1-amaliy mashg’ulot
Havoni changdan tozalashning maqsadlari, usullari, vositalari va
texnik-iqtisodiy ko`rsatgichlari
Mashg’ulotning maqsadi:
1. Havoni changdan tozalashning maqsadlari, usullari, qurilmalari va ularning texnik-iqtisodiy ko`rsatgichlarini bilib olish.
2. Ishlarni bajarishda qo`llaniladigan tenglamalar, fizik kattaliklar va ularning o`lchov birliklarini aniqlab olish.
Mashg’ulotni o`tkazish uchun kerakli o`quv va ko`rgazmali qurollar:
1.Ma`ruzalar matni.
2.Ma`lumot beruvchi manbalar.
Nazariy ma`lumotlar
Ma`lumki, ishlab chiqarish korxonalarida materiallarni yanchish, aralashtirish, uzatish va quritish jarayonida zarrachalarning o`lchami 3÷70 mkm atrofida bo`lgan changlar paydo bo`ladi.
Yoqilg’ilarni yoqish paytida tutunlar, bug’larni kondensatsiyalashda esa tumanlar paydo bo`ladi. Tutun va tumanlar tarkibidagi qattiq va suyuq zarrachalarning o`lchami 0,3÷5,0 mkm atrofida bo`lishi mumkin.
Sanoat korxonalarida havo yoki gazlarni boshqa aralashmalardan tozalash uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:
Og’irlik kuchi ta`sirida changni cho`ktirish;
Markazdan qochma kuchlar ta`sirida changni cho`ktirish;
Elektr kuchlari ta`sirida (maydonida) changni cho`ktirish;
Changli havoni filtrlash;
Changli havo yoki gazlarni yuvish yo`li bilan tozalash.
Havo yoki gazlarni boshqa aralashmalardan tozalash uchun bir qator tozalash qurilmalari ishlatiladi: chang cho`ktirish kameralari, siklonlar, skrubberlar (shu jumladan, Venturiskrubberi), uyurmali chang ushlagichlar, rotatsion qurilmalar, qattiq materiallardan tayyorlangan filtrlar, elektr filtrlari va hokazolar.
Havo yoki gazlar quyidagi 3 ta asosiy maqsadlarda tozalanadi:
Atrof-muhit havosining ifloslanishini kamaytirish, ya`ni havo tarkibidagi changning miqdori uning ruxsat etilgan chegaraviy kontsentratsiyasidan (RECHK) oshib ketmasligini ta`minlash uchun;
Havo yoki gaz tarkibidan qimmatbaho mahsulotlarni ajratib olish uchun;
Texnologik jarayonlarga salbiy ta`sir etuvchi va asbob-uskunalar, hamda qurilmalarning buzilishini tezlashtiruvchi moddalarni havo yoki gaz aralashmalari tarkibidan ajratib olish uchun.
Shuni yodda tutish kerakki, havo yoki gaz tozalangan hisoblanadi, agar havo tarkibidagi changning miqdori uning RECHK sining 30% ni tashkil etsa. Aks holda havo toza hisoblanmaydi.
Masalan, havo tarkibida uglerod oksidi (CO) mavjud bo`lib, havoni ushbu gazdan tozalash kerak bo`ladi. Ma`lumki, CO ning havodagi RECHK si 5 mg/m3 ga tengdir.
Yuqoridagi ta`rifga asosan proporsiya tuzamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |