1-mavzu: «Talaffuzi og‘ir bolalar bilan ishlash metodikasi» fanining maqsad va vazifalari. Nutq nuqsoni haqida tushuncha. Reja: «Talaffuzi og‘ir bolalar bilan ishlash metodikasi»
Download 24.18 Kb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushuncha va atamalar: talaffuzi og‘ir bolalar, nutq nuqsoni, ravon nutq, nutq me`yori, logopedik ish, nutq faoliyati.
- Fanning maqsadi va vazifalari.
- 1. Nutqning fonetik-fonematik rivojlanmaganligi. 2. Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi 3. Duduqlanish.
- Nutq buzilishlari haqida qadimgi sharq va O‘rta Osiyo buyuk mutafakkirlarining qarashlari.
- Mavzuga oid savоllar
1-MAVZU: «Talaffuzi og‘ir bolalar bilan ishlash metodikasi» fanining maqsad va vazifalari. Nutq nuqsoni haqida tushuncha. Reja: 1. «Talaffuzi og‘ir bolalar bilan ishlash metodikasi» kursining maqsad va vazifalari. 2. «Talaffuzi og‘ir bolalar bilan ishlash metodikasi» kursining boshqa fanlar bilan aloqasi. 3. Nutq nuqsoni haqida tushuncha. 4.Nutqiy nuqsoni bor bolalarni guruhlash. 5.Nutq buzilishlari haqida qadimgi Sharq va O‘rta Osiyo buyuk mutafakkirlarining qarashlari. Tayanch tushuncha va atamalar: talaffuzi og‘ir bolalar, nutq nuqsoni, ravon nutq, nutq me`yori, logopedik ish, nutq faoliyati. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy rivojlanishi, o‘z fikrini mustaqil ravishda ravon, chiroyli bayon etishi shaxs sifatida shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Shu bois bolaning maktabgacha davrida nutqni me`yorida rivojlanishiga ahamiyat berish alohida o‘rin tutadi. «Talaffuzi og‘ir bolalar bilan ishlash metodikasi» kursini o‘rganish jarayonida talabalar maktabgacha yoshdagi bolalarda kuzatiladigan tovushlar talaffuzidagi nuqsonlarni bartaraf etish, lug‘atni boyitish, nutq faoliyatini oshirish usullarini o‘zlashtiradilar. Ushbu fan maktabagcha yoshdagi bolalar nutqidagi kamchiliklar sabablari, mexanizmi hamda nutq kamchiliklarini bartaraf etish bo‘yicha olib boriladigan ish mazmuni, logopedik ishni tashkil etish va rejalashtirish masalalarini qamrab oladi.
Fanning vazifasi- talabalarga talaffuzi og‘ir bolalar bilan ishlash metodikasi fani nazariyasi hamda uning usulllarini amaliyotda qo‘llashga o‘rgatishdan iborat. Talaffuzi og‘ir bolalar bilan ishlash metodikasi fani tanlov fani hisoblanib, o‘quv fanini o‘zlashtirish ona tili, logopediya, umumiy pedagogika, umumiy psixologiya, maxsus pedagogika, maktabgacha pedagogika kabi fanlardan egallangan bilim, malaka va ko‘nikmalarga tayangan holda amalga oshiriladi. Bola shaxsining har tomonlama rivojida nutq benuqsonligining ahamiyati katta.Chunki nutq- kishilararo aloqa quroli, barcha sohalarda qudratli muomala vositasidir. Bola nutqining rivojlanish jarayoni o‘z vaqtida to‘g‘ri kechishi uchun maxsus sharoitlar lozim bo‘ladi, chunonchi: bola psixik va somatik jihatdan sog‘ bo‘lishi: normal aqliy qobiliyatga ega bo‘lishi, normal eshitishi va ko‘rishi kerak: yetarli darajada psixik faollikka ega bo‘lishi, gaplashishga ehtiyoj sezish va to‘g‘ri nutq muhiti sharoitida bo‘lishi lozim. Demak, nutqning to‘g‘ri tarkib topishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, to‘g‘ri nutq muhiti ta`lim - tarbiyaga bog‘liq. Lekin, ba’zi sabablar tufayli bola nutqi rivojlanmaydi, orqada qoladi. Logopediya fani - grekcha “logos”- so‘z, “peydeo”- tarbiyalash “nutqni tarbiyalash” degan ma`noni anglatadi. Bu fan nutqiy nuqsonni aniqlash, o‘rganish va ularning oldini olish hamda maxsus ta`lim- tarbiya yo‘llari orqali tuzatish usullarini ishlab chiqadi. Logopediya umumiy pedagogika fanining bir tarmog‘i hisoblanadi. Nutq nuqsoni deganda nima tushuniladi? Nutq nuqsoni bu muayyan tilda qabul qilingan adabiy nutq normalari me`yoridan bir oz bo‘lsada buzilishidir. Nutq kamchiligi tovush talaffuzi yoki fonetik-fonematik kamchiliklarda (dislaliya, dizartriya, rinolaliya), fonetik va leksik-grammatik komponentlarda ( alaliya, afaziya, yozish va o‘qishda - disgrafiya, disleksiya), nutq su`rati ohangi buzilishida (tutilish) kuzatiladi. Nutq kamchiliklari ham fiziologik, ham patologik bo‘lishi mumkin. Biroq nutqdagi bu nuqsonlar o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketmaydi. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar va o‘quvchilar nutqiy nuqsonlarini mutaxassis - logoped yordamisiz bartaraf etib bo‘lmaydi. Jamiyatimizda nutqi umumiy rivojlanmagan maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar va boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta`lm- tarbiya berish va tibbiy yordam ko‘rsatish ishlari hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qoldi. Bu asnoda katta o‘zgarishlar qilinmoqda. Nutqiy nuqsoni bo‘lgan maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning ta`lim tarbiyasi jamiyatimizda maxsus ta`limning ajralmas qismi sifatida amalga oshiriladi. Nutqiy kamchiligi bo‘lgan bolalar uchun bolalar bog‘chasi, bolalar uyi, shuningdek, ommaviy maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar muassasalarida maxsus bo‘limlar mavjud bo‘lib, ularning har qaysisida ta`lim- tarbiya ishlari va amaliy mashg‘ulotlar o‘zbek tilida olib boriladi. Bunday nuqsonga ega bo‘lgan bolalarni payqash va sinchkovlik bilan o‘rganishni hamda ularni tibbiy va pedagogik komissiyalarga yuborish ishlarini bolalar poliklinikalaridagi logopedlar, psixonevrologlar, bolalar shifokorlari amalga oshiradiar. Bolalarni maxsus tashkilotlarga tanlab olish va ulardan guruhlar tashkil qilish vazifasini tibbiy- pedagogik komissiya yo‘lga qo‘yadi. Komissiya a’zolari bu borada quyidagi asosiy qonun-qoidalarga tayanadilar: Dastlab, nutqiy nuqsonga ega bolalarni boshqa turli xil kamchiliklari bo‘lgan bolalardan ajratish kerak. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar maxsus tashkilotlariga qabul qilinadigan nutqiy nuqsoni bo‘lgan bolalar albatta eshitish va fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishlari lozim. Nutqiy nuqsoni bo‘lgan bolalarga turli sabablarga ko‘ra bu kamchilikka (masalan, psixik rivojlanishi jihatdan orqada qolishi, ko‘rish yoki eshitish qobiliyatini yo‘qotishi) natijasida duchor bo‘lgan bolalardan ajratgan holda ta`lim- tarbiya berish zarur. Boshqa sabablar natijasida ham nutqiy nuqson yuzaga kelishi mumkin, ammo ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Eshitish, ko‘rish a`zolariga shikast yetgan va fikrlash qobiliyati zaiflashgan bolalar maktabgacha yoshda bo‘lgan maxsus nutq o‘stirish muassasalariga qabul qilinmaydilar. Bulardan tashqari, nutqiy nuqsoni bo‘lgan bolalarga ta`lim-tarbiya berishda ulardagi nuqson qay darajada ekanligi ham albatta hisobga olinadi. Hozirda jamiyatimizda nutqiy nuqsoni bo‘lgan bolalarni avval psixologik-pedagogik jihatdan tasniflanadi va quyidagi guruhlarga bo‘lib o‘qitiladi:
Har bir nutqiy nuqson haqida qisqacha izoh beramiz. 1. Nutqning fonetik-fonematik rivojlanmaganligi-bu fonemalarni idrok etish va tovush talaffuzining buzilishi demakdir. 2. Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi - tovush talaffuzi va barcha nutq komponentlari (leksik va grammatik) shakllanish jarayonlarining buzilishidir. 3. Duduqlanish-bu pereferik nutq apparatining pay tortish natijasida nutqning tempi va sur`atining buzilishidir yoki muomala vositalarining buzilishi demakdir. Duduqlanish va nutqning to‘liq rivojlanmaganligi birgalikda murakkab nuqson bo‘lib hisoblanadi. R.E.Levina ishlab chiqqan nutq nuqsonlarining psixologik-pedagogik tasnifi logopediya faniga yangi bir sahifa bo‘lib qo‘shildi va u bolalar bilan frontal logopedik ish olib borishga asos soldi. Bolalar logopediyasi maxsus pedagogika fanida o‘z tadqiqot predmetiga ega bo‘lgan mustaqil bobga aylandi. Maxsus muassasalarga turli tibbiy xulosalar asosida qabul qilib olingan bolalar nutq rivojlanishining muayyan o‘xshashligiga ko‘ra guruhlarga birlashtiriladi. Masalan, nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarning guruhiga - alaliya nuqsonli (ilk rivojlanish bosqichida bolaning bosh miya po‘stlog‘idagi nutq zonasining organik jihatdan zararlanish natijasi o‘laroq nutq rivojlanmagan), dizartriya (ya`ni talaffuz buzilgan), afaziya (bosh miyaning muayyan joyi shikastlanishi natijasida nutqi yo‘qolgan bolalar kiritiladi. Nutq qay darajada rivojlanganligi bolani ushbu guruhga qabul qilishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Rinolaliya,dizatriya, dislaliya diagnozi qo‘yilganlar tovushlarning talaffuz etilishi buzilgan bolalar guruhiga qabul qilinadi. Duduqlanib gapiradiganlar guruhiga-duduqlanish (tutilish) diagnozi qo‘yilgan bolalar qabul qilinadi. Guruhlarga bolalar yoshlariga qarab joylashtiriladi. Jamiyatimizdagi nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar muassasalarida quyidagi guruhlar mavjud:o‘rta guruh - 4 yoshdan 5 yoshgacha: katta guruh – 5 yoshdan 6 yoshgacha; tayyorlov guruhi- 6 yoshdan 7 yoshgacha. Guruhlardagi bolalar har tomonlama shifokor nazoratidan o‘tishi tavsiya qilinadi:psixonevrolog, otolaringolog, nevropatalog, bolalar shifokori, psixolog va logoped. Bu muammolar har bir jamiyat uchun dolzarb mavzudir. Bu masalalarni hal qilish uchun ishni qay tarzda boshlashni, qanday metodik ishlarni olib borishni, maxsus bolalar muassasalaridagi bolalarning nutq qobiliyatlari qay darajada ekanligini anglab olish lozim. Bu maqsadda eng avvalo, bolaning nutqi qanchalik rivojlanganligini, u maxsus muassasaga kelmasdan ilgarigi nutqining o‘ziga xos tomonlarini aniqlash lozim. Yuqorida bayon etilgan masalalar o‘z yechimini topmaganligi tufayli maktabgacha ta`lim yoshidagi o‘zbek bolalarining nutqiga tegishli muammolarni chuqur o‘rganish, shu asnoda ona tilini rivojlantirishning tabaqalashgan metodlarini ishlab chiqish shu kunning muhim masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bolalar muassasalarining turlari (yaslilar, bolalar bog‘chalari bolalar uylari, maxsus maktablardagi maktabgacha talim yoshidagi bolalar guruhlari, umumiy bolalar bog‘chalaridagi maxsus maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar guruhlari) maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar jamoat tarbiyasidir. Maxsus maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar muassasalari quyidagi vazifalarni amalga oshirishlari lozim: -- maxsus izchil ta`lim va tarbiya oluvchilar bo‘lib hisoblanuvchi bolalarni chuqur o‘rganilib, so‘ng dastlabki diagnoz qo‘yish. -- pedagogik shart- sharoit yaratib berish va tarbiyaga atroflicha yondashish, bolalarga bir xil imkoniyatlar yaratish hisobiga ularning har tomonlama rivojlanishini ta`minlash. -- nutqning buzilish xususiyati va nuqsonning qandayligini hisobga olib, pedagogika tuzatish-tarbiya ishlarini izchil amalga oshirish, bolalarnni maktabga o‘qitishga tayyorlash. Nutqiy nuqsonni to‘g‘ri aniqlash uchun bolaning psixik va nutqiy rivojlanishini bilan batafsil tanishish ishlari olib boriladi. Nutq buzilishlari haqida qadimgi sharq va O‘rta Osiyo buyuk mutafakkirlarining qarashlari. Mamlakat tafakkuri, ma’naviyat va madaniyatni ko‘rsatib beruvchi jahon miqyosida tan olingan asosiy mezonlardan biri tildir. Kishilarning murakkab mukammal,yetuk inson bo‘lib shakllanishida aqli va nutqiy malakalari katta o‘rin tutadi. Nutq inson tafakkurining zarur asosi bo‘lib tuyg‘ular bilan mahkam bog‘langan. Tafakkuri yuksak darajada rivojlangan buyuk allomalarimiz o‘tgan asrlarda kishilarni savodli qilish maqsadida bilim-aql kaliti, bilimsiz kishi-mevasiz daraxt kabi fikrlarni ilgari surib, insonni kamolatga yetishi uchun yoshlikdan bilim egallashni tavsiya etganlar.Bola bilimni qanchalik yoshligidan egallasa, aqli shunchalik rivojlanadi. Kishi bilim olar ekan , uning aqlini, ravon nutqi belgilaydi. Insonni har tomonlama rivojlanishida nutqning ahamiyati kattadir. Bolalarni yoshligidan nutqini ravon, o‘z fikrini to‘liq ifoda eta oladigan qilib tarbiyalash muhimdir. Hozirgi zamon ta’lim-tarbiyasining maqsadi barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish bo‘lib maktabgacha tarbiya yoshidan ularga har tomonlama ahamiyat berishdir. Buyuk allomalarimiz o‘z nutqlarini, tafakkurlari, chiroyli she’rlar, g‘azallar, maqol-u matallar orqali ifoda etishgan. Biz nutq kamchiliklarini insonning ruhiyatiga, tafakkuriga ta’sirini rivojlanishida bilish faoliyatlarining o‘rni haqidagi fikrlarini tahlil qildik. Buyuk faylasuf Abu Nasr Forobiy o‘z asarlarida insonning bilishini, ruhiy qobiliyatini miya boshqaradi, yurak esa – barcha a’zolarni hayot uchun zarur bo‘lgan qon bilan ta’minlovchi markaz. Inson barcha bilimlarini tashqaridan oladi. Buning uchun u ko‘plab vosita va imkoniyatlarga ega , bular sezgi, xotira, tasavvur va ayniqsa, mantiqiy fikrlash, aql bilan nutq bo‘lib, mazkur vositalar yordamida u ilmni yaratadi. Shundan so‘ng, Forobiy insonning ruhiy va aqliy imkoniyatlarining tasnifini beradi. Uning fikricha, insonda, eng avvalo, “oziqlantiruvchi quvvat” paydo bo‘ladi, so‘ng tashqi predmetlarning hissiy organlari (eshitish,ta`m bilish ko‘rish,hid bilish,sezish)ga ta`sir natijasida < 2) intiluvchan yoki harakatchan hissiyot quvvati-shodlik quvonch g‘azab va h.k.; 3) so‘zlash va aqliy taffakur quvvati. Farobiy < Forobiy aqlli inson haqida fikr yuritib, bunday yozadi:”aqlli deb, shunday kishilarga aytiladiki, ular fazilatli, o‘tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf etishda zo‘r iste’dodga ega bo‘ladilar, yomon ishlardan o‘zini chetga olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil deydilar. Yomon ishlarni o‘ylab topish uchun zehn-idrokka ega bo‘lganlarni aqlli deb bo‘lmaydi, ularni ayyor, aldoqchi degan nomlar bilan atamoq lozim” (“Maoni al-aql” asari). Buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy o‘zining “Mineralogiya” asarida quyidagi fikrlarni keltirib o‘tgan: “Sezgilar beshta bo‘lib, ular quloq bilan eshitish, ko‘z bilan ko‘rish, burun bilan hidlash, til bilan tatib ko‘rish va teri bilan tegib bilishdan iboratdir. Ilm va ma’rifat faqatgina o‘shalar orqali hosil bo‘ladi”. Sezgilar o‘z qo‘zg‘atuvchilari orqali qo‘zg‘aladi. Agar ular me’yorida bo‘lsa, yoqimli va zararsiz bo‘ladi, me’yoridan ortiq bo‘lsa, dardli va halokatli bo‘ladi. Ko‘rish sezgisini nur qo‘zg‘atadi, eshitish havo orqali keluvchi ovozlar qo‘zg‘atadi, hidlash havo bilan burunga uriladigan hidlar orqali paydo bo‘ladi, ta’m ozuqaning mazasi bilan vujudga keladi. Ammo namlik bunda shartdir. Bu to‘rt sezgini his etuvchi maxsus organlar mavjuddir. Beshinchi sezgi-sezish esa butun badanda voqedir, ammo dastavval uni teri sezadi”. Sezgilar bilinganlaridan bir bo‘lagini fikrga yetkazsa, fikr uni yangilashishlardan tozalab, aqlga topshiradi. Aql uni umumiy ishga aylantiradi. Faqat sezgi organlari yordamida o‘zlashtirilgan bilimlar xatolarga olib kelishi mumkin. Agar inson sezgilardan fikrlash va xulosa chiqarish yordamida foydalansa, ana shu sezgilar orqali idrok qilinadigan narsalarni o‘rganishga juda katta yutuqlarga erishmog‘i mumkin. Demak, nutqdagi kamchiliklar idrok jarayoniga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Idrok faqat sezgi organining ishi bo‘lmay, balki boshqa bir qancha sezgi organlari, bir qancha analizatorlarning faoliyat maxsulidir. Bola nutqining rivojlanishi jarayonida ko‘rish, eshitish va boshqa analizatorlar o‘rtasida shartli aloqalar tizimi yuzaga keladi va takrorlanib turuvchi aloqalar bilan doimo rivojlanib, mustahkamlanib boradi. Sharqning ulkan qomusiy olimi, jahon ilmi va madaniyatining eng mashhur namoyondalaridan biri Ibn Sino shunday degan ekan: “Bolalar birga bo‘lganda doim bir-birlari bilan gaplashadilar va bu bilan o‘z xotiralari va nutqlarini rivojlantiradilar” A.Avloniy ham tarbiya bola hayotining yo‘llarini belgilovchi muhim omil hisoblanadi, deya shunday fikrni bildirgan:”Tarbiya yo hayot, yo mamot, yo najot, yo saodat, yo falokat “. O‘zbek adabiyotining asoschisi A.Navoiy asarlarida ta’lim-tarbiya masalalariga alohida o‘rin berilgan. U inson tafakkuri, aqli, bilimi va ilmiy izlanishlarini yuksak qadrlagan. “Bilim va donishmandlik insonning bezagidir”- deb yozadi u. Navoiy bola tarbiyasiga va uni shaxs sifatida shakllantirishga katta ahamiyat berib, bolani hayot “chirog‘i” deb ta’riflaydi. Bola oilaga baxt va saodat keltiruvchi ziyodir. Navoiy bolalarga kichik yoshligidanoq, bilim, ma’lumot va tarbiya berishni ko‘rsatib, o‘g‘il-qizlarni olti yoshdan tarbiyachi, muallimga berish lozimligini aytadi. Ular ilk yoshdayoq fanlarni va hunarlarni egallab olmoqligi lozimligini ta’kidlaydi. Nutq rivojlanish jarayonida bilish faoliyatining oliy shakllari, tafakkur qobiliyatlari shakllanadi.So‘zning ahamiyati o‘z-o‘zidan umumlashtiruvchi hisoblanadi va shu munosabat bilan o‘zida nafaqat nutq birligini, balki tafakkur darajada bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda paydo bo‘ladi. Lekin bolaning ruhiy rivojlanishi jarayonida murakkab, sifat jihatdan yangi birlik , nutqiy tafakkur, nutqiy fikrlash faoliyati paydo bo‘ladi. Nutqiy muomala qobiliyatini o‘zlashtirish o‘ziga xos insoniy ijtimoiy aloqalar uchun zamin hozirlaydi. U tufayli bolaning atrof-muhit haqidagi tasavvurlari shakllanadi va oydinlashadi, uni aks ettirish shakllari takomillashadi. Nutq buzilishlari va ularni o‘rganishda muhim muammolarni hal qilish maqsadida milliy logopediyaning metodologiyasi yuqorida keltirilgan nazariyalar va g‘oyalarga tayanadi. Nutq buzilishini o‘rganishda va tuzatishda logopediya bolaning rivojlanishidagi umumiy va maxsus qonuniyatlarning o‘zaro munosabatlari to‘g‘risidagi nazariy qoidalarga, nutq va faoliyatning hamkorlikda rivojlanishi, ruhiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlari haqidagi nazariyaga tayanadi. Zamonamizning yirik marifatparvarlaridan bo‘lmish A.Avloniy inson barkamolligi uning aqlida, jismoniy sog‘ligida hamda odobli xushxulqida deb biladi. Yuqorida ko‘rib o‘tgan allomalarimiz inson aqlu zakovatini uning bilish faoliyatiga bog‘laydilar. Bilish faoliyatidagi u yoki bu faoliyatni buzilishi albatta insonda nutq buzilishlariga, bu esa o‘z navbatida ruhiy ezilishlariga sabab bo‘ladi.Bunday kamchiliklar bolalarning ta’lim-tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
1. «Talaffuzi og‘ir bolalar bilan ishlash metodikasi» kursining maqsad va vazifalari nimalardan iborat? 2. Nutq nuqsoni deganda nima tushuniladi? 3. Nutqiy nuqsoni bor bolalar qanday guruhlanadi? 4. Nutq buzilishlari haqida qadimgi SHarq va O‘rta Osiyo buyuk mutafakkirlari qanday fikrlar bildirgan? Download 24.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling