1. Avtobus yo‘nalishlari va shahar yo‘lovchi tashish transportining nollik masofalarini o‘lchash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin


Download 41.04 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi41.04 Kb.
#1566776
  1   2   3
Bog'liq
2931 21.09.2017




[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti]

[TSZ:

1.Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining
buyrug‘i
Avtobus yo‘nalishlari va shahar yo‘lovchi tashish transportining nollik masofalarini o‘lchash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 21-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2931]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-martdagi 129-son “Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish transportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Avtobus yo‘nalishlari va shahar yo‘lovchi tashish transportining nollik masofalarini o‘lchash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Boshliq o‘rinbosari Sh. ShOVAHOBOV
Toshkent sh.,
2017-yil 21-avgust,
65-son
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2017-yil 21-avgustdagi 65-son buyrug‘iga
ILOVA
Avtobus yo‘nalishlari va shahar yo‘lovchi tashish transportining nollik masofalarini o‘lchash tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi, “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-martdagi 129-son “Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish transportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq avtobus yo‘nalishlari va shahar yo‘lovchi tashish transportining nollik masofalarini o‘lchash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
avtobus — yo‘lovchilarni, bagajni tashishga mo‘ljallangan va haydovchi o‘rnini hisoblamaganda 8 tadan ortiq o‘rindiqqa ega bo‘lgan avtotransport vositasi;

Download 41.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling