1. Avtobus yo‘nalishlari va shahar yo‘lovchi tashish transportining nollik masofalarini o‘lchash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin


Download 41.04 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi41.04 Kb.
#1566776
1   2   3
Bog'liq
2931 21.09.2017

avtobus yo‘nalishi masofasi — avtobus tomonidan birinchi yo‘lovchi o‘tqazish punktidan yo‘lovchi tushirish oxirgi punktigacha bosib o‘tilgan masofa;
yo‘nalish — yo‘nalishli avtobusning muayyan manzillar oralig‘ida belgilangan qatnov yo‘li;
yo‘nalish sxemasi — yo‘nalishning shartli belgilar qo‘yilgan grafik tasviri;
shahar yo‘lovchi tashish transportining nollik masofasi — avtobus tomonidan tashuvchi avtosaroyidan birinchi yo‘lovchi o‘tqazish punktigacha va yo‘lovchi tushirish oxirgi punktidan tashuvchi avtosaroyigacha bosib o‘tilgan masofa;
o‘lchov kompleksi — transport bosib o‘tgan yo‘l masofasini o‘lchash uchun ishlatiladigan va sinov transportiga o‘rnatiladigan raqamli-analog hisoblagichlar.
2. Avtobus yo‘nalishlari va shahar yo‘lovchi tashish transportining nollik masofalarini o‘lchash (bundan buyon matnda o‘lchash deb yuritiladi) transportning bosib o‘tgan yo‘li masofasini transportdan mustaqil bo‘lgan o‘lchov kompleksini qo‘llagan holda obyektiv va aniq ma’lumot olish uchun o‘tkaziladi.
3. O‘lchash “O‘zstandart” agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari (bundan buyon matnda sinov laboratoriyalari deb yuritiladi) tomonidan o‘tkaziladi.
4. Avtobus yo‘nalishlari va shahar yo‘lovchi tashish transportining nollik masofalarini transportlarning spidometrlari yoki taxograf ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘lchash taqiqlanadi.
2-bob. O‘lchashni o‘tkazish
5. O‘lchash yo‘nalish sxemasida belgilangan punktlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun amalga oshiriladi.
6. Masofalarni o‘lchash va natijalarni yozib borish uzluksiz va avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
7. O‘lchov kompleksi transport harakati parametrlarini yozib borilishini va uni keyinchalik statistik qayta ishlash uchun saqlab borilishini ta’minlashi shart.
8. Yo‘nalishdagi o‘lchash natijalari mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalarida keltirilgan shakllar bo‘yicha rasmiylashtiriladi.
9. O‘lchashlar quyidagi sharoitlarda o‘tkaziladi:
kunning yorug‘ vaqtida;
quruq yo‘lda;
yo‘lda qor va muz bo‘lmaganda.
10. O‘lchashni o‘tkazish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
yo‘nalishda o‘lchashni o‘tkazish;
ma’lumotlarni yozib olish;
o‘lchash bayonnomasini rasmiylashtirish.
11. Shahar yo‘lovchi tashish transportining nollik masofalarini o‘lchash transport saqlash avtosaroyining yo‘nalishga chiqish darvozasining chizig‘idan yo‘nalish sxemasidagi birinchi punktigacha va oxirgi punktidan tashuvchi avtosaroyining darvozasi chizig‘igacha bosib o‘tgan yo‘l masofasini o‘lchash bilan aniqlanadi.
12. Tashuvchi avtosaroyi darvozasining chizig‘i nollik masofani o‘lchashning boshlang‘ich va oxirgi nuqtasi hisoblanadi.
3-bob. O‘lchash natijalarini hisobini yuritish
13. O‘lchash natijalarini hisobi sinov laboratoriyasining o‘lchash natijalarini hisobga olish jurnalida (bundan buyon matnda jurnal deb yuritiladi) qayd etib boriladi. Jurnal betlari raqamlangan, ip o‘tkazilgan, sinov laboratoriyasi javobgar shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart.
14. Jurnalga quyidagilar kiritiladi:
yo‘nalishning nomi;
o‘lchashlar o‘tkazilgan sana va uning davomiyligi, o‘lchashlarni o‘tkazgan xodimlarning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi;
o‘lchash natijasiga ko‘ra olingan barcha ma’lumotlar.
15. O‘lchashlarni amalga oshirgan mutaxassis jurnalga yozuvlar kiritganidan so‘ng jurnalning har bir varag‘iga yozuv kiritilgan sanani ko‘rsatgan holda imzo qo‘yishi shart.
16. Jurnalga ma’lumotlar kiritishda xatolarga yo‘l qo‘yilgan taqdirda, tegishli tuzatishlar kiritilishi zarur. Tuzatishlar o‘lchashni amalga oshirishga mutaxassisning imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
17. Jurnal to‘ldirilgandan so‘ng, mas’ul xodim uni sinov laboratoriyasi rahbariga saqlash uchun topshiradi.
4-bob. O‘lchash natijalarini rasmiylashtirish
18. O‘lchash natijalari jurnalga kiritilgan ma’lumotlar asosida bayonnoma tuzish orqali rasmiylashtiriladi.
Bayonnoma sinov laboratoriyasi mutaxassislari va tashuvchi rahbari yoki tashuvchining o‘lchashda qatnashgan vakili tomonidan imzolanadi.
19. O‘lchash natijalari bo‘yicha sinov laboratoriyasi hisobot rasmiylashtiradi.
20. Hisobot quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
tashuvchi to‘g‘risida ma’lumotlar;
o‘lchashni o‘tkazish sharoitlari;
yo‘nalish nomi;
yo‘nalish sxemasi;
mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalarida keltirilgan shakllarga muvofiq o‘lchashdan olingan yakuniy natijalar;
o‘lchash natijalari bo‘yicha bayonnoma.
21. Hisobot ikki nusxada tayyorlanadi. Birinchi nusxasi tashuvchiga beriladi, ikkinchi nusxasi sinov laboratoriyasida qoladi.
5-bob. Yakuniy qoida
22. Mazkur Nizom “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Toshkent shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti bilan kelishilgan.
“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A. XAITOV
2017-yil 1-avgust
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2017-yil 14-avgust
Toshkent shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti boshlig‘i v.v.b. F. MIRZAYEV
2017-yil 27-iyul
Avtobus yo‘nalishlari va shahar yo‘lovchi tashish transportining nollik masofalarini o‘lchash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Avtobus yo‘nalishlari masofalarini o‘lchash natijalari


Download 41.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling