Ordaliya (sinab ko’rish usuli) o’tkazib, sinash usulida o’t bilan sinash, ko’kragiga qizigan temirni bosish kabilar qo’llanilgan.
Agar qasam bilan bog’liq bo’lsa, suv bilan, shartnomaga oid bo’lsa o’t bilan sinash yo’li bilan aybdor yoki gumondorga o’zini haqligini isbotlashga imkon berilgan. Zaroastr joriy etgan ordaliyaning 33 usuli mavjud bo’lgan. Ayblanuvchi o’z yonida turgan kishining oyoqlarini ushlab turgan holda suvga sho’ng’igan ana shu paytda kamondan o’q uzilgan, chopqir kishi o’q ketidan yugurgan u o’qini suv tagidagi aybdor o’lib qolguncha keltirsa, qasam xudosi Varuna aybdorni avf etgan hisoblangan. O’t bilan sinashda yonayotgan ikki qator o’tli chambaraklar orasidagi tor yo’lakdan yugurib o’tish lozim bo’lgan, agar tirik qolsa, shartnoma xudosi Mitra uni aybsiz deb hisoblab uni avf etadi. qaynab turgan suyuqlik, yog’, suv bilan sinash, sovuq suv bilan sinash, daryo suviga uloqtirish bilan sinash usullari qo’llanilayotganda maxsus tayyorlangan o’simlik shirasini (o’simlik shirasiga sut aralashtirib tayyorlangan, mast qilmaydigan) ichirib sinalgan. Xivchinlar bog’lami bilan urib sinash keng qo’llanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |