1. “Avesto” da Ta’lim va tarbiyaga oid fikirlar. “Avesto” da pedagagik g’oyalar qanday ifodalangan “Avesto” Talim va axloqiy asar
Download 23.64 Kb.
|
Avesto
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilga adabiyotlar
“Avesto “ da ta’lim va tarbiyaga oid fikirlar Reja 1. “Avesto” da Ta’lim va tarbiyaga oid fikirlar. 2. “Avesto” da pedagagik g’oyalar qanday ifodalangan 3. “Avesto” Talim va axloqiy asar 1 .«Avesto» - zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblanib, dastlabki Sharq falsafiy qarashlarmi o'zida aks ettiruvchi manbadir. Unda insormi karnolotga erishuvida mehnat, ezgulik, insoniylik, soflik, bag'rikenglik kabi sifatlaming ahamiyati chuqur ifodalangan. Zardushtiylik dinining nomi ushbu din asoschisi Zardusht (turli tillarda Zaratushtra, Zoroastr) ismidan olingan. Uning tug'ilgan joyi noma'lum. Zardusht miloddan awalgi 1-ming yillikning birinchi choragida yashagan. Zero, zardushtiylikda axloqiylikning asosi, sahovatlilik belgisi - mehnat deb ko'rsatilsa, ishyoqmaslik barcha nuqsonlami keltirib chiqaruvchi sabab ekanligiga urg'u beriladi. Zardushtiylik yoyilayotgan davrda ibodatxona ham, maxsus ilohiy kitoblar ham bo'lmagan. Diniy marosimlar ochiq havoda, gulxan yonida ado etilgan. Keyinchalik kohinlar Zardusht va'zlarini yozib borganlar. Zardusht dini kohinlari bunday diniy matalami yod bilganlar va ibodat paytida o'qiganlar, Zardusht vafotidan bir necha asr o'tgach barcha diniy marosimlar, madhiya va duolar kitob holiga keltirildi. Bu zardushtiylar muqaddas kitobi «Avesto» edi. «Avesto» so'zi «qat'iy qonunlar» ma'nosini bildiradi. Zardusht diniga ko'ra, atrofdagi dunyo ikki qismdan tashkil topgan: yaxshilik va yomonlik. Bular o'rtasida azaldan kurash ketadi. Masalan, nur bilan qorong'ulik, hayot bilan o'lim, ezgulik bilan yomonlik, qonun bilan qonunsizlik o'rtasida. Zardushtiylar hayotining asosiy mazmuni xayrli ish, shirin so'z, olijanob o'y-fikrdan xborat bo'lgan. Insonning asosiy burchi adolatli turmush tarzi bo'lmog'i kerak. Yaxshilikning yomonlik ustidan g'alaba qilishini ko'zlab yashash kerak: yo!g'on gapirmaslik, so'zning ustidan chiqmoq, faqat yaxshilik qilmoq. Zardusht dini bo'yicha har bir inson hayot yo'lini o'zi belgilaydi; kimga yon bosmoqlik, kimni himoya qilishni o'zi hal qiladi. Zardushtiylikda olov, er, suv va havo muqaddas sanaladi. Ulami yomon, yovuz narsalar bilan aralashtirmaslik lozim. «Avesto» tarbiyaviy manba sifatida. «Avesto» asarida inson shaxsining kamolotga erishishiga oid fikrlar ifoda etilgandir. Mazkur asar g'oyalari orqali qadimgi davrlarda mamlakatimiz hududida yashagan xalqlarning tabiiy, ilmiy, ma'rifiy hamda ijtimoiy qarashlari borasida muhim malumotlarga ega bo'lamiz. « Avesto » diniy xarakterga ega bo'lish bilan birga, o'zida falsafiy, siyosiy, filologik, va tarbiyaviy masalalarni ham qamrab olgan. Zardushtiylik dinining g'oyalari xususida so'z borganda, ularning to'g'rilik bilan yashash va axloqiy unsurlarga asoslanganligini alohida ta'kidlab o'tish lozim. Ushbu afsonada gunoh va uning jazosi, poklikning mohiyati ta'riflanib olov, suv, er, chorva, daraxt hamda o'simliklar ulug'lanadi, kohin, harbiy, dehqon va chorvadorlar sharaflanadi. Hayvonlarga zulm o'tkazish eng katta gunoh sifatida qoralanadi. Mazkur bo'limda shaxsiy gigienaga amal qilishga oid qoidalar-tirnoq va sochni parvarishlash masalalari yuzasidan fikr bildiriladi. Bildirilayotgan fikrlardan anglashiniladiki, zardushtiylik dinining g'oyalariga ko'ra, shaxsning axloqiy xislatlarga ega bo'lishi Adolat o'lkasini qaror toptirishda tayanch omil bo'lib xizmat qiladi. Zardushtning asosiy yo'riqlaridan biri ham Axura Mazdaning ko'makchisi sanalgan inson sa-hovatli bo'lishi kerak, degan aqidadir. Garchi, zardushtiylikda diniy rasmrusumlarga rioya etish, Zardusht tomonidan ilgari surilgan barcha axloqiy yo'l-yo'riqlarni bajarish har bir kishining muqaddas burchi ekanligi e'tirof etilishi bilan birga, dunyoviy ishlar va ularning mohiyati ham ochib beriladi. «Yaxshi fikr» iborasining mazmuni o'zida ilohiy qonun ruhidagi g'oyalarga ega bo'lish, yaqin kishisiga nisbatan mehribonlik ko'rsatish, muhtojlarga ko'maklashish, yovuzlikka qarshi kurashga doimo tayyor turish, kishilarning baxt-saodati yo'lida harakat qilish, ahillik, qabiladoshlar bilan birga do'stlik va totuvlikda yashashga intilish ruhidagi niyat va fikrlar musaffoligini aks ettiradi. Inson fikran ham boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi darg'azab bo'lmaydi, jaholatlarga berilmaydi. Zero, bunday ruhiy holatda inson yaxshilik haqida o'ylamaydi, burch va adolat haqida unutadi va nojo'ya harakatlar qiladi. «Avesto»dagi uchlikning haqiqiy manbalariga yondashiladigan bo'lsa, ular qadimgi zamon kishilarining axloqiy tasawurlariga batamom muvofiq bo'lib tushadi. Fikr, so'z va ishning birligi ibtidoiy insonning ham ajralmas xislati edi. Uning ong, axloq va boshqalar xususidagi tasawurlari o'zi mansub bo'lgan jamoa bilan uzviy bog'langan, Jamoaning fikri uning ham fikri, jamoaning so'zlari uning ham so'zlari, jamoaning ishlari uning ham ishlari bo'lgan. Ijtimoiy va shaxsiy manfaatlarning
Yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi kurash «Avesto»ning bosh g'oyasidir. Yaxshilik ramzi - yakka xudo Axura Mazda, yomonlik ramzi - Ahramandir. Hozirgacha «Avesto»ning ikki varianti mavjud. Birinchisi faqat «Avesto»ning o'zidan iborat . Tisht - xalq o'rtasida asrlar o'tishi davomida «Sust» nomi bilan o'zgargan. O'zbek xalq og'zaki ijodidagi «Sust xotin» qo'shiqlarida Tishtar obrazi yaratilgan. Qurg'oqchilik kelgan yillarida dehqonchilik bilan shug'ullanadigan odamlar Tishtar - yomg'ir tangrisidan yordam so'raganlar. Bu marosim o'ziga xos ko'rinishda o'tkazilgan: dehqonchilik bilan shug'ullaniladigan joylardagi ayollar to'planishib, odam shaklidagi qo'g'irchoqqa kampirning ko'ylagini kiygizishib, «Sust xotin» qo'shig'ini aytishgan va o'z qo'ni-qo'shnilarinikiga kirishgan. Uy egalari qo'g'irchoqqa suv sepishgan, «Sust xotin» qo'shig'ini aytganlarga xayr-sadaqa berishgan. Quyidagi parchada yaratilgan Sust xotin obrazi «Avesto»dagi suv xudosi Tishtar mifologiyasiga bog'lanadi. O’rta Osiyoning qadimgi tarixini o’rganishda “Avesto” ning o’rni beqiyosdir. Unda diniy e’tiqod va xalqlarning o’zaro aloqalari bilan bir qatorda ularning hayoti, turmushi, urf-odatlari, marosimlari aks ettirilgan. Shuningdek bu buyuk asarda tarix, falsafa, dinshunosli, manbashunoslik, geografiya, etnografiya va umuman, ijtimoiy-siyosiy hayotnig barcha jabhalariga oid eng qadimgi ma’lumotlar to’plangan. “Avesto” da bayon etilgan asosiy g’oyalar, diniy e’tiqodning ilk sodda bilimlari Zardusht nomi bilan bog’langan. Olimlar zardushtiylik dini ta’limotini quyidagi uchta tarixiy qism (davr) ga bo’lib o’rganadilar, birinchisi, eng qadimiy qismi miloddan avvalgi uch ming yillikda vujudga kelgan ilohlarga aytilgan madhu sanolar-yashtlardir; ularda qabila-urug’chilik tuzumidagi e’tiqodlar, ko’p xudolik tasavvurlari tasvirlangan; ikkinchisi, gatlardeb atalgan qismidir. Bunda Axuramazda nomli xudo haqida fikrlar yozilgan; uchinchisi, qadimiy ko’pxudolik va keyingi yakkaxudolik g’oyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan oldingi V asrda har ikkisini kelishtiruvchi mazdaviylik dini shakllangan. “Avesto” bu dinning oxirgi va asosiy qismini bayon etgan. Juda ko’pchilik tadqiqotchilarninig fikricha, Zaratushtra afsonaviy bo’lmasadan, tarixiy shaxs hisoblanadi. U yunon-rim manbalarida Zoroastr, qadimgi fors tilida Zardusht, o’rta fors tilida Zaratushtra nomi bilan eslatiladi.Manbalarning guvohlik berishicha, u Spitama avlodidan bo’lib, otasini Porushasp, onasini Dugdova deb atashgan. Uning nomi “oltin tuchli”, “oltin tuya yetaklagan odam” ma’nosini beradi.Zaratushtraning otasi kohinlar tabaqasiga mansub bo’lib, u tug’ilgan mamlakat bizga noma’lum. Bularning barchasi Zaratushtra hayoti tarixi, uning tug’ilgan joyi va sanasi, zardushtiylikning vatani hamda dastlabki yoyilgan hududlari haqida to’la ma’lumot bera olmaydi. Ammo, Avestoning maxsus boblari Zaratushtrani tarixiy shaxs sifatida yoritadi. Sharqshunoslar orasida “Avesto” ning yaratilishi haqida turli fikrlar mavjud: ularninig ayrimlari yodgorlik tarkibidagi eng ko’hna madhiyalar, miflar va mifologik borazlarga suyanib, uning dastlabki qismlari eramizdan oldingi IX asrlarda yaratilgan, degan hulosaga kelishgan. Ular ba’zi matn va madhiyalaryakkahudolik e’tiqodi paydo bo’la boshlagan ilk paytlarda kohinlar tomonidan yaratilib, keyinchalik “Avesto”ni tuzganlar ulardan ham foydalangan, deb uqtirishadi. Bir guruh avestoshunoslar kitobninig yozila boshlashini bevosita Zardushtning Sablon tog’ida kechgan hayoti bilan bog’laydilar va bunda Hotlar asosan payg’ambar she’rlaridan tashkil topganiga suyanadilar. Harxolda “Avesto”da ajdodlarimizning eng qadimiy she’rlari, musiqa, badiiy tafakkur mevalari, diniy aqidalariyu ilmiy dunyoqarashlari mujassamlangani aniq “Avesto” Zardusht va mazdoparastlik dini ulamolari tomonidan yozilib, to’planib bo’lgach, maxsus kotiblar tomonidaning ho’kiz terisidan tayyorlangan qog’ozga oltin suvi bilan ko’chirilgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, “Avesto” 21 nask (kitob) dan iborat bo’lgan. Bu haqda “Tarixi Balamiy”da ham aniq ma’lumot mavjud. Makedoniyalik Iskandar Eronni bosib olgach, “Avesto” ning “dijnabisht”-arxivd, otashkada, xazinalarida saqlanayotgan eng nodir nus’hasini tarjima qildirib olib, o’zini yoqtirib yuboradi.Gushtasp xazinasidagi “Avesto” nusxasining taqdiri hamon noma’lumligicha qolmoqda. Sosoniylar sulolasining dastlabki podshosi Ardasher Bobokan Xirbadan nomli donishmandga “Aveston” ni qayta tiklash vazifasini topshiradi. U bir qancha zardushtiy ulamolar bilan hamkorliada obidani asl holiga keltiradi. Keyingi tadqiqotlardan aniqlanishicha, Xirbadan yuborgan yetti mu’bad Seiston, Balx, Marv hamda Eron Vij (Xorazm)ni kezib chiqadilar.Ular Turonzaminda “avesto”ni yoddan biladigan baxshilarni qidirib topadilar. Natijada “Gohlar” hamda “Vendidod”ning eng mukammal nusg’alarini xorazmlik uchta mu’bad og’zidan yozib olishadi. Sarchashmalarning guvohlik berishicha, zardushtiylik uzil-kesil shakllangan davrlarda markaziy shaharlarda podsho yoki hokim farmonlari. Markaziy hokimiyatning mahalliy boshqaruvchilarga, qo’shni davlatlarga yo’llagan maktublarining nus’halari har xil nask (kitob)lar saqlanadigan “dijnabisht” (arxivlar) mavjud bo’lgan. Samarqand dijnabishtida “Avesto”ning nodir nus’halaridan biri saqlangan. Shundan so’ng Shopur ikki davrida mu’badlarning mu’badi Ozorpod Mehrospondon “Avesto”ning parokanda qismlarini to’playdi., unga ko’p nom, tushunchalarni keng sharhlovchi “Zend Avesto” kitobini yaratadi. Arablar istilosi davrida o’z e’tiqodlarida sobit qolgan yuzlab eroniylar xonadoni Janubiy Hindistonga hijrat qiladilar va hozirgi ajdodlar udumini asrab qolishgan. Ularning Bombeyda zardushtiylik udumini o’rganadigan Koma ilmiy markazi ham mavjud. Ana shu ma’naviyat o’chog’ida Ardasher davrida ko’chirilgan “avesto” nusxalari saqlanadi. Shuningdek, kitobning bir qo’lyozmasi Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburgdagi Saltikov Shchedrin nomidagi Davlat kutubxonasining Sharq qo’lyozmalari bo’limida ham mavjud. Bundan tashqari “Avesto” XIX asrning o’rtalarida fransuz, ingliz va nemis, rus tillarida ilmiy izohlar bilan bir necha marotaba nashr etilgan: endilikda biz “Avesto”ning ikki muallif tomonidan bajarilgan nomukammal tarjimasiga ham egamiz. Zoroastrizm – otashparastlik, miloddan avvalgi VI – milodning VI asri dinining muqaddas kitobi bo’lib, miloddin avvalgi VI- milodning VI asrlarida yozilgan, Eron hamda O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati, ‘‘tiqodi, tili, adabiyoti va qisman tarixini o’rganishda asosiy manba hisoblanadi. Asarning yozilgan joyi haqida turlicha fikrlar mavjud. Bir guruh olimlar fransuz J.Darmsteter, ozarbayjon olimi I.Aliyev 2. «Avesto» asarida inson shaxsining kamolotga erishishiga oid fikrlar ifoda etilgandir. Mazkur asar g’oyalari orqali qadimgi davrlarda mamlakatimiz hududida yashagan xalqlarning tabiiy, ilmiy, ma'rifiy hamda ijtimoiy qarashlari borasida muhim malumotlarga ega bo’lamiz. « Avesto » diniy xarakterga ega bo’lish bilan birga, o’zida falsafiy, siyosiy, filologik, va tarbiyaviy masalalarni ham qamrab olgan. Zardushtiylik dinining g’oyalari xususida so’z borganda, ularning to’g’rilik bilan yashash va axloqiy unsurlarga asoslanganligini alohida ta'kidlab o’tish lozim. Ushbu afsonada gunoh va uning jazosi, poklikning mohiyati ta'riflanib olov, suv, er, chorva, daraxt hamda o’simliklar ulug’lanadi, kohin, harbiy, dehqon va chorvadorlar sharaflanadi. Hayvonlarga zulm o’tkazish eng katta gunoh sifatida qoralanadi. Mazkur bo’limda shaxsiy gigienaga amal qilishga oid qoidalar–tirnoq va sochni parvarishlash masalalari yuzasidan fikr bildiriladi. Bildirilayotgan fikrlardan anglashiniladiki, zardushtiylik dinining g’oyalariga ko’ra, shaxsning axloqiy xislatlarga ega bo’lishi Adolat o’lkasini qaror toptirishda tayanch omil bo’lib xizmat qiladi. Zardushtning asosiyyo’riqlaridan biri ham Axura Mazdaning ko’makchisi sanalgan inson sa-hovatli bo’lishi kerak, degan aqidadir. Garchi, zardushtiylikda diniy rasmrusumlarga rioya etish, Zardusht tomonidan ilgari surilgan barcha axloqiy yo’l-yo’riqlarni bajarish har bir kishining muqaddas burchi ekanligi e'tirof etilishi bilan birga, dunyoviy ishlar va ularning mohiyati ham ochib beriladi. «Yaxshi fikr» iborasining mazmuni o’zida ilohiy qonun ruhidagi g’oyalarga ega bo’lish, yaqin kishisiga nisbatan mehribonlik ko’rsatish, muhtojlarga ko’maklashish, yovuzlikka qarshi kurashga doimo tayyor turish, kishilarning baxt-saodati yo’lida harakat qilish, ahillik, qabiladoshlar bilan birga do’stlik va totuvlikda yashashga intilish ruhidagi niyat va fikrlar musaffoligini aks ettiradi. Inson fikran ham boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi darg’azab bo’lmaydi, jaholatlarga berilmaydi. Zero, bunday ruhiy holatda inson yaxshilik haqida o’ylamaydi, burch va adolat haqida unutadi va nojo’ya harakatlar qiladi. «Avesto»dagi uchlikning haqiqiy manbalariga yondashiladigan bo'1sa, ular qadimgi zamon kishilarining axloqiy tasawurlariga batamom muvofiq bo’lib tushadi. Fikr, so’z va ishning birligi ibtidoiy insonning ham ajralmas xislati edi. Uning ong, axloq va boshqalar xususidagi tasawurlari o’zi mansub bo’lgan jamoa bilan uzviy bog’langan, Jamoaning fikri uning ham fikri, jamoaning so’zlari uning ham so’zlari, jamoaning ishlari uning ham ishlari bo’lgan. Ijtimoiy va shaxsiy manfaatlarning uyg’unligi-urug’chilik jamiyatining muhim belgisidir. Jamoaning har qanday topshirig’ini bajarish uning a'zolari uchun mu-qaddas qonun edi. Xulosa qilib aytganda, «Avesto» asarida insonning barkamol bo’lib etishishida uning so’zi, fikri hamda ishi ezgu bo’lishi va ezgulikning tantanasi uchun xizmat qilishiga katta e'tibor beriladi. Ushbu axloqiy uchlik g’oyasi eng qadimgi davrlardan boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi bosqichlarida yaratilgan barcha ma'rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo’lgan. Zero, unda insonning inson sifatida ma'naviy va moddiy jihatdan kamol topishi uchun zarur bo’lgan muayyan talablar o’z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida nafaqat Sharq, balki G’arb xalqlarining ham muhim ma'naviy merosi bo’lib qoldi. Asarda ifoda etilayotgan masalalarning ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olganligi Zardusht g’oyalarining nazariy va amaliy ahamiyatini oshirib, uning qimmati bugungi kunda ham yuqori bolishiga olib kelgan. . Mazkur asar g’oyalari orqali qadimgi davrlarda mamlakatimiz hududida yashagan xalqlarning tabiiy, ilmiy, ma'rifiy hamda ijtimoiy qarashlari borasida muhim malumotlarga ega bo’lamiz. « Avesto » diniy xarakterga ega bo’lish bilan birga, o’zida falsafiy, siyosiy, filologik, va tarbiyaviy masalalarni ham qamrab olgan. Zardushtiylik dinining g’oyalari xususida so’z borganda, ularning to’g’rilik bilan yashash va axloqiy unsurlarga asoslanganligini alohida ta'kidlab o’tish lozim. Ushbu afsonada gunoh va uning jazosi, poklikning mohiyati ta'riflanib olov, suv, er, chorva, daraxt hamda o’simliklar ulug’lanadi, kohin, harbiy, dehqon va chorvadorlar sharaflanadi. Hayvonlarga zulm o’tkazish eng katta gunoh sifatida qoralanadi. Mazkur bo’limda shaxsiy gigienaga amal qilishga oid qoidalar–tirnoq va sochni parvarishlash masalalari yuzasidan fikr bildiriladi. Bildirilayotgan fikrlardan anglashiniladiki, zardushtiylik dinining g’oyalariga ko’ra, shaxsning axloqiy xislatlarga ega bo’lishi Adolat o’lkasini qaror toptirishda tayanch omil bo’lib xizmat qiladi. Zardushtning asosiy yo’riqlaridan biri ham Axura Mazdaning ko’makchisi sanalgan inson sa-hovatli bo’lishi kerak, degan aqidadir. Garchi, zardushtiylikda diniy rasmrusumlarga rioya etish, Zardusht tomonidan ilgari surilgan barcha axloqiy yo’l-yo’riqlarni bajarish har bir kishining muqaddas burchi ekanligi e'tirof etilishi bilan birga, dunyoviy ishlar va ularning mohiyati ham ochib beriladi. «Yaxshi fikr» iborasining mazmuni o’zida ilohiy qonun ruhidagi g’oyalarga ega bo’lish, yaqin kishisiga nisbatan mehribonlik ko’rsatish, muhtojlarga ko’maklashish, yovuzlikka qarshi kurashga doimo tayyor turish, kishilarning baxt-saodati yo’lida harakat qilish, ahillik, qabiladoshlar bilan birga do’stlik va totuvlikda yashashga intilish ruhidagi niyat va fikrlar musaffoligini aks ettiradi. Inson fikran ham boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi darg’azab bo’lmaydi, jaholatlarga berilmaydi. Zero, bunday ruhiy holatda inson yaxshilik haqida o’ylamaydi, burch va adolat haqida unutadi va nojo’ya harakatlar qiladi. Xulosa qilib aytganda, «Avesto» asarida insonning barkamol bo'lib etishishida uning so'zi, fikri hamda ishi ezgu bo'lishi va ezgulikning tantanasi uchun xizmat qilishiga katta e'tibor beriladi. Ushbu axloqiy uchlik g'oyasi eng qadimgi davrlardan boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi bosqichlarida yaratilgan barcha ma'rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo'lgan. Zero, unda insonning inson sifatida ma'naviy va moddiy jihatdan kamol topishi uchun zarur bo'lgan muayyan talablar o'z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida nafaqat Sharq, balki G'arb xalqlarining ham muhim ma'naviy merosi bo'lib qoldi. Asarda ifoda etilayotgan masalalarning ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olganligi Zardusht g'oyalarining nazariy va amaliy ahamiyatini oshirib, uning qimmati bugungi kunda ham yuqori bolis 3 «Avesto» – jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Avesto (parfiyoncha: apastak – matn; koʻpincha "Zend-Avesto", ya’ni "tafsir qilingan matn" deb ataladi) – Zardusht dinining Muqaddas kitoblari toʻplami. Zardusht diniga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu taʼlimotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. «Avesto»da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud. «Avesto» oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus alifboda dastlab toʻqqiz hoʻkiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida sosoniylar (mil. ol. 7-3 asr) davrida 21 kitob holida yigʻilgan, bizgacha ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga «Zand» nomi bilan sharhlar bitilgan. «Avesto» toʻrt qismdan iborat: Yasna («Diniy marosimlar»),
Yasna tarkibiga kirgan madhlar «Gatlar» (ayrim manbalarda «gohlar») deb nomlanib, ularni Zardushtning oʻzi yozgan deb taxmin qilinadi. Gatlar tarkibida Jamshid (Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Ertoʻnga) kabi afsonaviy qahramonlar hayoti lavhalari uchraydi. «Avesto» insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk sahifalarini tashkil etgani uchun jahon olimlarining eʼtiborini tortgan. U haqda F.Nitsshe, F. Shpigel, A. Mayllet, V. Bartold, E. Bertels, Yan Ripka, O. Makovelskiy, I. Braginskiy v.b. xorijiy olimlarning tadqiqotlari mavjud. Oʻzbekistonda «Avesto»ni oʻrganish qadimdan boshlangan. Abu Rayhon Beruniy, Abu Jafar Tabariy, Abu Baxr Narshaxiy asarlarida «Avesto» taʼlimotiga va unda tilga olingan timsollarga murojaat mavjud. Bu nodir ilmiy asarlarning qoʻlyozma va bosma nusxalari O`R Fanlar Akademiyasi ShI jamgʻarmasida saqlanadi. Hozirgi oʻzbek olimlari A.Qayumov, H. Homidov, M. Is’hoqov, N. Rahmonov v.b.ning ilmiy tadqiqot va maqolalari eʼtiborli. Oʻzbekiston Respublikasi hukumatning qarori bilan 2001-yilda «Avesto»ning 2700-yilligi nishonlandi. «Avesto» vatani Xorazmda bogʻ barpo qilindi, asarning oʻzbek tilidagi tarjimalari chop etildi, u haqda yangi tadqiqotlar yuzaga chiqdi. Koʻpchilik tadqiqotchilar fikriga koʻra, A. Oʻrta Osiyoda, xususan Xorazmda miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmida vujudga kelgan. A.da keltirilgan geografik ma’lumotlar ham buni tasdiqlaydi. Masalan, xudo yaratgan oʻlkalar sanab oʻtilar ekan, boyligi va koʻrkamligi jihatidan qadimgi Xorazm, Gava (Sugʻd), Margʻiyona (Marv), Baqtriya (Balx) birinchi boʻlib tilga olinadi, Orol dengizi (Vorukasha yohud Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) tavsiflanadi. A.dagi xalqning dastlabki vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va Zarafshon vodiysi boʻlgan.A. uzoq vaqt mobaynida shakllangan. Unda keltirilgan ma’lumotlarning eng qadimgi qismlari miloddan avvalgi 2-ming yillik oxiri – 1-ming yillik boshiga oid boʻlib, ogʻzaki tarzda avloddan-avlodga oʻtib kelgan. Keyingi asrlarda tarkibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar va hokazo qoʻshilib borgan. A.ni Zardusht diniy asar sifatida bir tizimga solgan. Dastlabki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisiga bitilgan deb rivoyat qilinadi. U Persepolaa saqlangan. Aleksandr (Makedoniyalik Iskandar) Eronni zabt etganda, bu nusxa kuydirib yuborilgan. Arshakiylardan Vologes I davri (51–78)da qayta kitob qilingan, lekin u saqlanmagan. Sosoniylar davri (3–7-asr)da yaxlit kitob holiga keltirilgan. A. 21 nask (qism)dan iborat boʻlgan. A. hajmi katta kitob boʻlganligi sababli dindorlar kundalik faoliyatida foy-dalanish uchun uning ixchamlashtirilgan shakli – "Kichik A." (Xurdak A.) yaratilgan. Arablar Eronni fath etgach (7-asr) Zardusht dini ruhoniylarining bir qismi Hindistonga koʻchib oʻtgan. Ularning av-lodlari (parslar) Bombay shahrida oʻz jamoalarida hozirgacha A.ning asl nusxasini saqlab keladi. Fransuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron Zardusht izdoshlari jamoasida yashab, A. tilini va yozuvini urganib, uni tarjima qilib nashr etgan (1771). A.ning bu nusxasi 27 jilddan iborat boʻlib, asarning yettidan bir qismidir. U Yasna, Vispered, Vendidad, Gatlar va Yashtlar nomi bilan yuritiladi-gan kitoblarni oʻz ichiga oladi. A.da bayon etilgan gʻoyalarga koʻra, olam ikki asosning, ikki ibtidoning, ya’ni yorugʻlik bilan zulmatning, yaxshilik bilan yomonlikning tuxtovsiz kurashidan iborat. Yaxshilik va ezgulik Xudosi Ahuramazda yer, oʻsimlik va boshqa hamma tabiiy boyliklarni yaratgan. Yomonlik va yovuzlik timsoli Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi toʻxtovsiz kurashadi, ammo uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi. Yaxshilikni ifodalovchi kuchlar osmonda, yomonlikni ifodalovchi kuchlar yer ostida joylashgan, yer sathi esa kurash maydonidir. Hayotdagi turfa oʻzgarishlar qaysi kuchning gʻalaba qilishiga bogʻliq. Inson ham tana va ruhning, axloq esa yaxshi va yomon xulqning oʻzaro kurashidan iborat. Cheksiz, abadiy fazo va vaqt ham ikki qarama-qarshi qismdan: yaxshilik va Ahuramazda hukmron boʻlgan abadiy yorugʻlik bilan yomonlik va Anhramaynu hukmron boʻlgan abadiy zulmatdan tashkil topadi.A. ta’limotiga koʻra, birinchi inson Govamard (hoʻkiz-odam; forscha Qayumars) boʻlib, undan barcha kishilar tarqalgan. Birinchi shoh Yima davri oltin davr hisoblangan, chunki unda oʻlim boʻlmagan, Ahuramazda doimiy bahor yaratgan. Ki-shilar bekamu kust, baxtiyor yashagan. 900 yil utgach shoh Yima gʻururga berilib, man etilgan sigir goʻshtini yeydi va yovuzlik ramzi Anhramaynu hukmidagi kuchlar bosh koʻtaradi. Olamni muzlik qoplaydi. Yima Ahuramazda amri bilan odamlar va hayvonlarni sovuqdan saqlab qolish uchun qoʻrgʻon (var) qurib, unga har bir jonzotdan bir juftini joylashtirgan. Insoniyat tarixining ilk oltin davri tugagach, Hayr bilan Sharr (yaxshilik va yomonlik) oʻrtasidagi kurash davri boʻlgan ikkinchi davr boshlangan. Uchinchi davrda Ahuramazda gʻalaba qilib, ezgulik salta-nati barqaror boʻladi, oʻlganlar tiriladi. A.ning axloqiy-falsafiy mohiyati "ezgu fikr", "ezgu soʻz" va "ezgu amal" Muqaddas uchlik (axloqiy triada)da oʻz ifodasini topadi. Zardusht izdoshlarining ibodat oldidan aytiladigan niyati, soʻzlari shu 3 ibora bilan boshlanadi.A. oʻzbek, umuman Oʻrta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam toʻgʻrisidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madani-yatlarini oʻrganishda muhim va yagona manba. "Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki daryo oraligʻida, mana shu zaminda umrgoʻzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir" (I.A. Karimov, "Adolatli jamiyatsari". T., 1998, 39–40-betlar). Oʻzbekiston hukumatining tashabbusi bilan YUNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasi "Avesto" yaratilganining 2700-yilligini dunyo miqyosida nishon-lash haqida qaror qabul qildi (1999-yil noyabr). "Avesto"ning jahon madaniyati va dinlar tarixida tutgan oʻrnini hisobga olgan holda hamda yuqoridagi qarordan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror e’lon qilib (2000-yil 29-mart), "Avesto"ning 2700-yilligini nishonlash tadbirlarini belgiladi. Unga koʻra 2001-yilning oktabr oyida Oʻzbekistonda xalqaro ilmiy kon-ferensiya va tantanali bayram tadbirlari oʻtkaziladi. Foydalanilga adabiyotlar: Abu Rayhon Beruniy. Al-osorul-boqiya an-al qarunul-holiya.-T.:1969 Abu Bahr Muhammad ibn Jaʼfar Narshaxiy. Buxoro tarixi. – T.: 1966 A. Qayumov. Qadimiyat obidalari. – T.: 1971 H. Homidov. «Avesto» fayzlari. – T.: 2001 N. Rahmonov. «Avesto»ning paydo boʻlishi. – «Oʻzbekiston ovozi» gaz., 2001, 26-may. N. Rahmonov. «Avesto»: Zamin, vatan demakdir. – «Oʻzbekiston ovozi» gaz., 2001, 25-sentabr.higa olib kelgan. Download 23.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling