Dastlabki tushunchalar


Download 0.6 Mb.
bet1/7
Sana14.11.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1773583
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Boshlang\'ich testlar))


DASTLABKI TUSHUNCHALAR


1. Quyidagi ifodalarning qaysilarida kislorod molekulasi to‘g‘risida so‘z boradi?
1) simob(II)-oksid tarkibida kislorod bor; 2) havo tarkibida kislorod bor; 3) gazometrda kislorod yig‘ilgan; 4) kislorod suvda yomon eriydi; 5) suv gazi tarkibida kislorod mavjud
A) 2, 3, 4 B) 1, 2, 3, 5 C) 1, 2, 4, 5 D) 3, 4, 5 E) 1, 4, 5


2. Qaysi moddalar uchun «molekula» va «atom» tushunchalari bir xil?
1) vodorod; 2) kislorod; 3) azot; 4) nodir gazlar
A) 4 B) 3 C) 2 D) 1 E) 2, 3


3. Quyidagi jumlalarning qaysilarida kimyoviy element to‘g‘risida fikr yuritilayotganini aniqlang.
1) inson organizmida kalsiy va uglerod bor; 2) tirik organizmlar kislorod bilan nafas oladi;
3) vodorod davriy jadvalda 1-davr 1-guruhda joylashgan;
4) uglerod qattiq modda; 5) uglerodda ikkita elektron qavat mavjud
A) 1, 3, 5 B) 1, 3 C) 2, 4 D) 3, 5 E) 1, 4, 5


4. Quyidagi jarayonlardan fizikaviy hodisalarni ajrating.
1) oltingugurtning suyuqlanishi; 2) oltingugurtning yonishi; 3) shisha pishirish;
4) shishani maydalash; 5) shakarning erishi; 6) shakarning ko‘mirlanishi
A) 1, 4, 5 B) 4, 5 C) 1, 4 D) 1, 2, 3 E) 2, 3, 6


5. Qaysi elementlar qatorida allotropik shakl o‘zgarishiga ega bo‘lgan elementlar bor?
A) ftor, kaliy, kislorod B)vodorod, fosfor, oltingugurt C) kislorod, fosfor, uglerod
D) kislorod, vodorod, xlor E) fosfor, azot, vodorod


6. Tarkibida allotropik shakl o‘zgarishlarga ega bo‘lmagan elementli moddalar qatorini belgilang.
1) ammoniy gidroortofosfat; 2) ammoniy digidrofosfat; 3) ammoniy xlorid; 4) silvinit;
5) fosfat kislota; 6) ammoniy sulfid
A) 2, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 3, 4 D) 1, 2, 5, 6 E) 3, 4, 5


7. Uglerod element quyidagi qaysi moddalar tarkibiga kirmagan?
1) karbid; 2) oshaktosh; 3) osh tuzi; 4) Chili selitrasi; 5) Bertole tuzi; 6) ichimlik soda
A) 1, 2, 6 B) 1, 2, 5 C) 3, 4 D) 1, 2, 3 E) 3, 4, 5


8. Quyidagilar orasidan oddiy moddalarni tanlang.
1) marmar tosh; 2) ozon; 3) malaxit; 4) olmos; 5) sellyuloza; 6) karbin; 7) fosfin
A) 1, 3, 7 B) 1, 4, 7 C) 2, 4, 6 D) 1, 2, 4 E) 3, 5, 7


9. Taklif etilganlar orasidan oddiy moddalar qatoriga kiradiganlarini tanlang:
1) sellyuloza; 2) olmos; 3) karbin; 4) marmar; 5) malaxit; 6) ozon; 7) fosfin; 8) fullerin
A) 2, 6, 7 B) 2, 3, 6, 8 C) 2, 3, 6 D) 1, 4, 5, 7 E) faqat 2


10. Allotropik shakl o‘zgarishlarga ega bo‘lmagan beshinchi guruh elementni aniqlang.
A) oltingugurt B) kislorod C) fosfor D) uglerod E) azot


11. Oddiy moddalarni ko‘rsating.
1) ozon; 2) suv; 3) olmos; 4) silan; 5) grafit; 6) karbid; 7) oq fosfor; 8) qizil fosfor; 9) fosfin
A) 1, 3, 5, 7, 8 B) 1, 3, 4, 6, 7 C) 1, 2, 4, 5, 9 D) 3, 5, 7, 8, 9

12. Oddiy moddalarga taalluqli bo‘lgan xususiyatlarni tanlang.
1) zichlik; 2) izotoplar; 3) atom massa; 4) yadro zaryadi; 5) modda ranggi; 6) elektron qobiqlar; 7) suyuqlanish va qaynash temperaturasi
A) 5, 6, 7 B) 1, 5, 7 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 7 E) 4, 6,7
13. Kimyoviy elementga tegishli bo‘lgan xossalarni tanlang.
1) atom massa; 2) zichlik; 3) elektron qavat; 4) rang; 5) yadro zaryadi; 6) qaynash va suyuqlanish temperaturasi; 7) izotoplar; 8) protonlar va neytronlar soni
A) 2, 5, 6, 7 B) 1, 2, 4, 5 C) 1, 3, 4, 7, 8 D) 1, 3, 5, 7 E) 1, 3, 5, 7, 8


14. Quyidagi alomatlarning qaysilari elementga taalluqli?
1) fosfor to‘rt atomdan tashkil topgan tetraedr shaklini hosil qiladi; 2) fosfor III davrning V guruhida joylashgan; 3) fosfor bug‘ining havoga nisbatan zichligi 4,28 ga teng;
4) fosforning yadro zaryadi +15 ga teng; 5) fosforning 15 ta elektroni bor.
A) 2, 3 B) 1, 3 C) 1, 2, 3 D) 3, 4, 5 E) 2, 4, 5


15. Noto‘g‘ri ifodalarni tanlang:
1) kislorod atomi; 2) sirka kislota atomi; 3) malaxit atomi; 4) olmos-uglerod molekulalaridan tashkil topgan; 5) vodorod peroksid H2O2 vodorod va kislorod molekulalaridan tashkil topgan; 6) osh tuzi natriy va xlor atomlaridan tashkil topgan;
7) suv H2O – vodorod molekulasi va kislorod atomidan tashkil topgan
A) faqat 1 B) 2, 3, 4, 5, 6, 7 C) 1, 4, 6 D) 2, 3, 4, 5, 7 E) hammasi noto‘g‘ri


16. Qaysi element quyida berilgan hamma moddalar tarkibiga kiradi?
1) kaliy permanganat; 2) kaliy manganat; 3) vodorod peroksid; 4) Bertole tuzi; 5) potash; 6) kaliy nitrat; 7) kaliy xromat
A) kislorod B) vodorod C) marganes D) kaliy, kislorod E) kaliy


17. Elementlarning qaysilarida allotropiya hodisasi mavjud?
1) uglerod; 2) azot; 3) xlor; 4) yod; 5) qalay; 6) kislorod
A) 3, 5 B) 1, 6 C) 1, 3 D) 1, 5, 6 E) 1, 5


18. Kimyoviy elementga tegishli bo‘lgan holatlarni ko‘rsating.
1) zichlik; 2) rang; 3) qaynash va suyuqlanish temperaturalari; 4) izotoplar;
5) atom massa; 6) elektron qobiq; 7) yadro zaryadi
A) 3, 5, 7 B) 4, 6, 7 C) 1, 2, 5 D) 2, 3, 7 E) 4, 5, 6, 7


19. Quyidagi moddalar tipidan qaysinisi allotropik shakllarga xos?
A) uglerod, karbin, grafit, ko‘mir
B) vodorod, xlor, kislorod
C) suv, tuman, shudring
D) suv, bug‘, muz
E) olmos, grafit, karbin


20. Oddiy moddaga tegishli bo‘lgan xossalani aniqlang.
1) yadro zaryadi; 2) zichlik; 3) elektron qavatlar; 4) atom massa; 5) izotoplar; 6) rang;
7) qaynash va suyuqlanish temperaturalari; 8) agregat holat
A) 1, 4, 6 B) 2, 6, 7 C) 2, 5, 7 D) 1, 2, 3, 8 E) 2, 6, 7, 8


21. Allotropik shakl o‘zgarishlarga ega bo‘lmagan moddani aniqlang.
A) kislorod B) oltingugurt C) fosfor D) uglerod E) vodorod


22. Quyidagi qatorlardan qaysi biri oddiy moddalardan tuzilgan?
A) vodorod, qaldiroq gaz, natriy oksid
B) fosfor(III)-oksid, vodorod xlorid, oltingugurt
C) kislorod, vodorod, temir(II)-xlorid
D) xlor, magniy, kaliy


23. Keltirilgan moddalar ichidan murakkablarini toping.
1) oq fosfor; 2) fosfin; 3) kalsiy fosfid; 4) qizil fosfor; 5) fosfat kislota; 6) qora fosfor
A) 1, 2, 5 B) 2, 3, 5 C) 1, 4, 6 D) 2, 4, 6 E) 2, 3, 6


24. Element tushunchasini aks ettiruvchi ifodani toping.
1) yadro zaryadi bir xil bo‘lgan atomlar to‘plami; 2) mustaqil tura oladigan elektroneytral zarrachalar; 3) yadrodagi protonlar soni bir xil bo‘lgan atomlar to‘plami; 4) kimyoviy
bo‘linmaydigan eng kichik zarracha; 5) atomlarning muayyan turi
A) 3 B) 1 C) 1, 3, 5 D) 1, 3 E) 4, 5


25. Qaysi holatlarda kimyoviy elementlar haqida so‘z boradi?
1) borning yadro zaryadi +5 ga teng; 2) temir suvda erimaydi; 3) soch tarkibida oltin mavjud; 4) qonda temir bor; 5) ko‘pchilik moddalar kislorodda yonadi
A) 1, 2, 4 B) 2, 4, 5 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3 E) 1, 4, 5


26. Qaysi hollarda kislorod elementi haqida gap boradi?
1) suv tarkibida kislorod bor; 2) sulfat kislota tarkibiga kislorod kiradi; 3) qum tarkibida kislorod bor; 4) baliqlar suvda erigan kislorod bilan nafas oladi; 5) kislorod oksidlovchi va qaytaruvchi bo‘lishi mumkin.
A) 4, 5 B) 3, 4 C) 2, 3 D) 1, 2, 3 E) 2, 5


27. Quyidagi iboralarning qaysilarida kislorod element haqida gap boradi?
1) suv tarkibida kislorod bor; 2) baliq suvdagi kislorod bilan nafas oladi; 3) kislorod ko‘pdan-ko‘p minerallar tarkibiga kiradi; 4) ko‘pchilik moddalar kislorodda yonadi;
5) kislorod ikkita atomdan iborat; 6) vodorod peroksid tarkibida kislorod bor.
A) 3, 4, 5 B) 2, 4, 5 C) 2, 3, 6 D) 1, 3, 4 E) 1, 3, 6


28. Quyidagi holatlarning qaysilari oddiy moddalarga tegishli?
1) tirik organizmlar kislorod bilan nafas oladi; 2) tirik organizmda kalsiy va uglerod mavjud; 3) vodorod 1 davr I guruhda joylashgan; 4) uglerod qattiq modda; 5) uglerod ikkita energetik qobiqqa ega.
A) 2, 5 B) 2, 4 C) 2, 3 D) 1, 2 E) 1, 4


29. Quyidagi holatlarning qaysilari to‘g‘ri?
1) fizik hodisalar kimyoviy hodisalardan farq qilib, fizik hodisalarda molekulalar saqlanib qolmaydi;
2) molekulalar atomlardan tarkib topadi;
3) kimyoviy hodisalarda molekulalar tarkibi o‘zgaradi;
4) kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning massasi hosil bo‘lgan moddalarning massasiga teng bo‘lmaydi;
5) molekulalar orasida izaro tortilish va itarilish kuchlari mavjud;
6) bir turdagi atomlar boshqa turdagi atmolardan massasi va xossalari bilan farq qilmaydi
A) 1, 3, 4, 5 B) 2, 3, 5, 6 C) 3, 5, 6 D) 1, 4, 6 E) 2, 3, 5


30. Moddaga tegishli bo‘lmagan xossalarni aniqlang:
1) zichlik; 2) yadro zaryadi; 3) elektron qavatlar; 4) qaynash va suyuqlanish temperatu-ralari; 5) izotoplar; 6) rang; 7) atom massa; 8) agregat holat.
A) 1, 4, 8 B) 2, 3, 5, 7 C) 1, 4, 6, 8 D) 3, 5, 7


31. Quyida berilganlardan oddiy moddalarni tanlang:
1) glyukoza; 2) grafit; 3) mis kuporosi; 4) kislorod; 5) silvinit; 6) azot; 7) ammiak;
8) qora fosfor.
A) 2, 4, 6, 8 B) 1, 3, 5, 7 C) 1, 4, 6, 7 D) 2, 3, 5, 8


32. Qaysi ifoda(lar)da kislorod molekulasi haqida so‘z boradi?
1) kaliy permanganat parchalanganda kislorod ajraladi; 2) havo tarkibida 20% kislorod bor; 3) gazometrda kislorod yig‘ilgan bo‘ladi; 4) kislorod suvda yomon eriydi; 5) malaxit tarkibida kislorod bor.
A) 1, 2, 3, 4 B) 3, 5 C) 3, 4 D) 1, 2, 5


33. Moddaga tegishli bo‘lgan xossalarni aniqlang:
1) zichlik; 2) yadro zaryadi; 3) elektron qavatlar; 4) qaynash va suyuqlanish temperatu-ralari; 5) izotoplar; 6) rang; 7) atom massa; 8) agregat holat.
A) 1, 4, 8 B) 2, 3, 5, 7 C) 1, 4, 6, 8 D) 3, 5, 7


34. Quyida berilganlardan murakkab moddalarni tanlang:
1) glyukoza; 2) grafit; 3) mis kuporosi; 4) kislorod; 5) silvinit; 6) azot; 7) ammiak;
8) qora fosfor.
A) 2, 4, 6, 8 B) 1, 3, 5, 7 C) 1, 4, 6, 7 D) 2, 3, 5, 8


35. Quyidagi iboralarning qaysilarida kislorod molekulasi haqida gap boradi?
1) suv molekulasi tarkibida kislorod mavjud; 2) baliq suvdagi kislorod bilan nafas oladi; 3) kislorod ko‘pdan-ko‘p minerallar tarkibiga kiradi; 4) ko‘pchilik moddalar kislorodda yonadi; 5) kislorod ikkita atomdan iborat; 6) vodorod peroksid tarkibida kislorod bor
A) 2, 3, 6 B) 1, 3, 4 C) 1, 3, 6 D) 2, 4, 5


36. Quyidagilarning qaysi biri to‘g‘ri ma’noni anglatadi?
A) chumoli atomi B) sirka atomi C) sut atomi D) suv molekulasi
E) havo molekulasi


37. Kimyoviy hodisalarga kirmaydigan jarayonni ko‘rsating.
A) benzinning yonishi B) uzum harbatining bijg‘ishi C) ohakning so‘ndirilishi
D) yog‘ning sovuqda qotishi


38. Allotropik shaklga ega bo‘lmagan moddani aniqlang.
A) fosfor B) uglerod C) vodorod D) oltingugurt


39. Faqat kimyoviy elementlar keltirilgan qatorni aniqlang.
A) ozon, kislorod, olmos, vodorod B) olmos, ozon, vodorod, azot
C) uglerod, kislorod, vodorod, azot D) azot, ozon, vodorod, kislorod


40. Quyidagi hodisalarning qaysi guruhi kimyoviy jarayonga taalluqli?
A) suvning muzlashi, qo‘rg‘oshinning suyuqlanishi
B) suvning qaynashi, simob oksidning parchalanishi
C) kislotadan vodorodning siqib chiqarilishi, yodning sublimatlanishi
D) temirning xlorlanishi, kalsiy karbonatning parchalanishi


41. Quyidagi jarayonlardan fizikaviy hodisalarni ajrating.
1) oltingugurtning suyuqlanishi; 2) oltingugurtning yonishi; 3) shisha pishirish;
4) shishani maydalash; 5) shakarning erishi; 6) shakarning ko‘mirlanishi
A) 1, 4, 6 B) 1, 2, 3 C) 1, 4, 5 D) 4, 5


42. Quyidagi qatorlardan qaysi birida oddiy moddalar berilgan?
A) kislorod, vodorod, temir(II)-xlorid B) mis(I)-oksid, azot, suv
C) xlor, magniy, kaliy D) fosfor(III)-oksid, vodorod xlorid, oltingugurt


43. «kimyoviy reaksiyalar natijasida moddalarning massasi o‘zgaradi», degan noto‘g‘ri xulosaga kelgan edi.
A) frantsuz olimi J.L.Prust
B) mashhur frantsuz olimi A.Lavuaz’e
C) mashhur ingliz olimi R.Boyl
D) shved olimi Ya.Berselius
E) rus olimi M.V.Lomonosov


44. Qaysi elementlar allotropik shakllarga ega emas?
1) kislorod; 2) vodorod; 3) ftor; 4) azot; 5) uglerod
A) 1, 2 B) 1, 5 C) 2, 3, 4 D) 2, 3
45. Moddalar massasining saqlanish qonunini M.V.Lomonosovdan bexabar anchadan keyin kashf etdi.
A) J.L.Prust B) E.Franklend C) Ya.Bertselius D) A.Lavuaz’e


46. Quyidagilardan fizikaviy hodisalarni aniqlang.
A) qirovning hosil bo‘lishi B) shamning yonishi
C) qizdirilganda shakarning qorayishi D) temirning zanglashi
E) misni qizdirilganda qorayishi


47. 1774 yili fransuz olimi havo asosan ikkita gaz azot va kislorodning aralashmasidan iboratligini isbotladi.
A) A.Lavuaz’e B) G.Kavendish C) M.V.Lomonosov D) J.Pristli E) J.Dal’ton


48. Quyidagilardan kimyoviy hodisani aniqlang.
A) azotning suyuqlanishi B) havodan kislorod olish
C) qalayning suyuqlanishi D) qatiqning ivishi E) havoning suyuqlanishi


49. Oddiy moddalar uni tashkil qilgan element nomi bilan ataladigan suyuq moddani toping.
1) azot; 2) simob; 3) yod; 4) brom
A) 4 B) 2, 4 C) 2 D) 2, 3, 4 E) 1


50. Quyidagi qaysi modda uchun molekula va atom tushunchalari bir xil bo‘ladi?
A) azot B) argon C) xlor D) brom E) kislorod


51. Quyidagilardan kimyoviy toza moddani belgilang.
A) bronza B) tabiiy gaz C) havo D) kristall soda E) neft


52. Tarkibida allotropik shakl o‘zgarishga ega bo‘lgan elementlari yo‘q bo‘lgan birikmalari aniqlang.
A) FeCl2 HCl, K2S B) KCl, NaCl, K2CO3 C) NaCl, KF, HCl
D) Zn2P3, CuCl3, NaCl E) FeS, H2O, Zn2P3


53. O‘zgarishlar orasidan kimyoviy jarayonlarga talluqli bo‘lganini toping?
1) kislorodning ozonga almashinishi; 2) kislorodni suyiltirilgan havodan olish; 3) simob (II) oksiddan kislorodni olish; 4) suvni qaynatish
A) 1, 3 B) 2, 4 C) 2, 3, 4 D) 1, 3, 4 E) 1, 4


54. Faqat metall elementlaridan tashkil topgan qatorni aniqlang ?
A) azot, oltingugurt, bor, fosfor B) rubidiy, stronstiy, kobalt, titan
C) azot, berilliy, kalsiy D) vodorod, kaliy, uglerod , magniy
E) uglerod , alyuminiy, xlor, rux


55. Murakkab moddalar qatorini ko‘rsating .
1) ammiak, metan, gematit; 2) suv, fosfin, sovun; 3) ozon, xlor, qaldiroq, gaz, vodorod peroksid; 4) bronza, oq fosfor, marganets; 5) malahit, ohaktosh, kaliy, magniy
A) 2, 4 B) 3, 4 C) 1, 2 D) 2, 5 E) 2, 3 .


56. Allotropik shakl o‘zgarishini namoyon qimaydigan qatorini ko‘rsating.
A) oltingugurt, ftor, yod, rux B) mishyak, kislorod, bariy, bor
C) xlor, azot, brom, simob D) oltinggugrt, uglerod, vismut, litiy
E) fosfor, qalay, selen, tellur


57. 2 ta murakkab va 2 ta oddiy moddalar qatorini ko‘rsating.
A) is gazi, ozon, kislorod, fosfin B) selitra, etan, benzol, atseton
C) metan, oltingugurt, kislorod, xlor D) fosfor, oltin, kumush, pirit
E) fosfor, oltingugurt, ftor, kremniy


58. Azot qaysi birikmalar tarkibiga kirmaydi?
1) pikrin kislota; 2) alanin; 3) dolomit; 4) akril kislota; 5) anilin; 6) kroton kislota
A) 1, 3, 4 B) 3, 4, 6 C) 1, 6 D) 1, 2, 3 E) 2, 5


59. Tarkibida allotropik shakl o‘zgarishli elementlar bo‘lmagan moddalarni toping.
1) HCl; 2) CO2; 3) AsH3; 4) NaF; 5) PH3; 6) AlCl3; 7) K2Se; 8) KBr.
A) 3, 5, 6, 7, 8 B) 2, 5, 6, 7, 8 C) 2, 4, 5, 7 D) 1, 3, 5, 7, 8
E) 1, 3, 4, 6, 8


60. Murakkab moddalarni toping?
1) muz; 2) temir; 3) bo‘r; 4) azot; 5) ozon; 6) fosfin; 7) karbin; 8) olmos; 9) “quruq muz“ 10) bertole tuz
A) 2, 4, 5, 8, 10 B) 1, 3, 6, 8, 10 C) 2, 4, 5, 7, 8 D) 1, 3, 5, 7, 9
E) 1, 3, 6, 9, 10


61. Molekulasi uchta atomga ega bo‘lgan modalarni toping.
1) magniy gipoxlorit; 2) natriy gipoxlorid; 3)natriy xlorat; 4) kalsiy perxlorat;
5) perxlorat kislota; 6) vodorod sulfid
A) 1, 3 B) 3, 6 C) 1, 5 D) 2, 6 E) 2, 4


62. Quyidagi tushunchalarni a) jism va b) moddalarga ajrating.
1) sham; 2) muz; 3) suv; 4) olmos; 5) temir; 6) mix; 7)simob; 8)kumush
A) a-1, 4, 5, 8; b-2, 3, 6, 7 B) a-2, 4, 6, 8 ; b-1, 3, 5, 7 C) a-3, 5, 7, 8; b-1, 2, 4, 6
D) a-1, 2, 3, 6; b-4, 5, 7, 8 E) a-1, 2, 4, 6; b-3, 5, 7, 8


63. Quyidagilar ichidan toza moddalarni ko‘rsating.
1) simob, mix, temir; 2) suv, muz, suv bug‘i; 3) sut, shakar, asal; 4) yod, glyukoza, mis;
5) suv, saxaroza, azot; 6) tuproq, yog‘och, qum
A) 1 va 2 B) 2 va 3 C) 3 va 4 D) 4 va 5 E) 5 va 6


64. Quyidagilardan qaysi birlari aralashmalar hisoblanadi?
1) toza havo; 2) glyukoza; 3) sut; 4) distillangan suv; 5) qon zardobi; 6) kuydirilgan ohaktosh; 7) dengiz suvi
A) 1, 3, 5 B) 1, 5, 7 C) 1, 3, 5, 7 D) 2, 4, 6 E) 3, 4, 5, 7


65. Quyidagilardan qaysilari oddiy moddalar hisoblanadi?
A) karbin, ozon, mis, deyteriy B) vanilin, neon, rux, ohaktosh,
C) amin, atseton, temir, bo‘r D) glitserin, argon, kumush, marmar
E) dyuralyuminiy, proton, yod, glyukoza


66. Quyidagilardan murakkab moddalarni ko‘rsating.
1) grafit, ohaktosh; 2) magnetit, benzol; 3) tetrafosfor, ozon; 4) saxaroza, bertole; tuzi;
5) uran, margansovka; 6) anilin, osh tuzi
A) 1, 2, 3 B) 4, 5, 6 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 6 E) 3, 5, 6


67. Quyidagilarni a) fizik va b) kimyoviy hodisalarga ajrating.
1) shisha tayyorlash; 2) sutdan qaymoq olish; 3) qirov tushishi; 4) qatiq tayyorlash;
5) tuxum aynishi; 6) yod sublimatlanishi; 7) osh tuzini suvda eritish
A) a-2, 3, 7; b-1, 4, 5, 6 B) a-2, 3, 6, 7; b-1, 4, 5 C) a-1, 4, 5, 6; b-2, 3, 6
D) a-2, 4, 7; b-1, 3, 5, 6 E) a-1, 2, 4; b-3, 5, 6, 7

68. Qaysi fikrlar to‘g‘ri?
1) bitta atomdan iborat modda atom deyiladi;
2) molekulada eng kamida ikkita atom bo‘lishi kerak;
3) molekula bir yoki ko‘p atomli bo‘lishi mumkin; 4) atom molekulalarga ajralmaydi
A) 1 va 2 B) 1 va 3 C) 2 va 3 D) 2 va 4 E) 3 va 4


69. O‘zgarmas valentlik namoyon etadigan elementlar qatorini ko‘rsating.
1) vodorod, fosfor, temir; 2) litiy, kremniy, ftor; 3) uglerod, alyuminiy, mis;
4) azot, magniy, marganets; 5)kislorod, natriy, rux
A) 1 va 2 B) 2 va 4 C) 3 va 5 D) 2 va 5 E) 3 va 4


70. O‘zgaruvchan valentlik namoyon etadigan elementlar qatorini ko‘rsating.
1) natriy, germaniy, bor; 2) kaliy, qo‘rg‘oshin, yod; 3) xrom, xlor, mishyak;
4) kalsiy, kumush, kadmiy; 5) oltingugurt, qalay, mis
A) 1 va 3 B) 2 va 4 C) 3 va 5 D) 2 va 5 E) 3 va 4


71. Allotropik shakl o‘zgarishlarga ega bo‘lgan elementlarni ko‘rsating.
1) vodorod; 2) uglerod; 3) azot; 4) kislorod; 5) ftor; 6) kremniy; 7) fosfor; 8) oltingugurt; 9) xlor; 10) argon
A)1, 3, 5, 6 B) 2, 4, 7, 8 C) 2, 4, 8 D) 3, 5, 9, 10 E) 4, 7, 8


72. Allotropik shakl o‘zgarishlarga ega bo‘lmagan elementlarni ko‘rsating.
1) litiy, ftor, azot; 2) natriy, uglerod, xlor; 3) magniy, geliy, neon; 4) kalsiy, fosfor, brom;
5) rux, oltingugurt, yod
A) 1 va 3 B) 2 va 4 C) 3 va 5 D) 2 va 5 E) 3 va 4


73. Tarkibidagi elementlarning massa nisbati berilgan birikmalardan qaysi biri tarkibning doimiylik qonuniga zid?
A) MgO da Mg:O = 3:2 B) FeS da Fe:S = 3:2 C) CuO da Cu:O = 4:1
D) SO2 da S:O = 1:1 E) Al2S3 da Al:S = 9:16


74. Qaysi hollarda massaning saqlanish qonuni bajariladi?
1) 1 g S dan 3 g CuS olindi; 2) 3 g Mg dan 5,4 g MgO hosil bo‘ldi;
3) 4,5 g HF uchun 0,25 g H2 kerak; 3) 2,1 g KOH 1,5 g KH dan olinadi.
A) 1, 3 B) 1, 4 C) 2, 3 D) 2, 4 E) 3, 4


75. Xrom oksidlari CrO, Cr2O3, CrO3 da 1 og‘irlik qism xromga mos keladigan kislorod miqdorlari o‘zaro qaysi sonlar nisbati kabi bo‘ladi?
A) 16:24:48 B) 16:48:48 C) 1:3:3 D) 1:1,5:3 E) 2:3:6


76. Kislorodning uchta izotopi mavjud deyilganda nima tushuniladi?
1) tabiatdagi kislorod atomlari uch xil massaga ega ekanligi;
2) proton va neytronlar yig‘indisi bilan farq qiladigan uch xil kislorod atomlari bor ekanligi;
3) neytronlar soni bilan farq qiladigan uchta kislorod atomlari bor ekanligi;
4) protonlar soni bilan farq qiladigan uchta kislorod atomlari bor ekanligi;
5) kislorodning har xil agregat holatda bo‘lishi;
6) proton va neytronlar yig‘indisi bilan farq qilmaydigan uch xil kislorod atomlari borligi
A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 3, 5 C) 4, 5, 6 D) 2, 3, 4, 6


77. Quyidagi birikmalardagi oltingugurtning valentliklari to‘g‘ri berilgan qatorni tanlang:
1) CS2; 2) SF6; 3) Na2SO3; 4) H2SO4
A) 2, 6, 4, 6 B) 2, 2, 4, 6 C) 2, 6, 4, 2 D) 2, 6, 2, 4 E) 4, 6, 4, 4


78. Quyidagi elementlarni qaysilarining hosil qilishi mumkin bo‘lgan valentliklari o‘zlari joylashgan gruppa tartib raqamidan katta bo‘lishi mumkin?
1) rux; 2) mis; 3) uglerod; 4) azot; 5) berilliy; 6) xlor; 7) bor; 8) oltin
A) 3, 4, 5, 7 B) 2, 4, 7 C) 1, 2, 5, 8 D) 2, 5, 7, 8 E) 2, 4, 5, 8


79. 1 dona atomining haqiqiy massasi 5·10-23 gramm bo‘lgan kremniy izotopining nisbiy atom massasini aniqlang.
A) 28 B) 29 C) 30 D) 31 E) 32


80. Nisbiy atom massasi 57 ga teng bo‘lgan 1 dona temir atomining haqiqiy massasini aniqlang.
A) 57 g B) 9,5·10-23 g C) 9,5 g D) 57·10-23 g E) 1,05·10-24 g


81. Nisbiy atom massasi 24 bo‘lgan 4 dona magniy atomining massasini aniqlang.
A) 96 g B) 96·10-23 g C) 16 g D) 1,6·10-22 g E) 1,6·10-24 g


82. 1 dona oltingugurt molekulasining haqiqiy massasi 3,2·10-22 g bo‘lsa, shu molekula necha atomdan iboratligini aniqlang.
A) S8 B) S6 C) S4 D) S2 E) S


83. 1 dona molekulasining haqiqiy massasi 5,67·10-23 g bo‘lgan molekulalar qatorini ko‘rsating.
A) H2S, PH3, H2O2 B) PH3, NH3, HCl C) SiH4, O2, N2H4 D) NH3, CH4, HF E) H2O2, HCl, NH4OH


84. 1 dona tetrafosfor (oq fosfor) molekulasining haqiqiy massasini aniqlang.
A) 124 g B) 1,24·10-21g C) 2,07·10-22g D) 2,07·10-23g E) 2,07·10-24g


85. 9 dona karbonat angidrid molekulasi necha grammni tashkil etadi?
A) 7,33·10-23g B) 6,6·10-22g C) 6,6·10-24g D) 396 g E) 3,96·10-21g


86. Temir atomining absolyut massasini (kg) toping.
A) 33,73·10-27 B) 56 C) 9,30·10-26 D) 28 E) 92,96·10-23


87. Oltingugurt atomining absolyut massasini (kg) aniqlang.
A) 1,9·10-23 B) 53,12·10-26 C) 32 D) 16 E) 5,32·10-26


88. Soni 150 ta bo‘lgan azot atomlari massasini shisoblang.
A) 1,39·10-22 B) 1,71·10-21 C) 23,24·10-24 D) 3,5·10-21 E) 1,66·10-24


89. Xona temperaturasida Sx ning bitta molekulasi massasi 4,26·10-22 g ga teng. Agar oltingugurt atomining massasi 5,32·10-23 g bo‘lsa, «x» ning qiymatini toping.
A) 12 B) 10 C) 8 D) 6 E) 14


90. Maksimal valentligi davriy sistemada joylashgan gruppa tartib raqamidan kichik bo‘lgan elementlarni aniqlang.
1) xlor; 2) azot; 2) brom; 4) ftor; 5) kislorod; 6) temir; 7) fosfor; 8) xrom; 9) tellur;
10) platina
A) 2, 4, 6, 7, 10 B) 2, 4, 5, 6, 10 C) 1, 3, 4, 5, 9 D) 1, 2, 4, 6, 8
E) 4, 6, 7, 9, 10


91. Faqat o‘zgaruvchan valentlik nomoyon qiluvchi elementlar qatorini ko‘rsatining .
A) azot, xlor, xrom, marganets, natriy
B) fransiy, natriy, kalsiy, kumush, temir
C) xlor, uglerod, oltingugurt, azot, fosfor, temir
D) kalsiy, mis, temir, kislorod, vodorod, ftor
E) mis, bariy, azot, xlor, brom, xrom


92. Quydagi birikmlaran to‘rt valentli elementlarni ko‘rsatng.
1) Al(SO4)3; 2) Na2SO3; 3) H2CrO4; 4) HCIO4; 5) H2SiO3; 6) C2H6
A) oltingugurt, kremniy, uglerod B) xrom, oltingugurt, uglerod
C) xrom, xlor, uglerod D) xlor, kremniy, xrom


93. Qaysi birikmalarda oltingugurtning valentligi 4 ga teng?
1) Na2SO4; 2) SO2; 3) Al2(SO4)3; 4) K2SO3; 5) H2S.
A) 1, 5 B) 2, 4 C) 1, 2 D) 1, 3 E) 3, 4
94. Qaysi elementlarda allotropiya hodisasi uchraydi?
1) azot; 2) uglerod; 3) bor; 4) fosfor; 5) kislorod; 6) xlor; 7) temir; 8) qalay; 9) kremniy;
10) vodorod
A) 2, 4, 5, 8 B) 2, 5, 7 C) 2, 4, 8, 10 D) 1, 4, 5, 9 E) 1, 2, 3, 4


95. Quyidagi ifodalardan qaysi biri ma’noga ega emas?
A) 3/4 mol mis atomlari
B) 0,5 mol natriy atomlari
C) havo azot va kislorod atomlari aralashmasidan iborat
D) CO2 molekulalari
E) oltingugurt atomlari


96. Quyidagilarning qaysilari fizik hodisa hisoblanmaydi?
1) mis idishning havoda qorayishi; 2) suvning muzlashi; 3) kislotaga asos ta’sir ettirish; 4) qumni sement bilan aralashtirish; 5) havoni sovutib kislorod olish; 6) metallning havoda oksidlanish
A) 1, 3, 6 B) 2, 4, 5 C) 4, 5, 6 D) 1, 2, 3 E) 2, 3, 6


97. Bitta kislorod molekulasining massasini (g) shisoblang.
A) 5,3·10-23 B) 2,6·10-23 C) 32 D) 6,02·10-23 E) 16


98. Suvning nisbiy molekulyar massasi 18 ga, molekulyar massasi 18 g ga teng. Bu qiymatlar nimani aks ettiradi, ular orasida farq bormi?
1) bu kattaliklar bir xil ma’noga ega, ular orasida hech qanday farq yo‘q;
2) bu kattaliklar bir xil ma’noga ega, lekin ular orasidagi farq molyar massa birligi (g) ning borligida;
3) bitta molekulaning massasi 1 m.a.b. dan 18 marta kattaligini anglatadi;
4) bir mol suvning massasi 18 g ga teng ekanligini anglatadi;
5) ular orasida farq bor
A) 2, 4, 5 B) 1, 3, 4 C) 2, 3, 4 D) 3, 4, 5 E) 1, 3, 5


99. Bitta natriy atomining massasi
A) 23·10-24 B) 2,66·10-24 C) 2,0·10-22 D) 1,66·10-23 E) 38,18·10-24


100. Kislorodning uchta izotopi bor deyilganda nimani tushuniladi?
1) tabiatdagi kislorod atomlari uch xil massaga ega ekanligini;
2) proton va neytronlar yig‘indisi bilan farq qiladigan uch xil kislorod atomlari bor ekanligini;
3) neytronlar soni bilan farq qiladigan uchta kislorod atomlari bor ekanligini;
4) kislorod atomlarida protonlar soni har xil bo‘lishini
A) 1, 2, 4 B) 1, 3, 4 C) 1, 2, 3 D) 2, 3, 4 E) faqat 3


101. Agar nisbiy atom massa qiymatini uglerod-12 ning 1/12 qismi emas, 1/3 qismini olinsa, bir mol modda massasi qanchaga o‘zgaradi?
A) 3 marta ortadi B) o‘zgarmaydi C) 4 marta ortadi D) 2 marta ortadi
E) 4 marta kamayadi


102. Bitta anilin molekulasining massasi qaysi birliklarda ifodalanish mumkin?
1) 93 m.a.b.; 2) 93 g; 3) 93 g/mol; 4) 1,54·10-22 g
A) 1 B) 1, 3 C) 2, 4 D) 1, 4 E) 3


105. Bitta azot molekulasining massasini (g) aniqlang.
A) 2,33·10-23 B) 4,65·10-23 C) 28 D) 14 E) 1,33·10-23


106. Uglerod(IV)-oksid bitta molekulasining massasini (g) hisoblang.
A) 6,02·10-23 B)44·10-23 C) 4,4·10-23 D) 14,6·10-23 E) 7,3·10-23


107. 1,5 ta alyuminiy atomining massasini (g) hisoblang.
A) 6,73·10-23 B) 27 C) 40,5 D) 2,7 E) 67,27·10-23


108. 200 ta kislorod atomining massasi necha gramm bo‘ladi?
A) 1,66·10-24 B) 6,61·10-22 C) 5,31·10-21 D) 2,65·10-23 E) 26,56·10-24

109. Xlor molekulasining massasini toping.
A) 35,5 B) 107,5 C) 5,9·10-23 D) 71 E) 11,8·10-23


110. Bir dona xrom atomining massasi necha kilogramm bo‘ladi?
A) 6,38·10-25 B) 6,83·10-27 C) 8,63·10-26 D) 8,36·10-26 E) 3,68·10-24


111. 8 ta frantsiy atomining massasini (g) hisoblang.
A) 2,78·10-21 B) 2,78·10-23 C) 2,96·10-21 D) 4,82·10-23 E) 1,784·10-26


112. Ming dona vodorod molekulasining massasi necha kilogramm bo‘ladi?
A) 1,67·10-25 B) 3,32·10-24 C) 4,32·10-27 D) 3,23·10-23 E) 2,33·10-26


113. Quyida berilgan ifodalardan noto‘g‘rilarini tanlang.
1) kislorod atomi; 2) sirka kislota atomi; 3) malaxit atomi; 4) olmos uglerod atomlaridan tashkil topgan; 5) vodorod peroksid (H2O2) vodorod va kislorod molekulalaridan tashkil topgan; 6) osh tuzi natriy va xlor molekulalaridan tashkil topgan; 7) suv molekulasi sp3 gibridlangan bo‘lib, burchakli fazoviy ko‘rinishga ega.
A) 1, 4, 7 B) 1, 4, 5, 7 C) 2, 3, 5, 6 D) 2, 3, 6


114. Murakkab moddalar qatorini ko‘rsating.
1) karbin; 2) atsetilen; 3) grafit; 4) kalsiy karbonat; 5) olmos
A) 2, 4 B) 2, 3 C) 1, 3 D) 3, 4 E) 2, 5

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling