Hisobot sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi O‘zbekistonning neft-gaz sohasidagi etakchi korxonalaridan biridir. Majmua tabiiy gazni chuqur qayta ishlash orqali polietilen granulalari, tozalangan tabiiy gaz, uglevodorodli suyultirilgan gaz, barqaror gaz


Download 251.28 Kb.
bet1/3
Sana23.08.2023
Hajmi251.28 Kb.
#1669507
  1   2   3
Bog'liq
HISOBOT


HISOBOT
Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi O‘zbekistonning neft-gaz sohasidagi etakchi korxonalaridan biridir. Majmua tabiiy gazni chuqur qayta ishlash orqali polietilen granulalari, tozalangan tabiiy gaz, uglevodorodli suyultirilgan gaz, barqaror gaz kondensati, texnik oltingugurt va shuningdek, polietilendan tayyor xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqaradi.
Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining vazifasi muhim iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni bajarishdir:

  • iqtisodiyotning barcha tarmoqlari korxonalarining ehtiyojlarini qondirish uchun gaz, uglevodorod xom-ashyosi va uni qayta ishlash mahsulotlarini etkazib berish;

  • ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va ishchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishchilar va ularning oila a’zolarining hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish;

  • yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini muntazam o‘zlashtirish va yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish;

  • neft va gaz sanoati uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

  • mintaqada yangi ish o‘rinlarini yaratish.

Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • texnik reglament talablariga va shuningdek iste’molchilar talablari va istaklariga javob beradigan raqobatbardosh va sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish;

  • mehnat xavfsizligi va sog‘liqni muhofaza qilishning qonunda belgilangan talablariga rioya qilish;

  • atrof-muhit muhofazasi talablarini bajarish;

  • energiya resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, ularni iste’mol qilish samaradorligini doimiy oshirib borish.

Iqtisodiy va ijtimoiy funktsiyalarni amalga oshirish va asosiy maqsadlarga erishish uchun ShGKM rahbariyati majmua faoliyatiga ISO 9001, ISO 14001, ISO 45001, ISO 50001 xalqaro boshqaruv standartlari talablari asosida boshqaruv printsiplari va yondashuvlari jamlangan integratsiyalashgan boshqaruv tizimini joriy etish bo‘yicha strategik qaror qabul qildi.

Download 251.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling