1. Avtogen eritish jarayonlari Sulfidli mis boyitmasini kislorodli-mash’alli pechda eritish va ularni tayyorlash
Download 0.54 Mb.
|
1403760064 46412
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3-rasm . KME pechining umumiy old ko‘rinishi. Unda 2 ta kislorodli purkagich
KMEP jarayonining texnologiyasi
Quritilgan xomashyo KMEP ga aeratsion havo orqali uzatkich tasma yordamida yuklanadi. Yuklanayotgan xomashyoning tarkibi radioaktiv zichlikni o‘lchaydigan dastgoh yordamida aniqlanadi. Xomashyo yondirgichlari pechning bosh tomonida joylashgan (3.3-rasm). 3.3-rasm. KME pechining umumiy old ko‘rinishi. Unda 2 ta kislorodli purkagich, yondirgich xomashyo kelib tushadigan har ikkala quvur ko‘rsatilgan. Yondirgich qurilmasi to‘liq qo‘zg‘aluvchan bo‘lib, u temiryo‘l ustiga o‘rnatilgan. Yondirgich uskunasi suv bilan sovutiladigan pechning asosiy qismiga mustahkamlangan metall quvurga mahkamlab ulanadi. Yondirgichning ishlash ko‘rsatkichlari quyidagicha: Xomashyo bo‘yicha ishlab chiqish unumdorligi – 25–30 t/soat; Texnologik kislorodning ortiqcha bosimi – 0,5 · 105 Pa; Kislorodning sarfi – 6000–7500 m3/soat; Kislorodning yondirgichdan chiqish tezligi – 80–100 m/sek; Xomashyo kislorod aralashmasining yondirgichdan chiqish tezligi – 20–25 m/sek. Katta tezlik va xomashyoning me’yorsiz ishlashi yondirgichning tez ishdan chiqishiga olib keladi. Qattiq o‘tga chidamli olovbardosh qotishmalar bilan qoplash yondirgichning ishlash davrini biroz ko‘paytiradi. Yondirgich uskunalari 2–3 marta ta’mirlashga va tiklashga qodirdir. Dastlab Olmaliq pechida 2 ta gorelka mavjud edi. Bunda ishlab chiqarish unumdorligini bir tekisda boshqarish qiyin kechdi. Bitta kamayishi ikkinchi yondirgichga katta nagruzka tushirib, mash’alning uzunlashishi va ostki devor qatlamining tezda ishdan chiqishiga olib kelar edi. Shuning uchun diametri 350 mm ikkita yondirgich o‘rniga, 300 mm li 3 ta yondirgich o‘rnatildi. Biroq bu uzoq ishlamadi, chunki ikkita ashyo xampasi yondirgichlarning bir me’yorda ishlashini ta’minlamadi. Shuning uchun 6 oydan keyin yana 2 ta yondirgichga o‘tildi. Toshqolning nordonligini orttirish uchun boyitmaga 15–20 % kvars flusi qo‘shilib, xomashyo kvarsning miqdori 12–15 % ni tashkil qilishi tavsiya etiladi. Aynan hozirgi davrda shteynda 36–40 % mis olish imkoniyati bor. Bundanda boyroq shteyn olish misning toshqol bilan isrofgarchiligi ortishiga olib keladi va pech ishchi zonasida haroratning keskin ko‘tarilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Jarayonning haroratini pasaytirish va desulfurizatsiya darajasini 30 % gacha ko‘paytirish qo‘shimcha kvars flusini yuklash bilan amalga oshiriladi. Ammo bunda toshqolning tashlama joyga chiqish miqdori ko‘payib, mis isrofgarchiligining ortishiga olib keladi. Qayta ishlanayotgan boyitmaning maydaligi (taxminan 50 % 0,047 mm) va pech alanga mash’alining katta aerodinamik uzunligi chiqayotgan gazning yuqori darajadagi changligi ortishiga olib keladi. Ushbu gazda 300–350 g/m2 qattiq zarra bo‘lib, changning chiqish foizi ashyo massasidan 8–10 % ni tashkil qiladi. KMEP jarayoni oltingugurt birikmalariga boy gaz olishga imkon yaratdi. Nazariya bo‘yicha gazda 85–95% SO2 bo‘lishi mumkin. Amaliyotda esa dastgohlarning yaxshi germetik qoplanishi to‘liq emasligi sababli gazning tarkibida oltingugurt angidridining miqdori ancha kam. Gazning pechdan chiqish davridagi namunaviy tarkibi, %: 55–75 SO2, 2–3 O2; 30–45 N2. Shuningdek, jarayondagi mahsulotlarning tarkiblari quyidagicha, %:
Misning toshqoldagi miqdori ko‘pligi uning shteynga o‘tish darajasini 97 % gacha kamaytiradi, xomaki misga o‘tish darajasi esa faqat 94 % ni tashkil qiladi, xolos. Ajralib chiqayotgan changda, asosan, sulfatlar bo‘lib, bular aylanuvchi xomashyo hisoblanadi va o‘z o‘rnida, jarayon haroratini pasaytirishga imkon yaratadi. Agar xomashyo tarkibida 12–14% SiO2 bo‘lib, u 35–40% misli shteyn olish uchun agregatda eritilsa, 1 t xomashyo 220 – 240 m3 kislorod sarf bo‘lib, pechning asosiy qismida 1350–14500C haroratni tashkil etadi. Agar SiO2 ning miqdori kamaysa yoki kislorodning sarfi ortib borsa, harorat 1500–16000C ga ko‘tarilishi mumkin. Bu jarayon o‘tga chidamli g‘ishtlarning barqarorligini kamaytiradi va halokat holatiga olib kelishi mumkin bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham xomashyo tarkibini bir me’yorda ushlab turish katta ahamiyatga ega. Desulfurizatsiya o‘zgarmagan holda haroratni boshqarish juda ham qiyin kechadi. Amaliyotda bu kislorodning sarfini o‘zgartirish orqali olib boriladi. Bunday tadbirlar desulfuratsiya darajasi va shteyn tarkibini o‘zgartirib yuboradi. Pech ichidagi alanga mash’alining uzunligi jarayonning yuqori haroratda olib borilishiga imkon yaratadi, pechning hajmida harorat 1200–13000C ni tashkil qiladi. Pechning ishchi hajmidan texnologik gaz havoso‘rgich orqali so‘riladi. Havoso‘rgichning ishlab chiqarish unumdorligi soatiga 50000 m3 atrofida gazsimon moddani tortish quvvatiga ega bo‘ladi. Jarayonning quyidagi ko‘rsatkichlari doimiy nazorat ostida bo‘ladi: 1) xomashyoning pechga yuklanishi; 2) kislorod, tabiiy gaz va havoning sarfi; 3) kislorod, tabiiy gaz va havoning bosimi; 4) gazning harorati; 5) vakuum qiymati; 6) elektr suzgichlardan chiqayotgan gazdagi SO2 ning miqdori; 7) qozon-sovutkichdan chiqayotgan bug‘ning miqdori va bosimi; 8) jarayondagi eritma mahsulotlarining harorati. Jarayonning me’yorda oqilona borishida toshqolning harorati 1220–12500C, shteynniki esa 1150–11800C bo‘lishi eng ma’qul ko‘rsatkichdir. Hozirgi davrda pechning ishlab chiqarish unumdorligi sutkasiga 10–12 t/m2 ni tashkil qiladi. KMEP jarayonida texnologik kislorod xomashyo aralashmasining 15–20 m/s tezlikda yondirgichdan chiqishini ta’minlaydi. Tezlik kamroq bo‘lsa, zarralarning kinetik energiyasi kam bo‘lib, tezroq cho‘kadi, tezlikning ortishi esa pechning ostiga zarralarning urilishiga olib keladi. Ko‘pchilik zavodlarda olingan suyuq eritmalarning miqdori kovshlar soni bilan o‘lchanadi. Boyitma, flus va jarayon mahsulotlarining tarkibini aniqlash maqsadida, kimyoviy tahlilga yuboriladi. Boyitma va ashyolardan – Cu, Fe, S, SiO2, Zn va Pb larni; shteyndan misni; toshqoldan – Cu, Fe, SiO2 va CaO larni; aylanuvchi changdan esa Cu, Fe, SiO2, CaO va Al2O3 kimyoviy birikmalarni aniqlash uchun namunalar olinadi. Kapital ta’mirlashdan keyin pech 72–96 soat davomida qizdiriladi, qizitish tezligi 15–200C/soat. Pechning qizitilishi 4 ta gaz yondirgichlar bilan olib boriladi. Ularning ishlab chiqarish unumdorligi bir soatda 1000 m3 . Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling