma’qul – chunki ishtirokchilar boshlovchidan keyin gapiradigan bo’lishsa, o’zlarining salbiy mulohazalarini bildirmay qolishi mumkin. Download 11.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling