1. Avtogen eritish jarayonlari Sulfidli mis boyitmasini kislorodli-mash’alli pechda eritish va ularni tayyorlash
Download 0,54 Mb.
|
1403760064 46412
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.1-rasm. Olmaliq mis eritish zavodidagi kislorodli-mash’alli eritish pechi majmuining umumiy ko‘rinishi
Xomashyoni quritish
KMEP jarayoni amalga oshirilishida qat’iy shartlardan biri – xomashyoning o‘ta quritilishidir. Quritilgandan keyin xomashyoning namligi 0,1–0,15 % dan ortmasligi kerak. Undan namroq shixta yirikroq bo‘lib, KMEPning talabiga javob bermaydi, chunki moddalarning kukuni pech ichida bir necha sekund davomida uchish holatida bo‘lishi shart. Ana shu uchish holatida zarraning butun sirti bo‘yicha oksidlanish reaksiyasi o‘tib, KMEP jarayoni amalga oshiriladi. Shixtani o‘ta quritish uchun aylana quvursimon shakldagi pech yoki vertikal joylashgan quritish quvurlar ishlatiladi. Shteyn Shteyn Kislorod Toshqol tashlangan joy Xomashyo 3.1-rasm. Olmaliq mis eritish zavodidagi kislorodli-mash’alli eritish pechi majmuining umumiy ko‘rinishi: 1–eritish pechi; 2–gaz sovutkich qozon; 3–yirik changni ushlab qoluvchi inersion maxsus qurilma; 4–elektrsuzgichlar; 5–xomashyoni quritishga mo‘ljallangan quvur-quritkich; 6–gaz yordamida isitkich o‘choq; 7–siklonlar; 8–havo purkagich-ventilator; 9–quritilmagan xomashyo saqlanadigan xampalar (bunker); 10–qirg‘ichli konveyerlar; 11–quritilgan xomashyo saqlanadigan pech xampalari. Olmaliq mis zavodida vertikal quritish quvurlari ishlatiladi, hammasi bo‘lib 2 quvur o‘rnatilgan. Quritish jarayonining ishlash talabi quyidagicha: quvurning past tomonidan katta tezlik bilan issiq gaz yuboriladi (30–40 m/s). Issiq gazning oqimiga nam (7–8 % H2O) bo‘lgan xomashyo yuklanadi. Xomashyo moddalari uchib turgan muallaq holatda quritiladi, namsizlangan kukun esa quvurning yuqori qismiga uchib, chang ushlash tizimlariga yuboriladi.
Download 0,54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling