- Bolalar nutqini o‘stirish
Reja: - Ravon nutq tushunchasi va uni rivojlantirish vazifalari.
- Ravon nutq mohiyati.
- Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ravon nutqqa о‘rgatish.
- Til tafakkur quroli va muomala vositasi.
Ravon nutq - Ravon nutq – bu kishilarning muloqotini va о‘zaro bir-birlarini tushunishlarini ta’minlovchi mazmunan keng yoyilgan fikrdir. Ravon nutqni fikrlar dunyosidan ajratib bо‘lmaydi: ravon nutq bu fikrlar ravonligidir, unda bolaning mantiqiy fikrlash, о‘zi qabul qilayotganlarini mulohaza qilish va ularni tо‘g‘ri ifodalash qobiliyati aks etadi.
- 1-vazifasi – individuallararo – kishilar о‘rtasidagi muloqot vositasidir. Ushbu holatda nutq og‘zaki nutq – monolog, dialog, bir nechta odamlar suhbati sifatida chiqadi.
- 3-vazifasi – umuminsoniy – bu о‘rinda nutq alohida bir odamga umuminsoniy ijtimoiy-tarixiy tajriba xazinasidan axborot olish imkonini beradi. Ushbu holatda u grafik ramzlar va belgilarda moddiylashtirilgan yozma nutqdir.
- 2-vazifasi – ichki individual – bu yerda nutq kо‘plab ruhiy jarayonlarni (fikrlash, diqqat-e’tibor, xotira, tasavvur va boshq.) aniqtiniq anglash darajasiga kо‘targani hamda shaxsga ruhiy jarayonlarni tartibga solish va nazorat qilish imkonini bergani holda ularni amalga oshirish vositasi bо‘lib xizmat qiladi.
- Maktabgacha yoshdagi bolalarga nisbatan nutqning ikki shaklini – dialogik va monologik shakllarini kо‘rib chiqish lozim.
- Dialog ikki yoki bir necha sо‘zlovchining biron-bir vaziyat bilan bog‘liq mavzudagi fikrlarining almashinuvi bilan tavsiflanadi.
- Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlar suhbat metodi (suhbat) va imitatsiya metodi asosida о‘tkaziladi. Mazkur metodlar kо‘pincha quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
- Tayyorgarlik suhbati (sо‘zlashish) usullari;
- Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish).
- Tayyorlangan suhbatning quyidagi vazifalari mavjud:
- Tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bolalarni suhbatlashishga, ya’ni suhbatdoshi sо‘zlarini bо‘lmasdan tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda о‘zini tutib turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib sо‘zlash;
- Yо‘ldosh – talaffuz va grammatik kо‘nikmalarni mashq qilish, ma’lum sо‘zlar ma’nosini aniqlashtirish.
- Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy sо‘z kabi turli usullardan foydalanadi. Bu usullarning barchasi suhbat paytida bilimlarni о‘zlashtirish jarayonini yо‘naltirish, nutqiy muloqotni ta’minlash, bolalar fikrlarini, ularning diqqat-e’tiborlarini, xotiralarini, emotsiyalarini faollashtirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |