Mavzu: rivojlanishida kamchiligi bo’lgan bolalar bilan ishlash reja
Download 36.45 Kb.
|
RIVOJ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aqli zaif o’quvchilar nutqining fonetik tomondan buzilishi
- Aqli zaif bolalarda leksikaning buzilishi
- Aqli zaif bolalarda nutqni grammatik qurilishi va bog’lanishli nutqning buzilishi
- Eshitishda kamchiligi bo’lgan bolalardagi nutq nuqsonlari tavsifi
- Eshitishda kamchiligi bo’lgan bolalar nutqining lug’at va grammatik tizimini buzilishi.
MAVZU: RIVOJLANISHIDA KAMCHILIGI BO’LGAN BOLALAR BILAN ISHLASH REJA: Aqli zaif bolalarda nutq buzilishining umumiy tavsifi Eshitishda kamchiligi bo’lgan bolalardagi nutq nuqsonlari tavsifi Eshitishda kamchiligi bo’lgan bolalar nutqining lug’at va grammatik tizimini buzilishi. Aqli zaif bolalarda nutq buzilishi va ularni me'yorga keltirish xususiyati oliy nerv (asab) faoliyati hamda psixik rivojlanishning o'ziga xos tomonlari bilan belgilanadi. Aqli zaif bolalarda bilish faoliyatining oliy shakllarini yaxshi rivojlanmaganligi fikrlashning yuzakiligi, nutqni sekin rivojlanishi va sifat jihatidan о 'ziga xosligi, xatti-harakatini so 'z orqali nazorat qilishni izdan chiqishi hissiy-irodaviy sohani to'laqonli emasligl kuzatiladi. Debil darajasidagi aqli zaif bolalarda nutq rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari. Aqli zaif bolalar uchun nutqning kech rivojlanishi xarakterlidir. Kuchli orqada qolish nutqqacha bo 'Igan davrdayoq kuzatiladi. Agar go 'daklarda chug'urlash 4 oyligidan 8 oyligigacha me'yorida paydo bo'lsa, aqli zaif bolalarda esa bu holat 12—24 oylikgacha bo'Igan davrda namoyon bo 'ladi (I.V. Karlin. M. Strazulla.) Kassel, Shlezinger, M.Zeemanlar fikricha, aqli zaif bo'lgan bolalarda birinchi so'zlar 3 yoshdan paydo bo'ladi. I.V.Karlin va M. Strazullaning tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, bunday bolalarda birinchi so'zlar 2,5 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan davrda paydo bo'lar ekan (Bolalarda birinchi so'zlarning paydo bo'lish me'yori 10 oy dan 18 oyligigacha). Aqli zaif bolalarda nutq rivojining sezilarli ortda qolishi iboraviy nutq paydo bo'lishida ko'rinadi. Bunda birinchi so'zlarni bayon qilish bilan iboraviy (birikmani) nutq orasidagi oraliq vaqt ham, normal rivojlangan bolalarga nisbatan uzoqroq bo'ladi. Aqli zaif bolalarda nutqning buzilishi logopediya doirasida M.Xvatsev, R.Ye.Levina, G.A.Kashe, D.I.Orlova, M.A.Savchenko, Ye.F.Sobottovich, R.I.Lalayeva, K.K.Karlin tomonidan o'rganilgan. Bu tadqiqotlar natijasiga ko'ra yordamchi maktabning boshlang'ich sinflarida aniq nuqsonlar 40-60% bolalarda kuzatilar ekan. S.Ya. Rubinshteynning fikricha, aqli zaif bolalarda nutq rivojlanmasligining sababi "miya po'stlog'i faoliyatining zaifligi, barcha analizatorlarda yangi differensial aloqalarning sekinlik bilan ishlab chiqilishidadir". Nutqiy eshitish analizatorlari doirasida differensial shartli aloqalarning asta rivojlanishi munosabati bilan aqli zaif bola ancha vaqt nutq tovushlarini ajrata olmaydi, atrofdagilar aytgan so'zlarini aniq anglamaydi. Motorikaning, shu jumladan, nutqiy motorikaning rivojlanishi aqli zaif bolalarda sekinlik bilan kechadi. Nutqiy harakatlaming aniqligi ikki tomonlama nazorat orqali ta'minlanadi. Eshitish singari kinestetik nazorat ham noaniq bo'lib rivojlanadi. Aqli zaif bolalar nutqining o'ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish jarayonida V.G. Petrova ularning nutq buzilishlari sabablari hisoblangan ko'pgina faktorlar yig'inflisini, ajratib, aqli zaif bolalar nutqining buzilishi va anomal rivojlanishning asosiy sababi bilish faoliyatining rivojlanmaganligidir, deb e'tirof etadi1. Analitik-sintetik faoliyat darajasining pasayishi nutq tovushlarini differensiallashtiruvchi murakkab psixik (ruhiy) faoliyat, fonematik qabul qilishning buzilishida namoyon bo'ladi. Bilish faoliyatining buzilishi tilning semantik tomondan o'zlashtirishda qiyinchiliklarga olib keladi. Shuning uchun, aqli zaif bolalar semantik jihatdan murakkab bo'lgan so'zlarni (mavhum, umumlashgan) va grammatik shakllarni (masalan, maqsad va sabab, ergash gapli qo'shma gaplar) qiyinchilik bilan egallaydilar. Analitik-sintetik faoliyatning umumiy ravishda rivojlanmay qolishi sababli, til umumlashmalarining shakllanishi, til qoidalarining o'zlashtirilishi me'yorda rivojlangan bolalarga nisbatan o'laroq, qiyinchilik bilan kechadi. Atrofdagi olam haqidagi tasavvurning cheklanganligi, nutqiy aloqaning zaifligi, qiziqishning yetilmaganligi, nutqiy munosabatga bo'lgan talabning pasayishi aqli zaif bolalarda nutq rivojlanishining sekinlashishi bilan ifodalanadi. Bular bilan bir qatorda ularda nutq buzilishlariga olib keluvchi boshqa faktorlar ham sabab bo'ladi, ya'ni nutq apparati tuzilishdagi kamchiliklar natijasida rinolaliya, mexanik dislaliya; bosh miya po'stloq osti qismining ba'zi bo'limlarini zararlanishi okibatida yuz beradigan organik duduqlanish va dizartriya. Aqli zaif bolalarda nutqning buzilishi tizimli (sistemali) xarakterga ega. Ularda nutqiy faoliyat bilan bog'liq barcha harakatlarning u yoki bu darajada shakllanmaganligi namoyon bo'ladi-ki, bular motivatsiyaning zaifligi, nutqiy munosabatga bo'lgan talabning pasayishi, nutq faoliyatini programmalashtirishning qo'pol buzilishi, nutqiy harakatlarning ichki programmasi, nutqiy programmaning qo'llanishi, nutq ustidan nazorat, oldindan o'ylangan natijani taqqoslash operatsiyalarini buzilishi kabilardir. Aqli zaif bolalarda nutqiy bayon qilish turli darajada buziladi (mazmunan, til jihatidan, sensomotor darajada). Eng rivojlanmaganlari murakkab darajalar (mazmun, tilga oid) hisoblanadi. Ular yuqori darajada shakllangan tahlil harakatlari, sintez, umumlashmalikni talab etadi. Bunday bolalarda nutqning sensomotor darajasi turlicha kechadi. Yuqori sinflarga borib ko'pchilik o'quvchilarda nutqning fonetik nuqsonlari, motor darajalarining buzilishlarining yo'qolishi ro'y beradi. Shu bilan bir vaqtda bu bolalarda til va semantik darajalarning rivojlanishi me'yorga (normaga) yetmay qoladi. Aqli zaif bolalarda nutqning buzilishi turli ko'rinishlarda bo'ladi va ularni tahlil etishda differensial yondoshishni talab etiladi. Simptomatika (kasallik belgilarining yig'indisi) va nutq buzilishining mexanizmi faqatgina miya sistemasining umumiy rivojlanmay qolishidagina emas, balki, nutqqa bevosita alcqador bo'lgan sistemaning lokal patologiyasi tomonidan belgilanadi. Bu esa aqli zaif bolalarda nutq buzilishlari ko'rinishini yanada murakkablashtiradi. Shu sababli oligofreniyaning ikki guruhi ajratib ko'rsatiladi (G.Ye. Suxaryova, R.I. Belova- David): l)nutq rivojlanmagan oligofreniya; 2)nutq kamchiliklari bilan murakkablashgan, atipik oligofreniya. Normal bolalardagi singari, aqli zaif bolalarda ham nutq buzilishining barcha shakllari uchraydi (dislaliya, rinolaliya, dizartriya, alaliya, disleksiya, disgrafiya, duduqlanish, afaziya va boshqalar). Nutq buzilishi tizimining strukturasida semantik nuqson (defekt) asosiy o'rinni egallaydi. Aqli zaif bolalarda nutq buzilishi o'zining uzoq vaqt saqlanishi bilan xarakterlanadi va yordamchi maktablarning yuqori sinflargacha bo'lgan davr oralig'ida saqlanib, qiyinchilik bilan bartaraf qilinadi. Aqli zaif o’quvchilar nutqining fonetik tomondan buzilishi Yordamchi maktablarda tovush talaffuz qilishdagi nuqsonlar o'rta maktablarga qaraganda ko'proq uchraydi. Ular asosida bir emas, balki qator sabablar borki, bular: idrok qilish faoliyatining rivojlanmay qolishi, nutq - eshitish differensiatsiyasining shakllanmasligi, nutqiy motorikaning buzilishi, artikulatsion apparatning tuzilishidagi buzilishlardir. Me'yorida rivojlangan bolalar singari, aqli zaif bolalarda ham talaffuz qilish murakkab bo'lgan tovushlarda buzilishlar ko'proq uchraydi ( L va R kabi titroq va portlovchi-sirg'aluvchi tovushlar). Boshqa tovushlarga nisbatan R tovushining buzilgan shakllari ko'proq uchraydi (M.A.AIeksandrovskaya ma'lumotiga ko'ra). Bu hol, V.I.Beltyukovning fikriga ko'ra, sirg'aluvchi tovushlarning akustik jihatdan bir-biriga yaqinligi bilan izohlanadi. Aqli zaif bolalarda og'zaki nutqni qabul qilishdagi buzilish va nutq eshitish, analiz va sintezining to'la rivojlanmasligi sirg'aluvchi tovushlarni talaffuz qilishdagi buzilishlar miqdorini belgilaydi. Aqli zaif o'quvchilarda nutq tovushlarini buzib talaffuz qilish bilan bu qatorda tovushlarni almashtirib qo'llash sezilarli darajada uchraydi. Tovush talaffuz qilishning monomorf buzilishida tovushlarni noto'g'ri talaffuz qilish tovushlarni almashtirishga qaraganda sezilarli darajada, taxminan 2,5 martaga ziyodroq bo'ladi. Polimorf buzilishda esa tovushlarni allmashtirish va tovushlarni buzib talaffuz qilish nisbatan bir xil miqdorda uchraydi. Aqli zaif bolalarda tovush talaffuzidagi buzilishlarning navbatdagi o'ziga xosligi, mustaqil nutqdagi o'xshash bo'lgan, aniq, ravshan artikulator qurilmalarning foydalanishida namoyon bo'ladi. D.Orlovaning ma'lumotlariga ko'ra, yordamchi maktablarning 1-sinfida tovushlarni mustaqil nutqda talaffuz qila olmaslik va undan to'g'ri foydalana bilmaslik ko'proq tarqalgan. Birinchi o'quv yili davomida tovushlarni almashtirilishning yoyilishi (tarqalish) 3 martagacha kamayadi. (I sinfda 34, 5%, 2 sinfda 8,7%). Bu esa shundan guvohlik beradiki, bolalarda tovushlarni to'g'ri talaffuz qilishni shakllantirish uchun (tovushlarning artikulator qurilmalarini to'g'ri shakllantirish uchun) bir o'quv yilining o'zi ham kifoya qilar ekan. 2- sinf o'quvchilarining mustaqil nutqida tovushlarni noto'g'ri qo'llash va ularni boshqa tovushlar bilan aralashtirish ortadi. Mustaqil nutqda tovushlarni to'g'ri qo'llash aqli zaif bolalarda murakkab tarzda namoyon bo'ladi. Ularni bartaraf etish sekinlik bilan kechadi. Tovushlarni talaffuz qila olish malakasi o'rtasidagi tafovutlar va shu tovushlarni nutqqa qo'llash ularga xosdir. Quyi sinflarning aqli zaif o'quvchilarida tovush talaffuz qilishning keskin o'zgarishlari seziladi. Yordamchi sinflarning 1—2-sinflarida tovushlaming bir necha guruhidagi o'zgarishlar birgina guruhdagi tovush o'zgarishlariga qaraganda 2 marta ko'proq kuzatiladi. Ikkinchi va uchinchi guruhga oid tovush buzilishlari (sirg'aluvchi, shovqinli, r va I) yuqori darajada bo'ladi. To'rtinchi va beshinchi guruh tovush buzilishlari nisbatan kamroq uchraydi. 3-sinfdan boshlab bir yoki ikkita guruh tovushlar buzilishi ko'proq yoyilgan bo'ladi. Yuqori sinflarning ko'pchilik o'quvchilarida tovush hosil qilishdagi nuqsonlar faqat bir guruh tovushlardagina kuzatiladi. Tovushlarni ko'plab almashtirib qo'llash nafaqat nozik motorik differensiatsiya qiyinchiliklaridan kelib chiqadi, balki, tovushlarni eshitish differensiatsiyasining buzilishi, tovushlarni to'g'ri tanlash operatsiyasining shakllanmaganligi bilan belgilanadi. Aqli zaif bolalarda tovush talaffuz qilishlarining yana bir o'ziga xos tomoni bu buzilishlar variativ, ya'ni turli ko'rinishda bo'ladi. Birgina o'sha tovushni bola ba'zi vaqtda to'g'ri talaffuz qiladi, ba'zida talaffuz qilmaydi, yoki buzib talaffuz qiladi. Bu so'z hosil qilgan tovush-bo'g'in tuzilishidan kelib chiqadi va tovushning so'zdagi o'rni bilan belgilanadi. Sodda so'zlar boshida bola tovushni to'g'ri talaffuz qila oladi, aksincha, murakkab so'zlarda ketma-ket kelgan undoshlarda tovush tushirib qoldirishi mumkin. Tovush talaffuzining buzilishi, ayniqsa, tovushlarni almashtirish, normal bolalardan ko'ra ko'proq aqli zaif bolalar yozuvida aks etadi. Bu ko'rinish avvalo, tovush almashtirish holatlariga taalluqlidir. Aqli zaif bolalarda tovushlar talaffuzining buzilishi shartli ravishda polimorf hisoblanadi. Masalan, bir bolaning o'zida ham, nutq motorikasining rivojlanmay qolishi, ham eshitish differensiatsiyasi va artikulatsion apparatning tuzilishidagi buzilishlar ro'y beradi. Tovushlar talaffuzining aqli zaif bolalarda buzilishi simptomatikaning chidamliligi bilan xarakterlanadi. So'zlarda tovush-bo'g'in strukturasining buzilishi aqli zaif bolalarda ko'p uchramasada, yordamchi maktablarning 1-2-sinflarida uchraydi va o'ziga xoslik bilan xarakterlanadi. Tovush-bo'g'in strukturasining buzilishi, bo'g'inlar strukturasining ketma- ketligida ham, alohida bo'g'inda ham ro'y berishi mumkin. Biror-bir bo'g'in strukturasining buzilishi undoshlarning yonma-yon kelishi bilan xarakterlanadi. Yonma-yon undoshlar ishtirok etgan bo'g'inga nisbatan bo'g'inlari ko'p bo'lgan sodda so'zlar ko'proq o'zgarishga uchramaydi. Undosh tovushlarni tushirib qoldirish, ular ketma-ket kelgan so'zlarda, so'z boshida, o'rtasida yoki oxirida bo'lishidan qat'i nazar ko'proq tarqalgan. Aqli zaif bo'lgan bolalar ko'proq ketma-ket kelgan undoshlarni fonetik jihatdan o'xshash bo'lgan undosh bilan almashtirib yuboradilar. Odatda, so'zdagi undoshlar ketma-ket kelganda, birinchi turgan tovushni almashtirish ro'y beradi, ayniqsa, bu so'z artikulatsiyasiga ko'ra murakkab so'z bo'lsa, (tramvay-tlamvay, artist-atist, kostyum-koxtyum). Tovush almashtirish ko'proq akustik yoki artikulator-akustik o'xshashliklarning belgilariga kora namoyon bo'ladi {sh-x, t-s, k-p, k-t, r-l). Tovush almashtirishning ozgina qismigina artikulator o'xshashliklar tufayli ro'y beradi. Ketma-ket kelgan undoshlarni noto'g'ri talaffuz qilishning sababi bo'lib, so'zdagi undoshlarni noaniq eshitib farqlay bilish hisoblanadi. So'zlardagi bo'g'in strukturasining buzilishi hatto butun bir bo'g'in tushirib qoldirishda ham namoyon bo'ladi (televizor - tvizor, qo'lbola-bala). Bo'g'in tushirib qoldirish asosan so'z boshida va o'rtasida yuz beradi (kitob-tob, qo'zichoq-zichoq, mashina-shina, ayiqcha-iqcha). Bo'g'in strukturasining buzilishi faqatgina 3-5 murakkab so'zlardan boshlab, ko'proq yonma-yon kelgan undoshlarda yuz beradi. Bolalarga tanish bo'lgan va tez-tez foydalanib turiladigan ko'p bo'g'inli so'zlar, kam foydalaniladigan hamda yaxshi tanish bo'lmagan so'zlarga nisbatan kamroq buzib talaffuz qilinadi. Aqli zaif bolalarning nutqi ko'p hollarda ma'nosiz, tushunarsiz va emotsional bo'yoqsiz bo'ladi. Ba'zilarida nutq sekinlashgan, ba'zilarida esa tezlashgan, shu bilan birga, bolalarining ovozi past, ba'zilarining ovozi chinqiroq bo'ladi. Ayniqsa, Daun kasalligi bilan og'rigan bolalarda nutqning buzilishi yaqqol namoyon bo'ladi. Nutq tezligi past bo'lishi, o'ta kuchli ruhiy holatdagi duduqlanish kuzatiladi. Bunday bolalarda disfopiya - ovoz o'zgarishi keng tarqalgandir. Ovoz past va bo'g'iq; nafas olish, ovoz, artikulator apparatining koordinatsiyasi buzilgan bo'ladi. Aqli zaif bolalarda leksikaning buzilishi Aqli zaif bolalar so'z boyligining o'ziga xos tomonlari ko'plab mualliflar diqqat-e'tiborini o'ziga jalb qilgan. Ular, idrok qilish faoliyatidagi buzilishlar passiv va aktiv lug'atlarning shakllanishida o'z izini qoldiradi, deb e'tirof etganlar. Aqli zaif bolalarda lug'at boyligining kambag'alligi, so'zlardan noto'g'ri foydalanish, passiv lug'atning aktiv lug'atdan ustun bo'lishi va so'zlarni mazmunga qarab ishlatishdagi qiyinchiliklar sezilib turadi. Bu bolalarda so'z boyligi kambag'alligining muhim sabablari bo'lib, ularning aqliy rivojlanishining pastligi, atrofdagi olam haqida bilim va tasavvurlarining cheklanganligi, verbal xotiraning zaifligi, ijtimoiy va nutqiy munosabatga bo'lgan talabning pastligi, qiziqishlarning shakllanmaganligi hisoblanadi. V.G. Petrovning ma'lumotlariga ko'ra, 1-sinfning aqli zaif o'quvchilari ularni o'rab turgan ko'pgina predmetlarning (soat, piyola), ayniqsa, predmetlarning alohida bo'laklarining nomini bilmaydilar (muqova, sahifa). Bolalar lug'atida aniq ma'noli otlar ustunlik qiladi, umumlashma xarakterdagi so'zlar ishtirok etmaydi (mebel, idish, poyafzal, kiyim). Aqli zaif bolalarning faol lug'atida hayvonlar harakatini anglatuvchi ko'plab fe'llar ishtirok etmaydi (sakraydi, emaklaydi, uchadi). 1—2-sinf o'quvchilari "qurbaqa kelyapti" "ilon kelyapti", "qushcha kelyapti", kelyapti deb gapiradilar. Aqli zaif bolalar soni jihatdan ko'p bo'lmagan predmet belgisini bildirgan so'zlardan: rang (qizil, ko'k, yashil), maza-ta'm (shirin, achchiq) foydalanadilar. Belgi jihatdan qarama-qarshi ma'noli bo'lgan so'zlardan esa juda kam foydalanadilar (uzun-qisqa). N.V.Tarasenkoning ma'lumotlariga ko'ra quyi sinflarning aqli zaif o'quvchilari insonlarning ichki fazilatlariga oid sifatlarni ham iste'mol qiladilar. Quyi sinf aqli zaif o'quvchilarining lug'atida ravish so'z turkumiga oid so'zlar juda ham cheklangan. So'z va iboralarni noto'g'ri qo'llash tez-tez uchraydi. Semantik o'xshashligiga ko'ra so'zlarni almashtirish ustunlik qiladi. Tarqoq, ma'nosi kengaygan so'zlarni almashtirish hodisasi xarakterlidir (sakrayapti, o'rmalayapti, kelyapti). Bir turdagi, ko'rinishdagi so'zlarni almashtirish kuzatiladi. Masalan, botinka so'zi bilan bolalar (etik, tufli, kalish so'zlarini qo'llaydi); ko'ylak so'zi bilan kofta, kurtka so'zlari qo'llanadi. Aqli zaif bolalarda so'zlarni qo'llashdagi noaniqliklarning sabablari bo'lib differensiatsiyaning predmetlarni ajratishdagi qiyinchiliklar hisoblanadi. Aqli zaif o'quvchilarning differensial tormoz jarayoni zaifligi oqibatida predmetlar orasidagi farqlarga qaraganda, ularning o'xshashliklarini osonroq qabul qiladilar, shuning uchun ular o'xshash predmetlarning umumiy va aniq belgilarini o'zlashtiradilar. Shunday umumiy va aniq belgilar bo'lib, predmetlar bajaradigan vazifa bo'lishi mumkin (qoshiq, sanchqi). Predmetlar orasidagi farq o'zlashtirilmaydi, ularni aniq belgilash esa chegaralanmaydi. Aqli zaif bolalarning passiv lug'ati faol lug'atga qaraganda ko'proq, lekin shunda ham birorso'zni qaytarish, talaffuz etish uchun yo'naltiruvchi savol talab etiladi. Qiyinchiliklar bir tomondan, aqli zaif bolalarning bosh miya po'stlog'idagi tormozlanishdan, boshqa tomondan, semantik maydonlar shakllanishidagi o'ziga xosliklardan kelib chiqadi. A.R. Luriya va O.S. Vinogradovalar semantik maydonlar yuzasidan o'tkazilgan tadqiqot ularni to'liq shakllanmaganligini ko'rsatdi. Normada so'zni tanlash, ularning ma'nosidan kelib chiqqan holda, ya'ni mazmuniy o'xshashliklarga qarab amalga oshiriladi (baland-past, olma-nok). Aqlizaif bolalarda esa so'zlarni tanlash ko'proq taxminiy, ba'zan, tovush o'xshashliklariiga asoslanib amalga oshiriladi-ki, bu yana bir bor lug'aviy sistemalikning to'liq shakllanmaganligidan dalolat beradi. Ko'pgina so'zlar tushunchaga aylanmay qolaveradi. Aqli zaif bolalarda nutqni grammatik qurilishi va bog’lanishli nutqning buzilishi Ko'pchilik mualliflarning tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki (V.G.Petrov, M.F.Gnezdilov, M.F.Feofanov, A.P.Fedchenko va boshqalaf) aqli zaif o'quvchilarda nutqning grammatik tomondan shakllanmaganligi kuzatiladi. Bu grammatik umumlashmalarni talab qiluvchi ko'plab topshiriqlarni bajarishdagi qiyinchiliklarda kuzatiladi. Gaplarning sintaktik tuzilishlari, so'z yasalishdagi va so'z o'zgartirishdagi morfologik shakllarning to'liq rivojlanmaganligi ham buning sabablari hisoblanadi. Kelishiklarni qo'llashda ham buzilishlar kelib chiqadi. Otlarning bosh va tushum kelishiklari nisbatan yaxshiroq shakllangan bo'ladi. Eng ko'p xatolar qaratqich va chiqish kelishiklar konstruksiyalarida uchraydi. Qaratqich kelishigi ko'proq bosh kelishik bilan almashtiriladi. Aqli zaif bolalarda kelishiklarni old ko'makchilar bilan noto'g'ri qo'llash,shu konstruksiyalarni old ko'makchilar bilan noto'g'ri tushunishga qaraganda ko'proq kuzatiladi. Impressiv nutqda orqa, oldi, yonida, ustida, tagida old ko'makchilarning o'rnini almashtirib qo'llash kuzatiladi. Ekspressiv nutqda -ga, - dan ko'makchilarini tushirib qoldirish, shuningdek, ustida, yonida, oldida, orqasida, o'rtasida, orqali old Ko'makchilarinig yo'qligi kuzatiladi. Ravish va otdan hosil bo'lgan birikmadagi buzilishlar, ot va sonning noto'g'ri birikishi kuzatiladi. Bolalar otning qaratqich kelishigidagi, ko'plikdagi shaklini noto'g'ri qo'llaydilar. Ba'zi bir hollarda qaratqich kelishigi qo'shimchalari almashtir'ib yuboriladi. Sifatga oid so'zlarning otlar bilan sodda va kelishikda moslashuviga doir bo'lgan topshiriqlarni bajarishda xatolarga yo'l qo'yiladi. To'liq shakldagi sifatlarini qisqa shakldagi sifatlar bilan almashtirishdagi xatolar ham o'ziga xos tomonlarga ega. Aqli zaif bolalarda so'z yasalishi funksiyasi, so'z o'zgarishiga qaraganda kamroq shakllangan, deb hisoblanadi. So'z yasalishining kam shakllanganligi otdan yasaluvchi sifatlar hosil bo'lishidagi qiyinchiliklarda ko'rinadi (tosh-toshli). Quyi sinflardagi aqli zaif o'quvchilar uchun sodda yig'iq gaplar xarakterli bo'lib hisoblanadi. Tarkibida to'ldiruvchi, ba'zan o'rin holi ishtirok etgan sodda yoyiq gaplar ham ishlatiladi (Qiz gul uzyapti; Bolalar maktabga boryaptilar). Bolalarning mustaqil nutqida ega yoki kesim, yoki ega bilan kesim tushirib qoldirilgan gaplar tez-tez uchrab turadi. Masalan, rasmga qarab hikoya tuzish: "Bola baliq tutyapti. Tashladi. Yugurdi. Qayiqda suzyapti". Aqli zaif bolalarda so'zning morfologik tarkibi va gapdagi so'zlarning sintaktik aloqasi haqidagi tasavvurlar, morfologik umumlashmalar juda ham kambag'al. Nutqning leksik-grammatik qurilishining rivojlanmaganligi, ayniqsa bog'lanishli nutqda yaqqol namoyon bo'ladi. Ko'pgina mualliflarning ishlarida aqli zaif bolalarda bog'lanishli nutqning sekinlashgan holda rivojlanishi va o'ziga xos sifatlari bilan xarakterlanishi keltiriladi. Ular uzoq vaqt situativ nutqda va savol-javob bosqichida to'xtalib qoladi. Bu bolalarda mustaqil fikr bayon qilishga o'tish juda qiyin hisoblanadi. Ko'pchilik hollarda yordamchi maktablarning yuqori sinflarigacha cho'ziladi. Mustaqil fikr bayon qilishning hosil bo'lishi jarayonida aqli zaif o'quvchilar kattalarning yordamiga muhtoj boiadilar. Aytib ko'mak berish yoki savol tarzida berish zaruriyati seziladi. Ayniqsa, bu bolalar uchun kontekstli nutq shakli qiyin hisoblanadi. Situativ nutq, ya'ni ko'rgazmalilikka, aniq situatsiyaga (holatga) tayangan nutq nisbatan yengilroq amalga oshiriladi. Mustaqil nutqning rivojlanmay qolishida dialogning to'liq shakllanmaganligi muhim rol o'ynaydi. Ma'lumki, dialogik nutq monologik nutqdan oldin shakllanadi va uning rivojlanishini tayyorlab beradi. Aqli zaif bolalar ko'pincha biror-bir voqeaning mazmunini aniq bayon qilishning zaruriyatini tushunib yetmaydilar, ya'ni ular suhbatdoshiga (suhbat mazmuniga ko'ra) moslasha olmaydilar. Mustaqil fikr bayon qilishlar uzuq-yuluq bo'ladi. Hikoya qilishda mantiqiy tartib, qismlar orasidagi aloqa buziladi. Bog'lanishli matnlar ko'pincha fragmentlardan iborat bo'ladi, yagona bir butunlikni tashkil qilmaydi va bayon qilishning qisqaligi bilan xarakterlanadi. Aqli zaif bolalarda bog'lanishli nutqning shakllanishidagi ortda qolish sabablaridan biri ularning nutqiy aktivligi juda zaif va tezda holdan toyishi hisoblanadi. Monoligik nutq jarayonida hikoyani konkretlashtirish va rivojlantirish bolaning o'zi tomonidan amalga oshiriladi. Ba'zi bir hollarda, xususan, bolalarda hikoyalash mavzusiga qiziqish uyg'onganda, mustaqil fikr bayon qilish xarakteri ham o'zgaradi: hikoya mazmuni kengayadi, gaplardagi so'zlar soni ham ortadi. Shunday qilib, mustaqil fikr bayon qilishda motivatsiya (sabab-sharoit) katta rol o'ynaydi. Aqli zaif bolalarda bog'lanishli fikr bayon qilishning o'ziga xosligi topshiriqning xarakteridan, mustaqil fikr bayon shaklidan kelib chiqadi. Mustaqil hikoya qilishga qaraganda, aqli zaif bolalarda, qayta so'zlab berish yengil amalga oshiriladi. Lekin ularning qayta so'zlab berishlari ham qator o'ziga xosliklarga ega. Masalan, ular matnning ko'pgina muhim qismlarini tushirib qoldiradilar, mazmunni soddalashtirib bayon qiladilar, vaqt, makon, sabab-oqibat munosabatlarida tushunmovchiliklar namoyon bo'ladi. Ko'pincha ular matnda bo'lmagan voqea-hodisalarni, detallarni qo'shib yuboradilar. Eshitishda kamchiligi bo’lgan bolalardagi nutq nuqsonlari tavsifi Logopedik ta'sir eshitishi qisman pasaygan zaif eshituvchi bolalar bilan olib boriladigan ishda samarali qo'llanishi mumkin. F.F. Rau, L.V. Neyman va V.I. Beltyukovlarning ta'riflashicha, "zaif eshitish deb eshitishning shunday pasayishiga aytiladiki, bunda nutqni idrok qilishda qiyinchiliklar tug'iladi, biroq maxsus yaratilgan shart sharoitlarda (ovozni kuchaytirish, gapiruvchining bevosita quloqqa yaqin kelishi, tovush kuchaytiruvchi asboblarni qo'llash va hokazo) eshitishi yordamida nutqiy muloqotga kirishish mumkin bo'ladi."2 Zaif eshituvchi bolalarni karlardan farqli ravishda zaif eshituvchilar deb nomlash qabul qilingan (karlar uchun tovush kuchaytirgich asboblar qo'llanilsa ham nutqni idrok qilish imkoniyati bo'lmaydi). Eshitishning yaqqol va turg'un pasayishi nafaqat nutqni idrok qilish, balki ekspressiv nutqning buzilishiga (yoki rivojlanmasligiga) ham olib keladi. Bu holda, har bir aniq holatda ekspressiv nutqning buzilishi (rivojlanmaganligi) darajasi eshitishning pasayishi darajasiga (daraja qanchalik og'ir bo'lsa shunchalik yomonlashadi), zaif eshitishning boshlanish vaqtiga, bola rivojlanishining shart-sharoitiga (nutqning rivojlanishi va saqlanishi bo'yicha maxsus choralarni qo'llash uning birmuncha yaxshi holatini ta'minlaydi) bog'liq bo'ladi. Eshituvi pasaygan bolalar uchun bevosita eshitish kamchiligi bilan bog'liq nutq komponentlarining (tarkibiy qismlar) shakllanmaganligi xosdir. U nutqning barcha tomonlarini qamrab oladi. Biroq, zaif eshituvchilarda eshituv funksiyasi holati bilan bog'liq bo'lmagan nutqiy kamchiliklarning shakli ham kuzatiladi. Bular duduqlanish; nutq tempining buzilishi, rinolaliya, optik disgrafiya va disleksiya, dizartriya, mexanik dislaliya, ovoz buzilishi, alaliya, erta bolalar afaziyas"i. Fonctiko-fonematik buzilishlar. Fonematik tizimning normal faoliyat ko'rsatishi barcha nutq tovushlarining bexato eshituv differensiatsiyasi imkoniyatini (akustik jihatdan yaqin tovushlarni qo'shganda ham) va»ularning to'g'ri talaffuzini ko'zda tutadi. Fonetik tizim holatini xarakterlovchi bu ikki tomon, erta paydo bo'lgan zaif eshitishda normal shakllana olmaydi. Zaif eshituvchilarda nutq tovushlarini eshitish differensiatsiyasi, eng avvalo, ular tomonidan idrok qilinuvchi tovushlar chastotasi diapazonining chegaralanganligidan aziyat chekadi. Bundan tashqari, bolalarda nutq- eshituv analizatorining markaziy bo'limida analitik-sintetik faoliyatning ikkilamchi rivojlanmasligi kuzatiladi. Bu eshituv ta'sirlovchilarining periferiyasidan kelib tushuvchi "sifatsizlik"dan kelib chiqadi (tovushlarni eshitib idrok qilishning butunlay yo'qligi yoki ularning barcha formantlarini ham idrok qilmaslik). Birinchi darajadagi zaif eshituvchi bolalar quloq suprasi yaqinida, odatdagi suhbat balandligidagi ovozda talaffuz qilingan 75%dan ko'p bo'lmagan undoshlarni farqlaydilar. Bunda quloqdan 0,5 m masofadagi uzoqlikda undoshlarni farqlash 60% gacha pasayadi, 2 m masofada esa hatto 40% gacha farqlash imkoniyati pasayadi, bunday sharoitda bog'langan nutqni idrok qilish imkoniyati faqat nutqni to'liq egallagan bolaning o'zida mavjud bo'lgan so'z va iboralarning yaxlit obraziga tayanganligi sababligina sodir bo'ladi. Bunda bola so'z va iboradagi yetishmaydigan qismini anglaydi (ko'pincha xato anglaydi). Agarda bola mukammal nutqqa ega bo'lmasa, bunday anglash imkoniyati bo'lmaydi. Shu sababli bir xil darajadagi (biroq nutqiy rivojlanishi turli darajada bo'lgan) zaif eshituvchi bolalar niftq tovushlarini turlicha payqaydilar. Aynan xuddi shu sabab tufayli bir xil darajadagi zaif eshitish holatida tovushlarni eshitish differensiatsiyasi holati birinchi bo'lim o'quvchilariga qaraganda II bo'lim o'quvchilarida nisbatan yomonroqdir. Biroq L.G. Paramonova tadqiqotlariga muvofiq hatto zaif eshituvchilar maktabining birinchi bo'limida ham 78% dan ko'proq yuqori sinf o'quvchilari 4 dan 45 juftgacha undosh tovushlarni eshitib farqlamaydilar. Ayniqsa, sirg'aluvchi s va z tovushlarini farqlash qiyin kechadi. Boshqa fonetik guruhga kiruvchi undosh tovushlarni eshitib farqlash birinchi bo'lim o'quvchilari uchun unchalik qiyinchilik tug'dirmaydi. bo'lim zaif eshituvchi o'quvchilari uchun aynan sirg'aluvchi va shovqinli tovushlarni idrok qilish birmuncha qiyinchilik tug'diradi. Bundan tashqari, toza akustik xususiyatlar, bu tovushlar talaffuzida nisbatan kech farqlana boshlanishidan dalolat beradi. Bu yerda nutq harakat analizatorining nutq eshituv analizatoriga tormozlovchi ta'siri kuzatiladi. Demak, nutq tovushlarini eshitish differensiatsiyasining holati zaif eshituvchilarda, birinchi bo'lim singari II bo'lim xususiyatiga ko'ra shunday u, bolalarning tovush talaffuzini mukammal o'zlashtirishini (keyinchalik yozuvni ham) ta'minlay olmaydi. Zaif eshituvchilarda tovush talaffuzining shakllanishi nutq eshituv analizatorining mukammal emasligi tufayli normaga qaraganda ma'lum miqdordagi kamchiliklar bilan kechadi. Nutq eshituv analizatori nutq-harakat analizatoriga nisbatan o'zining "yetakchi roli"ni kerakli darajada amalga oshirolmaydi. U yoki bu nutq tovushini eshitib idrok qilish yoki uni o'xshash tovushlardan farqlab olish imkoniyatining yo'qligi tufayli. Bola mustaqil, bu tovushlarning to'g'ri artikulatsiyasini ham egallay olmaydi. Bundan tashqari, zaif eshituvchi bolalarda nutq harakat analizatori qurilishi va faoliyatida buzilishlar bo'lishi mumkin va bu tovush talaffuzidagi kamchiliklarga asos bo'ladi. Tovush talaffuzi buzilishi, ayniqsa II bo'lim zaif eshituvchi o'quvchilarida ko'p uchraydi. Buning ustiga nafaqat undosh tovushlar, balki unlilar ham buziladi. Biroq, L.G. Paramonovaning ma'lumotiga ko'ra, zaif eshituvchilar maktabi birinchi bo'limida, hatto yuqori sinflarida tovush talaffuzi kamchiliklari mavjud. II bo'lim zaif eshituvc'nilari singari bu yerda ham tovush talaffuzining polimorf buzilishlari holati ko'proq. Bunday buzilish tovushlarning ko'pgina fonetik guruhini qamrab oladi (har bir o'quvchiga 11 tadan noto'g'ri talaffuz qiluvchi tovush to'g'ri keladi). Birinchi bo'lim eshituvchilarida nafaqat artikulatsiya jihatdan murakkab tovushlar, balki, nisbatan artikulatsiya jihatdan oddiy undoshlar talaffuzi ham buziladi (lab-lab, lab-tish, til oldi tovushlari ya'ni t, d, n va boshqalar). Birinchi bo'limda II bo'limga qaraganda unli tovushlar talaffuzida kamchiliklar kamroq kuzatiladi. Uning asosida faqat nutq — eshituv analizatori emas, balki bir vaqtning o'zida nutq -harakat analizatori ishining mukammal emasligi yotadi. Zaif eshituvchilarda tovush talaffuzi buzilishining uchta asosiy shaklini ajratib ko'rsatish mumkin: Nutq apparati sensor bo'limining yetishmovchiligida, ya'ni eshituv analizatorining to'liqsiz faoliyatida bir nutq tovushini boshqasi bilan almashtirish xarakterli, ("gilos" o'rniga "giloz", "soat" o'miga "shoat"). Tovushlarni almashtirishga qaraganda ularni buzib talaffuz qilish birmuncha kam kuzatiladi. Bu ularni boshqa tovushlardan aniq eshitib farqlash imkoniyatining yo'qligi yoki mos keluvchi tovush chastotalarining parsial tushishi tufayli, ularni eshitib idrok qilish imkoniyatining butunlay yo'qligi bilan bog'liq. Tovush talaffuzi buzilishining sensor shaklida, nutq apparati motor bo'limining tuzilishi yoki ishlashida normadan chetga chiqish odatda kuzatilmaydi. Bolaning og'zaki nutqida mavjud tovush almashtirishlar, odatda yozuvda ham mos keluvchi harflarni almashtirish ko'rinishida aks etadi. Zaif eshituvchilar maktabining quyi sinflarida tovush talaffuzi buzilishining bunday shakllari odatda birinchi o'rinda turadi. Nutq apparati motor bo'limining yetishmovchiligi oqibatida, ya'ni artikulatsiya organlar tuzilishi yoki ishlashidagi kamchiliklar. Buzilish odatda tovushlarni noto'g'ri talaffuz qilish bilan ifodalanadi (tisharo "s" va boshqalar). Bir vaqtning o'zida ham sensor, ham motor yetishmovchilikka asoslangan tovush talaffuzi buzilishining aralash shakli. Bunday hollarda, bir bolaning o'zida ayrim tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar o'xshash fonemalarni (s-z) eshitib farqlash imkoniyatining yo'qligi bilan bog'liq bo'lsa, boshqa tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar artikulatsion apparat tuzilishi yoki ishlashidagi kamchiliklarga bog'liq bo'ladi (masalan, "r" tovushini buzilib talaffuz etish til yuganchasining kaltaligi sababli yoki tisharo "s" til uchi mushaklarining falaji sababli). Gohida bir bolaning o'zida aynan bir tovushlarni buzib talaffuz etish, bir vaqtning o'zida ham motor, ham sensor kechadi. Bunda ma'lum tovushni talaffuz qilish uchun muhim bo'lgan artikulatsion harakatlarni bajarish imkoniyatining yo'qligi, uni akustik jihatdan yaqin tovushlardan eshitib farqlash imkoniyatining yo'qligi bilan qo'shilib keladi. Zaif eshituvchi bolalarda tovush talaffuzi buzilishining aralash shakli ko'p uchraydi. Demak, zaif eshituvchilarda fonetik-fonematik buzilishlar, ko'pgina nutq tovushlarini eshitib farqlashdagi yaqqol ifodalangan qiyinchiliklar va ko'p hollarda murakkab sensomotor buzilishiga asoslangan tovush talaffuzining polimorf buzilishlarida namoyon bo'ladi. Eshitishda kamchiligi bo’lgan bolalar nutqining lug’at va grammatik tizimini buzilishi. Eshitishning erta pasayishi va kuchli ifodalanishida, bolalarda lug'at rivojlanishi normadan shu darajada orqada qoladiki, ularning ko'pchiligi maktabga faqat bir nechtagina chuqurlovchi so'z bilan keladilar. Biroq, eshitishning yengil pasayishida ham zaif eshituvchilarda nutqning lug'at tomoni odatda buzilgan bo'ladi. Lug'at boyligining rivojlanmaganligi asosida jaranglashi bo'yicha yaqin so'zlarni eshitib-farqlab idrok qilish imkoniyatining yo'qligi va so'zning urg'usiz kismlarini noaniq idrok qilish yotadi. Buning natijasida zaif eshituvchi bola ko'pincha so'zning urg'uli qisminigina ozmi-ko'pmi aniq eshitib idrok qilish qobiliyatiga ega. Bu nutqning lug'at tomonini shakllanishi uchun to'laqonli asos bo'lib xizmat qila oladigan, eshituv obrazlarining "kesikligiga", noaniqligiga va yetarli turg'un emasligiga olib keladi. R.M. Boskis, A.G. Zikeyeva, K.G. Korovina va boshqalar tadqiqotiga muvofiq, zaif eshituvchilar uchun lug'at boyligining nihoyatda chegaralanganligi xarakterlidir. R.M. Boskis bo'yicha, kundalik predmet va harakatlarni nomlashda 27,7 % zaif eshituvchi o'quvchilargina 80% to'g'ri javobni beradilar. Zaif eshituvchilar predmet belgilari nomini ham qiyinchilik bilan o'zlashtiradilar. Chalg'ituvchi ahamiyatga ega va kasbiy so'zlarni o'zlashtirish zaif eshituvchi bolalar uchun alohida qiyinchilik tug'diradi. Ko'pincha bu so'zlar bir undosh tovushdan tuziladi, shu sababli bolalar tomonidan tushirib qoldiriladi. Zaif eshituvchida, mavjud lug'at boyligining chegaralanganliti so'zlarni noaniq qo'llashga, olib keladi. Xususan, zaif eshituvchi bola nutqidagi stol so'zi uning lug'atida yagona "stol" so'zi bo'lsa ham, ham stul, ham kursi, ham o'rindik, ham o'tirishni belgilashi mumkin. Ko'rsatib o'tilgan so'zlarni noaniq qo'llash ko'pincha bir so'zni boshqalari bilan almashtirishda ifodalanadi. Xususan, R.M. Boskis quyida, zaif eshituvchilar uchun birmuncha xarakterli bo'lgan so'zlarni ma'no jihatdan almashtirish guruhlarini ko'rsatib o'tadi: Xulosa Shubhasiz, bir so'zni boshqasi bilan majburiy almashtirishning bunday turlari, eng avvalo, zaif eshituvchi bolada u yoki bu vaziyatda unga kerakli bo'lgan birmuncha to'g'ri so'zning yo'qligi bilan tushuntiriladi, ya'ni lug'atning kambag'alligi, shuningdek, so'zning grammatik ahamiyatini yetarli tushunmaslikdandir. Zaif eshituvchi bolalar uchun so'zning tovush bo'g'in tuzilishini qo'pol buzish xarakterlidir. Bu eshituv idrokihing differensiatsiyalashmaganligi bilan izohlanadi. Bu buzilishlar kichik sinf o'quvchilari uchun xarakterli va eng avvalo so'zning urg'usiz qismlariga tegishlidir. Bu qismda ayrim tovushlar tushib qoladi (ayniqsa, ketma-ket keluvchi undoshlar), ortiqcha tovushlar qo'shiladi yoki ular aralashadi. Ayniqsa, so'z oxiri tez-tez tushib qoladi, ko'pincha bu deyarli so'zning urg'uli qismigina qoladi ("maktab" o'rniga "tab"). Zaif eshituvchilar lug'atining xususiyatlari shunga guvohlik beradiki, lug'at ularning bog'langan nutqi uchun to'laqonli "qurilish materiali" bo'lib xizmat qila olmaydi va oldindan ibora tuzilishining kamchiligini belgilaydi. Zaif eshituvchilarda nutq rivojlanmaganligining muhim ko'rinishlaridan biri, agrammatizmlarda ifodalanuvchi nutqning grammatik qurilishini shakllanmaganligi hisoblanadi. So'zning to'g'ri grammatik shaklini o'zlashtirishga eshituv idrokining noaniqligi to'sqinlik qiladi. Bunda so'z tugallanmalari zaif eshituvchilar tomonidan noaniq idrok qiiinadi. Bu esa so'z orasidagi aloqani ifodalovchi asosiy vositalardan biridir va bunday aloqalarni ifodalovchi ko'pgina qo'shimcha, ko'makchilarni eshitib idrok qilish imkoniyatining yo'qligi ham asosiy to'siqlardan biri hisoblanadi. Ko'pgina zaif eshituvchilar uzoq vaqtgacha iborali nutqni egallay olmaydilar, ular nutqi o'zaro bog'lanmagan so'zlardan tashkil topadi. Zaif eshituvchilarda ko'pincha so'zlarning noto'g'ri moslashuvi, kelishik qo'shimchalarni noto'g'ri qo'llash, ko'makchilarni tushirib qoldirish, ortiqcha ko'makchilarni qo'llash va boshqa xatolar kuzatiladi. Har xil turdagi agramatizmlar, hatto yuqori sinf o'quvchilari qiyinchilik bilan o'zlashtiruvchi murakkab gaplarni qo'llaganda yanada ko'proq kuzatiladi. Zaif eshituvchilarning yozma nutqi ko'p hollarda og'zaki nutq kamchiliklarini aks ettiradi. Uning buzilishini shartli ravishda ikkita asosiy guruhga bo'lamiz: qo'pol agrammatizm, ko'makchilarni noto'g'ri moslash va qo'llashda, gapning birinchi va ikkinchi darajali bo'laklarini tushirib qoldirishda ifodalanadi va hokazo; zaif eshituvchilarda mavjud bo'lgan qo'pol fonetik-fonematik rivojlanmaganligi bilan bog'liq disgrafiya shakllarining borligi (akustik va artikulator-akustik disgrafiya). Disgrafiyaning bu shakllari 1-P sinf o'quvchilarida, ayniqsa yaqqol namoyon bo'ladi. Bu shakllarda: tovushlarni eshitish yoki eshituv-talaffuz differensiatsiyasining buzilishi yozuvda "surat"dek aks etadi. Ko'pgina bolalarda tovushlarni eshituv-talaffuz differensiatsiyasining buzilishi saqlanganida ham yozuvda mos keluvchi harflarni almashtirish bo'lmaydi. Bu konpensator usullar tufayli ko'pincha so'zlarning ko'ruv obrazlarini beixtiyor eslab kolish tufayli sodir bo'ladi. Demak, agar bola J va sh tovushlarini eshitib farqlay olmasa, "soat" so'zini ko'p marotaba o'qigan va yozgan boisa , u holda "shoat" yozuvi optik jihatdan odatdagidek idrok qilinmaydi, bu esa uni xatolardan saqlaydi. Biroq kompensatsiyaning bunday yuli bolaga optik obrazi yaxshi tanish bo'lgan so'zlardagina mumkindir. Birinchi uchragan yoki kam tanish so'zni yozishda zaif eshituvchi, tabiiyki, xatolardan butunlay holi bo'lmaydi. Bunday turdagi kompensatsiya eshitilishi bo'yicha farqlanmaydigan tovushning optik jihatdan o'xshash harf bilan belgilanishida ham murakkablashadi. Ко'пЬ chiqilgan disgrafiyalardan tashqari, fonematik analiz va sintez buzilishida ham disgrafiya kuzatiladi. Bunday disgrafiya uchun so'zlarda harflarni tashlab ketish va o'rnini almashtirish, ortiqcha harf qo'shish va boshqalar hisobiga so'zning tovush-bo'g'in tuzilishining buzish xarakterlidir. Zaif eshituvchilar uchun bir nechta disgrafiya ko'rinishlarining uyg'unlashuvi xosdir. Zaif eshituvchilarda disleksiya muammosi hozirgi vaqtga qadar o'rganilmay kelinmokda. Ular orasida fonetik-fonematik rivojlanmaganlikka asoslangan fonematik disleksiya birmuncha keng tarqalgan. Download 36.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling