Dastlabki tushunchalar


Download 0.6 Mb.
bet7/7
Sana14.11.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1773583
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Boshlang\'ich testlar))

KIMYOVIY EKVIVALENT


1. Ikki valentli metallning ekvivalent massasi 32 g/molga teng. Shu metall hosil qilgan oksidning ekvivalent massasini hisoblang.
A) 68,5 B) 20 C) 28,0 D) 30,0 E) 40


2. Massasi 3,405 g bo‘lgan metalldan uning 3,805 g oksidi hosil bo‘lsa, oksidlanish darajasi +3 bo‘lgan metallni aniqlang.
A) xrom B) temir C) alyuminiy D) marganets E) talliy


3. Xlorning ekvivalent massasi 11,8 g/mol bo‘lgan modda formulasini toping.
A) HClO4 B) HCl C) HClO D) HClO3 E) HClO2


4. 163 g 10% li kislota eritmasini neytrallash uchun 20 g NaOH sarf bo‘ldi. Kislotaning ekvivalenti nechaga teng?
A) 63,0 B) 32,6 C) 49,0 D) 36,5 E) 41,0


5. Alyuminiy digidroksoxloridning xlorid kislrta bilan ekvimolyar nisbatda olingan reaksiyasi natijasida hosil bo‘lgan tuzning ekvivalent massasini (g/mol) hisoblang.
A) 44,5 B) 48,25 C) 32,2 D) 24,12 E) 96,5


6. 3,84 g kislotani neytrallash uchun 0,5 N kaliy ishqorining 60 ml hajmi sarf bo‘lsa, kislota ekvivalentini hisoblang.
A) 63 B) 60,0 C) 32,7 D) 49,0 E) 128


7. Alyuminiy digidroksoxlorid va xlorid kislota o‘zaro ekvimolekulyar nisbatda reaksiyaga kirishdi. Reaksiyaga kirishgan alyuminiy tuzining ekvivalent massasini (g/mol) hisoblang.
A) 48,25 B) 72,6 C) 32,2 D) 24,12 E) 96,5


8. To‘rt valentli elementdan hosil bo‘lgan 3,9 g ikki negizli kislotadan uning 2,77 g angidridi hosil bo‘ldi. Qaysi kislota olingan?
A) germanat B) silikat C) titanat D) karbonat E) sirkonat


9. Massasi 245 g bo‘lgan 10% li kislota eritmasini neytrallash uchun 20 g NaOH sarf bo‘ldi. Kislota ekvivalentini aniqlang.
A) 49,0 B) 32,6 C) 63,0 D) 36,5 E) 41,0


10. 3 g metall yonganda uning 5 g oksidi hosil bo‘ldi. Oksiddagi metallning oksidlanish darajasi +2 ga teng bo‘lsa, qanday metall olingan?
A) kaliy B) natriy C) alyuminiy D) magniy E) kalsiy


11. Metall oksidida metallninng ekvivalent massasi kislorodning ekvivalent massasidan 4 marta katta. Oksidning massasi metallning massasidan necha marta katta?
A) 3 B) 2,5 C) 2 D) 1,5 E) 1,25


12. Normal sharoitda 10 g metall 6 l xlor bilan to’la reaksiyada qatnashadi. Metallni va uning valentligini aniqlang.
A) Fe, 2 B) Cr, 3 C) Fe, 3 D) Cr, 2 E) Ti, 4


13. 14 g metallni havoda yondirilganda uning 20 g oksidi hosil bo‘ldi. Metall ekvivalentini va oksid formulasini toping.
A) 17,33; Cr2O3 B) 32; CuO C) 18,66; Fe2O3 D) 9; Al2O3 E) 28; FeO


14. 5 g metall oksid vodorod yordamida qaytarilganda 0,625 g suv olindi. Metallning ekvivalent massasini (g/mol) aniqlang, u qanday oksid hosil qiladi?
A) 10,2; V2O5 B) 30,67; WO3 C) 8,67; CrO3 D) 64; Cu2O E) 32; CuO


15. Kalsiy gidroksid ortofosfat kislota bilan ekvimolekulyar nisbatda reaksiyaga kirishadi. Tuzning molyar massasini (g/mol) aniqlang.
A) 310 B) 45,3 C) 68,0 D) 51,67 E) 27,2


16. Agar kislotaning ekvivalent massasi 49 g/mol bo‘lsa, natriy gidroksidni ortofosfat kislota bilan neytrallanganda qanday tuz hosil bo‘ladi?
1) natriy ortofosfat; 2) natriy digidrofosfat; 3) natriy gidrofosfat
A) 3 B) 2, 3 C) 2 D) 1 E) 1, 2, 3


17. Natriy gidroksidning ortofosfat kislota bilan neytrallanish reaksiyasida kislotaning ekvivalent massasi 32,66 g/mol bo‘lsa, qanday tuz hosil bo‘ladi?
1) natriy fosfat; 2) natriy gidrofosfat; 3) natriy digidrofosfat
A) 2, 3 B) 3 C) 2 D)1 E) 1, 2, 3


18. Xlorning ekvivalent massasi 35,5 g/mol bo‘lgan birikmalarini aniqlang.
1) HCl; 2) HClO; 3) HClO3; 4) HClO4; 5) HClO2.
A) 1, 4 B) 4, 5 C) 2, 3 D) 1, 2 E) 1, 2, 3, 4, 5


19. Tarkibida 15,79% uglerod va 84,21% oltingugurt bo‘lgan birikmadagi oltingugurtning valentligi va ekvivalentini toping.
A) VI; 5,33 B) VI; 8 C) II; 16 D) IV; 16 E) IV; 8


20. To‘rtinchi guruh elementlaridan birining kislorodli birikmasi tarkibida 53,3% kislorod borligi aniqlangan bo‘lsa, shu elementning nomi nima?
A) kremniy B) uglerod C) qalay D) germaniy
21. Olti valentli element oksidi tarkibida 33,3% kislorod bor. Shu elementni aniqlang.
A) Cr B) S C) Mo D) Se


22. HBrO3, Br2, KBr, KBrO4 birikmalaridagi bromning ekvivalentlari to‘g‘ri keltirilgan qatorni belgilang.
A) 16; 80; 80; 11,42 B) 80; 80; 80; 80; C) 5; 1; 1; 7 D) 80; 160; 240; 80


23. Cl2, HClO2, AlCl3, HClO4 birikmalardagi xlorning ekvivalentlari to‘g‘ri keltirilgan qatorni belgilang.
A) 71; 11,83; 44,5; 7,1 B) 35,5; 35,5; 35,5; 35,5 C) 71; 35,5; 9; 17,75
D) 35,5; 11,83; 35,5; 5,07


24. 2,5 g 2 valentli metall karbonatga nitrat kislota ta’sir ettirilganda 4,1 g metall nitrat hosil bo‘ldi. Bu qaysi metall?
A) Fe B) Mg C) Co D) Ca E) Cu


25. Besh valentli element oksidi tarkibida 74,07% kislorod bor. Element atomining absolyut massasini (kg) aniqlang.
A) 2,34·10-26 B) 14 C) 31 D) 75 E) 1,67·10-27


26. 4,8 gramm metall suyultirilgan sulfat kislotada erib, metall(II)-sulfat tuzini va 4,48 l vodorodni hosil qildi. Bu qanday metall?
A) Cr B) Ca C) Mn D) Zn E) Mg


27. 2 g to‘rt valentli element 0,378 l (n.sh.) kislorodni biriktirsa, shu elementni va uning ekvivalentini toping.
A) Pb; 51,75 B) N; 3,5 C) Sn; 29,63 D) S; 8 E) C; 3


28. 16,8 g metallni eritish uchun 0,15 mol sulfat kislota sarflandi. Metallning ekvivalentini va reaksiya natijasida ajralib chiqqan vodorodning hajmini (l, n.sh.) toping.
A) 20; 5,6 B) 3,25; 5,04 C) 56; 3,36 D) 9; 11,2 E) 28; 4,48


29. Metallning ekvivalenti 56,2 ga teng. Shu metall oksidi tarkibida qancha (%) metall borligini shisoblab toping.
A) 93,27 B) 79,95 C) 87,54 D) 83,76 E) 65,82


30. Ekvivalenti 27,9 ga teng bo‘lgan metallning ma’lum miqdordagi kislotaga ta’sir etishidan
0,7 l (n.sh.) vodorod ajralib chiqdi. Reaksiyada ishtirok etgan metallning massasini (g) toping.
A) 1,83 B) 1,91 C) 1,74 D) 1,57 E) 1,65


31. 3 massa qism magniy 2 massa qism kislorod bilan birikadi. Magniyning ekvivalentini toping.
A) 12 B) 20 C) 24 D) 6 E) 48


32. Metall gidridi tarkibida 4,76% vodorod bo‘lsa, metallning ekvivalentini aniqlang.
A) 12,15 B) 40 C) 10,35 D) 3 E) 20


33. Mis(II)-xlorid tuzining ekvivalentini aniqlang.
A) 49,75 B) 22 C) 135 D) 67 E) 67,5


34. 1,91 g ikki valentli metall oksidi uglerod bilan qaytarilganda 191,8 ml (n.sh.) is gazi va … g metall hosil bo‘ladi.
A) 2,93 B) 1,12 C) 1,77 D) 2,19 E) 3,6


35. 4,56 g magniy yonganda 7,56 g magniy oksidi hosil bo‘ldi. Magniyning ekvivalentini aniqlang.
A) 20,16 B) 1,71 C) 12,16 D) 5,26 E) 13,26
36. Magniy metalining 1 gramini yondirish uchun 462 ml (n.sh.) kislorod kerak. Magniyning ekvivalentini toping.
A) 6,6 B) 36 C) 12,12 D) 24,24 E) 24


37. Yuqori oksidi R2O7 bo‘lgan qaysi elementning vodorodli birikmasida 1,23% vodorod bo‘ladi?
A) brom B) selen C) ftor D) yod E) xlor


38. Yuqori oksidi RO3 bilib, uning vodorodli birikmasida 2,47% vodorod bo‘lsa, bu qaysi element?
A) Te B) P C) S D) Cr E) Se


39. Metall gidridi tarkibida 4,76% vodorod bo‘lsa, metallning ekvivalentini aniqlang.
A) 20 B) 10,35 C) 3 D) 12,15


40. Quyida berilgan metallardan 100 g dan olib suvga tashlansa, qaysi biri suvdan ko‘proq miqdorda (mol) vodorodni siqib chiqaradi?
A) kaliy B) natriy C) litiy D) alyuminiy


41. Quyida berilgan metallardan 1 moldan olib suvga tashlansa, qaysi biri suvdan ko‘proq miqdorda (mol) vodorodni siqib chiqaradi?
A) kaliy B) natriy C) litiy D) alyuminiy


42. Kislota angidridining massa ulushi 87,6% ni tashkil etsa, shu kislota formulasini toping.
A) H2PoO4 B) H2WO4 C) H2TeO4 D) H2SO4 E) H2SeO4


43. IV guruh elementi xloridi va oksidi molekulyar massalari nisbati 7:2 ga teng. Shu elementni aniqlang.
A) qalay B) germaniy C) qo‘g‘oshin D) uglerod E) kremniy


44. Ikki valentli element oksidining 4,0 g ni eritish uchun 0,1 mol xlorid kislota sarflandi. Qaysi metall oksidi olingan?
A) magniy oksid B) rux oksid C) kalsiy oksid D) berilliy oksid
E) mis(II)-oksid


45. Ikki valentli metallning 80 g karbonati parchalanishidan 21,3 l CO2 (n.sh.) ajraldi. Karbonat hosil qilgan metallni aniqlang.
A) kalsiy B) bariy C) magniy D) temir E) mis


46. 8,0 g ikki valentli metall suv bilan reaksiyaga kirishganda 4,48 l (n.sh.) gaz ajralib chiqdi. Metall atomining absolyut massasini (kg) toping.
A) 4·10-26 B) 1,1·10-26 C) 6,7·10-27 D) 6,7·10-26
E) 4·10-27


47. 9,95 g metall(II)-oksiddan vodorod ta’sirida 5,97 g sof metall olindi. Reaksiyaga qaysi metallning oksidi olingan edi va bunda qancha hajm (l, n.sh.) vodorod reaksiyaga kirishgan?
A) Cd, 2,5 B) Ni, 1,5 C) Mg, 5,5 D) Fe, 2 E) Ca, 1,5


48. Sakkizinchi guruh elementining 19 grami xlor bilan reaksiyaga kirishishi natijasida 0,318 mol xlorid hosil bo‘lgan. Metallni aniqlang.
A) platina B) nikel C) osmiy D) temir E) palladiy


49. Reaksiya uchun qaysi metall olinganda uning 18 gramidan 50 g oksidi hosil bo‘ladi?
A) alyuminiy B) temir C) kalsiy D) magniy E) berilliy


50. Bir xil miqdordagi metall 0,4 g kislorodni yoki 0,95 g galogenni biriktirib olish mumkin. Galogenning ekvivalenti nimaga teng?
A) 80 B) 127 C) 35,5 D) 19 E) 71


51. Massasi 4,0 g bo‘lgan ikki valentli element oksidini eritish uchun xlorid kislotaning 29,2% li eritmasidan 17,8 g sarflandi. Eritish uchun qaysi element oksidi olingan?
A) bariy B) magniy C) temir D) kalsiy E) berilliy


52. Oltinchi guruh elementning vodorod bilan hosil qilgan birikmasi tarkibida 5,9% vodorod bor. Birikmaning molyar massasini toping.
A) 34 B) 52 C) 28 D) 32 E) 79


53. Hajmi 100 ml bo‘lgan 0,1 molyarli ortofosfat kislrta eritmasini neytrallash uchun hajmi 450 ml (n.sh.) bo‘lgan ammiak sarf bo‘lgan. Ammiakning ekvivalenti 17 bo‘lsa, shu reaksiyada kislotaning ekvivalent qiymatini toping.
A) 147,0 B) 98,0 C) 32,7 D) 49,0 E) 196,0


54. Mo‘l miqdorda olingan suyuq sulfat kislota bilan massalari 1 g dan bo‘lgan metall reaksiyada qatnashganda hosil bo‘ladigan vodorod hajmi (n.sh.) ortib borishi tartibini ko‘rsating.
1) temir, 2) magniy, 3) natriy, 4) rux, 5) kalsiy
A) 2, 5, 3, 1, 4 B) 2, 3, 5, 1, 4 C) 3, 2, 5, 1, 4 D) 4, 1, 3, 5, 2
E) 4, 1, 5, 2, 3

55. Noma’lum rangsiz eritma orqali mo‘l miqdorda vodorod sulfid o‘tkazildi. Natijada 23,9 g qora cho‘kma ajratib olindi. Cho‘kma mo‘l vodorod peroksid bilan ishlanganda 30,3 g oq rangli modda hosil bo‘ldi. Noma’lum eritmada qaysi metallning ioni va qancha massada bo‘lgan?


A) 0,1 Cu+2 B) 20,1 Zn+2 C) 20,7 Pb+2 D) 0,05 Cu+2 E) 0,1 Pb+2


56. 1,23 g fosfit kislotani neytrallash uchun 0,03 mol kaliy gidroksid sarf bo‘ldi. Kislotaning ekvivalentini aniqlang.
A) 20,5 B) 32,8 C) 41 D) 49 E) 27,33


57. 0,1 l ortofosfat kislotaning 0,1 mol/l eritmasini neytrallash uchun 448 ml (n.sh.) ammiak sarflandi. Kislota ekvivalentini aniqlang.
A) 98 B) 39,2 C) 49 D) 24,5 E) 32,67


58. Uglerod(IV)-oksididagi uglerodning ekvivalentini aniqlang.
A) 3 B) 22 C) 2 D) 6 E) 4


59. Eng yuqori oksidi E2O5 bo‘lgan, gidrididagi vodorodning massa ulushi 3,85% ni tashkil etgan elementni toping.
A) As B) Sb C) Bi D) P E) N


60. Yuqori oksidi EO3 formulaga ega bo‘lgan va vodorod bilan 2,47% vodorodli birikma hosil qiladigan element nomini toping.
A) Se B) S C) Po D) Te


61. 135,52 g metall sulfidning qizdirilishi natijasida olingan gaz kislorod bilan oksidlanib, suvda eritilganda 150,92 g kislota olindi. Agar metall ikki valentli bo‘lsa, uning nomini ko‘rsating.
A) mis B)rux C) nikel D) temir


62. Yuqori oksidi E2O7 bo‘lgan elementning vodorodli birikmasida 0,78% vodorod bo‘lsa, bu qanday element?
A) marganets B) yod C) xlor D) brom E) ftor


63. 8 g metall oksidni qaytarish uchun 2,24 l (n.sh.) vodorod sarf bo‘lgan. Oksidning formulasini toping.
A) FeO B) ZnO C) NiO D) CuO
64. Mis(II)-xlorid tarkibida 47,26% mis bor. Misning ekvivalentini aniqlang.
A) 39,61 B) 31,81 C) 67,3 D) 75,1 E) 135


65. 25,2 g temir kukuni qizdirib etarli miqdorda suv bug‘i yuborilganda 1,2 g vodorod ajralsa, hosil bo‘lgan mashsulotning kimyoviy formulasini aniqlang.
A) Fe2O3 B) FeO C) FeO4 D) Fe3O4


66. 40,8 g alkilatsetat gidrolizi natijasida hosil bo‘lgan kislotani neytrallash uchun 800 ml 0,5 molyarli kaliy gidroksid eritmasi sarflansa, murakkab efir(lar) nomini aniqlang:
1) propilatsetat; 2) etilatsetat; 3) metilatsetat; 4) izopropilatsetat.
A) 2, 3 B) 1 C) 1, 4 D) 3


67. 5 g ikki valentli noma’lum metall karbonati nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishib 8,2 g metall nitrat hosil qildi. Metallning nisbiy atom massasini hisoblang.
A) 40 B) 20 C) 24 D) 64


68. 25 g metall oksidni qaytarish uchun 1,345 g uglerod sarflandi. Hosil bo‘lgan metall ishqorda eritilganda vodorod ajralib chiqdi. Metall oksidni aniqlang.
A) CaO B) Li2O C) K2O D) NiO E) PbO


69. 10 g metall oksidni qaytarish uchun 4,2 l (n.sh.) vodorod sarf bo‘ldi. Hosil bo‘lgan metallni HCl da eritilganda 2,8 l (n.sh.) vodorod ajraldi. Oksidning formulasini aniqlang.
A) Fe3O4 B) CrO C) Fe2O3 D) Cr2O3 E) FeO


70. Qalay xlorid tarkibida 37,4% xlor bo‘lsa, qalay xloridning formulasini aniqlang.
A) SnCl4 B) SnCl C) SnCl2 D) SnCl5 E) SnCl3


71. 12 g metall oksidlanishidan 16,8 g oksid hosil bo‘ldi. Qaysi metall oksidlangan?
A)Fe B) Ba C) Ca D) K E) Al


72. 0,64 g metallning suv bilan o‘zaro ta’sirlashuvidan 183,7 ml vodorod ajralib chiqdi. Metallning ekvivalentini aniqlang.
A) 9 B) 20,03 C) 39 D) 31,25 E) 22,9


73. Ekvivalenti 12,16 ga teng bo‘lgan magniyning 24,32 grami bilan 98,08 g sulfat kislota reaksiyaga kirishadi. Sulfat kislotaning ekvivalentini toping.
A) 98,06 B) 8,46 C) 49,04 D) 24,57 E) 4,8


74. Simob oksidi tarkibida 92,6 metall bor. Simobning ekvivalentini aniqlang.
A) 200 B) 104 C) 216 D) 100 E) 208


75. 8,43· 10−3 kg metallni eritish uchun 5% li sulfat kislota eritmasidan 0,147 kg sarflandi. Metallning ekvivalenti hamda ajralib chiqqan vodorod hajmini (l, n.sh.) hisoblang.
A) 9; 1,68 B) 56,2; 1,68 C) 20; 1,372 D) 52; 1,372 E)18,6; 0,58


76. 2,14·10−3 kg metall kislotadan 2·10−3 m3 (n.sh.) vodorodni siqib chiqardi. Metallning ekvivalentini aniqlang.
A) 18,1 B) 52 C) 11,98 D) 20,1 E) 56,2


77. 34,54 g metall kislorod bilan o‘zaro ta’sirlashganda 38,54 g oksid hosil bo‘ladi. Metall va metall oksidning ekvivalentini aniqlang.
A) 69,08; 77,08 B) 15,7; 7,1 C) 7,1; 15,1 D)69,08; 61,08 E) 8,92; 16,92


78. 14,4 g ikki valentli metall oksidi vodorod ta’sirida qaytarilganda 11,2 g metall olindi. Metallni aniqlang.
A) Fe B) Zn C) Cu D) Ni E) Mg
79. Alyuminiy xlorid tarkibida 20,2% Al va 79,8% Cl bor. Alyuminiyning ekvivalentini aniqlang.
A) 3 B) 27 C) 44,5 D) 9 E) 4,9


80. H2S, SO2, SO3 birikmalardagi oltingugurtning ekvivalentlari keltirilgan qatorni toping.
A) 16; 8; 5,33 B) 17; 8; 5,33 C) 17; 16; 13,3 D) 8; 8; 8
E) 16; 16; 16


81. 1,575 g kislotani neytrallash uchun 1g natriy gidroksid sarflandi. Kislotaning ekvivalent molyar massasini toping ?
A) 63,0 B) 98 C) 64 D) 49,0 E) 1,5


82. Beshinchi guruh elementining vodorod bilan hosil qilgan birikmasi tarkibida 3,85% vodorod bor. Birikmaning molyar massasini toping?
A) 78 B) 54 C) 75 D) 124 E) 34


83. Tarkibida 30% kislorod bo‘lgan oksid tarkibidagi metalning ekvivalent molyar massasini aniqlang.
A) 20 B) 18,67 C)17,67 D) 9 E) 19


84. Vodorodli birikmasining formulasi HE bo‘lgan elementning yuqori oksidi tarkibida 61,2% kislorod bor. Bu qaysi element?
A) xlor B) astat C) ftor D) yod E) brom


85. 1,47 g fosfat kislota H3 PO 4 ni neytrallash uchun 1,2 g natriy ishqoriy sarflandi. Bunda qanday tuz hosil bo‘lganligini va uning massasini toping?
A) NaH2PO4,2,49 B) NaH2PO4, 1,95 C) Na3PO4, 4,4
D) Na3PO4, 2,46 E) Na 2HPO4,2,13


86. 0,46 g ikki asosli organik kislotani neytrallash uchun KOH ning 0,2 M eritmasidan 35 ml sarf bo‘lgan. Kislotaning molyar massasini toping ?
A) 180 B) 105 C) 110 D) 131 E) 115


87. 2,1 g bir valentli metall suvdan 0,6 l (n.sh.) vodorodni siqib chiqardi. Bu qanday metall?
A) kaliy B) natriy C) litiy D) mis E) frantsiy

88. 2,1 g bir valentli metall suvdan 1,02 l vodorodni siqib chiqardi. Bu qanday metall?


A) mis B) kaliy C) frantsiy D) litiy E) natriy


89. 1,47 g fosfat kislota H3PO4 ni neytrallash uchun 1,8 g natriy ishqori sarflandi. Bunda qanday tuz hosil bo‘lganini va uning massasini (g) toping.
A) Na3PO4, 2,46 B)NaH2PO4, 2,49 C) Na2HPO4, 2,13
D) Na3PO4, 4,4 E) NaH2PO4, 1,95
Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling