Mavzu: reduktorlar va ularning turlar


Download 233.06 Kb.
bet1/2
Sana21.04.2023
Hajmi233.06 Kb.
#1369030
  1   2
Bog'liq
Kurs ishi reduktor



Mavzu: REDUKTORLAR VA ULARNING TURLAR
Reduktor (lot. reductor — orqaga qaytaradigan) — 1) aylanma harakatni bir valdan ikkinchisiga uzatish uchun moʻljallangan qurilmamexanizm. Burovchi momentni oʻzgartirib beradi. R. korpus, tishli (yoki chervyakli) va zanjirli uzatmadan iborat boʻladi. Tishli gʻildiraklar soniga qarab, R.lar bir, ikki va koʻp pogʻonali boʻlishi mumkin. Mas, ikki pogʻonali R. bir juft konus va bir juft silindrik shesternyalardan iborat boʻladi. Uzatish sonini oʻzgartirish mumkin boʻlgan R. uzatmalar qutisi deb ataladi. R. avtomobil, traktor, stanok, yuk koʻtarish hamda yoʻl qurilish mashinalari, pookat stanlaoi va boshqalarda keng qoʻllaniladi; 2) ballon yoki boshqa idishlar ichidagi ish muhiti (gaz yoki bugʻ suyuqlik) bosimini pasaytiradigan yoki bir xidda tutib turadigan qurilma. R.ning asosiy elementi — reduksion klapan. Toʻgʻri va teskari ishlaydigan xillarga boʻlinadi. R. gaz payvand apparatlariga, suyultirilgan gaz balloni bilan gaz plita orasiga va boshqalarga oʻrnatiladi
Reduktor , mashinaning energiya manbaidan uning ish bajaruvchi qismiga
aylanma harakatni tezligini kamaytirib uzatishga mo’ljallangan va alohida quti (korpus) ga joylashgan tishli yoki chervyakli uzatmalardan tuzilgan mexanizmlarga aytiladi. Reduktorlarning o’ziga xos xususiyati xarakatni kamaytirib uzatishdir, ya’ni ularda uzatish soni U ≥ 1 bo’ladi. Reduktorni buxususiyatidan mashina va mexanizmlarni loyihalashda keng foydalaniladi.
Masalan, avtomobillarning tezliklar qutisi deb ataladigan reduktorlari ana shu
asosda ishlaydi. Ma’lumki, avtomobilni joyidan qo’zg’atishda g’ildiraklardagi
burovchi moment odatdagi tekis harakat vaqtidagi burovchi momentdan katta
bo’lishi kerak va aksincha, joyidan qo’zg’olgan avtomobilg’ mahlum tezlikka
erishgach, harakatni davom ettirish uchun g’ildirak vallaridagi burovchi
momentning ilgaridagidek katta qiymatga ega bo’lishi shart emas. SHuning uchun
reduktor vositasida yetaklanuvchi valning aylanish chastotasi pog’onama -pog’ona
kattalashtiriladi. Bunday mexanizmlar multiplikatorlar yoki tezlatuvchilar deb
ataladi. Ularda uzatish soni har doim U<1 bo’ladi.
Reduktorlar bir-biridan vallarining joylashishi, o’lchami, uzatish soni hamda
tuzilishi bilan farq qiladi.
Reduktor vallarining fazoda o’zaro joylashishiga ko’ra gorizontalg’ va
vertikalg’ bo’ladi.
Reduktorlar pog’onalar soniga ko’ra bir (1-rasm a, 2-rasm a, .2 -rasm v), ikki
(1-rasm b ,v) va ko’p pog’onali bo’lishi mumkin. Ko’p pog’onali reduktorlar uning
birinchi vali hamda oxirgi valining aylanishlar soni bir-biridan juda katta farq
qilganda ishlatiladi.
Reduktorlar undagi uzatmaning turiga ko’ra tsilindrsimon (16.1-rasm a),
konussimon (2-rasm a), chervyakli (2-rasm v) hamda aralash, yahni tsilindrik-konussimon (2-rasm b), tsilindrik-chervyakli turlariga bo’linadi.
Sanoatda tsilindrik tishli g’ildirakli reduktorlar eng ko’p ishlatilib, uning
tuzilishi va tayyorlanishi oddiy, chidamliligi yuqori. Odatda uzatish soni U ≤ 6,3
bo’lganda bir pog’onali, U ≤ 40 bo’lganda ikki pog’onali, hamda U ≤ 400 xollarda
uch pog’onali reduktorlardan foydalaniladi.


Reduktorlarning og’irligi va tashqi o’lchamlari asosan uzatish soni qiymatini


uzatma pog’onalari bo’yicha qanday taqsimlanishiga bog’liq. Bunda yetaklanuvchi
g’ildirak diametrlari bir xil bo’lgan reduktorlarning ko’rsatkichlari yuqori bo’ladi,
chunki bunday reduktor g’ildirak tishlarini moylash oson.
Reduktorlarda birinchi pog’ona yuklanishi nisbatan kam bo’lganligi uchun,
yetaklanuvchi g’ildirak diametrlarini bir xilligini tahminlash uchun uzatish
sonining qiymatini ikkinchi pog’onaga nisbatan kattaroq qilib olish tavsiya etiladi,
tish eni koeffitsienti ψba –ning qiymati esa ikkinchi pog’onada katta bo’ladi.
Ikki pog’onali reduktorlardan eng ko’p ishlatiladigani g’ildiraklari ketma-ket
joylashgan reduktorlardir (1-rasm b). Bu reduktorlarning tuzilishi oddiy, biroq
g’ildiraklarning tayanchlarga nisbatan nosimmetrik joylashganligi yuklanishnng
tishlar uzunligi bo’ylab notekis taqsimlanishiga sabab bo’ladi. Natijada
g’ildiraklarning va tayanchlarning ishdash sharoiti yomonlashadi. Bu holatni
bartaraf qilish maqsadida g’ildiraklarni tayanchlarga nisbatan simmetrik
joylashgan reduktorlardan foydalaniladi.
Reduktor uzunligini kamaytirish maqsadida o’qdosh reduktorlardan (1 -rasm
v) foydalanish tavsiya etiladi. Bunday reduktorlarning asosiy kamchiligi, ayrim val
tayanchlarining reduktor ichida joylashtirilishidir. Bu birinchidan, konstruktiv
jihatdan noqulay bo’lsa, ikkinchidan, tayanchlarning holatini nazorat qilishni
qiyinlashtiradi.
Agar uzatish soni U ≤ 6,3 bo’lib elektrodvigatelga ulanadigan val bilan ish
bajaruvchi qismiga harakat uzatadigan vallar o’zaro perpendikulyar holatda
joylashgan bo’lsa, konussimon g’ildirakli reduktorlardan (2 -rasm a) foydalaniladi.
Vallari o’zaro tik bo’lgan reduktorlar uzatish sonining kattaroq bo’lishi talab
etilsa, konussimon va tsilindrik g’ildiraklardan tashkil topgan ko’p pog’anali
reduktorlardan foydalaniladi (2-rasm b). Bunda reduktorning konussimon
g’ildiraklardan tashkil topgan qismini birinchi pog’anaga joylashtirish tavsiya
etiladi.O’qlari o’zaro ayqash joylashgan chervyak va chervyakli g’ildirakdan iborat
uzatma maxsus korpus ichiga joylashtirigan bo’lsa chervyakli reduktor deyiladi (2 -rasm v). Bunday reduktorlarning afzalligi bir pog’anali uzatmada katta u zatish
sonini tahminlash bo’lib, kinematik uzatmalar uchun U=500 gacha, quvvat
uzatmalarda uchun U=8...120 bo’lishi mumkin.

Reduktorlarda ishlatiladigan vallarning qattiqligi termik ishlov berish yo’li


bilan NV 270...300 ga yetkaziladi. Diametri 80 mm gacha bo’lgan vallarni 45
markali po’lat materiallardan, diametri 80...125 mm bo’lgan vallarni 45XTS;
40XN4 35XM markali po’latmateriallardan tayyorlash tavsiya etiladi. Vallarning
tayanchlari sifatida asosan dumalash podshipniklaridan foydalaniladi. Yengil va
o’rtacha yuklanish bilan ishlaydigan reduktorlardagi val tayanchlarida esa rolikli
podshipniklar ishlatiladi.
Reduktorlarning tishli g’ildiraklari albatta moylab turilishi zarur. Buning uchun
reduktorning karter deb ataladigan pastki qismiga moy quyib qo’yiladi. Moyning
sathi tez harakatlanuvchi pog’ana g’ildiraklari uchun 2h bo’ladi (bunda h –tish
balandligi). Sekin aylanuvchi pog’ana uchun yetaklanuvchi g’ildirak radiusining
1/.3 qismi moyga botirilgan bo’lishi kerak. Buni tahminlash uchun odatdagi
reduktorlarda har bir kVt quvvatga mo’ljallab 0,4...0,7 litr miqdorda moy quyiladi.
Chervyakli uzatma - vint (chervyak) va u bilan ilashadigan chervyak gʻildiragi vositasida ayqash vallarga aylanma harakat uzatadigan mexanizm. Harakat chervyakdagi trapetsional rezba bilan gʻildirakning yoysimon tishlari orasidagi ilashish kuchi natijasida uzatiladi. Chervyak rezbasining kirimlar soniga kura, bir, ikki va toʻrt kirimli, rezba oʻrami shakliga koʻra, arximed spiralli, botiq profilli va boshqa xillarga boʻlinadi. Chervyakli uzatmada uzatish soni 300 va undan katta boʻladi va u quyidagi formula orqali aniqlanadi: /=z2/zp bunda / — uzatish soni, z, — chervyakning kirimlar soni, z2 — chervyak gʻildiragi tishlari soni.
CH.u.ning boshqa uzatmalardan afzalligi tekis, shovqinsiz ishlashi, ixchamligi; kamchiligi tutashuvchi elementlar (chervyak oʻrami bilan gʻildirak tishi) ning birbirining ustida nisbiy sirpanishi, foydali ish koeffitsiyenti pastligi, detallar qizib yeyilishi xisoblanadi. Chervyak gʻildiraklari yeyilishini kamaytirish uchun ular antifriksion xossali materiallar (asosan, bronza) dan, rangli metallarni tejash uchun tarkibiy materiallar (bronzapoʻlat, bronzachoʻyan)dan, kuchsiz uzatmalarda esa tekstolit, poliamid va boshqalardan tayyorlanadi.
CH.u.dan mashinalarni harakatlantirishda, boshqarish qurilmalari (mac, avtomobilning rul boshqarmasi)da, metall kesish stanoklari, gidrotexnika inshootlari, koʻtarishtashish mashinalari va boshqalarda foydalaniladi.



Download 233.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling