8 Mashg’ulot mavzu: oddiy ilontili (ujovnik)ning (ophyoglossum vulgatum) tuzilishi va taraqqiyoti
Download 189.39 Kb.
|
8.амалий
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulotning maqsadi
- O’RGANISH TARTIBI Oddiy ilontili (ujovnik)ning gerbariylari yoki eksponatlarini ko’zdan kechiring, gametofit va sporofitlarini ko’ring. SPOROFIT
- 175-rasm. Oddiy ujovnik ( Ophioglossum vulgatum ).
- Savollar va topshiriqlar
8 - Mashg’ulot MAVZU: ODDIY ILONTILI (UJOVNIK)NING (OPHYOGLOSSUM VULGATUM) TUZILISHI VA TARAQQIYOTI. Bo’lim: Qirqquloqtoifalar – Polypodiophyta (Pteridophyta) Ajdod: Ofioglossimonlar - Ophioglossopsida Qabila: Ofioglossnamolar - Ophioglossales Oila: Ofioglossdoshlar - Ophioglossaceae Tur: Oddiy ilontili (ujovnik) – Ophioglossum vulgatum Mashg’ulotning maqsadi: Oddiy ilontili (ujovnik)ni tuzilishi, taraqqiyot sikli va klassifikatsiyasini lotin tilida o’rganish. Ko’rgazmali qurol va jihozlar: slaydlar, animasiyalar, elektron ma’ruza, elektron qo’llanma, elektron darslik. Oddiy ilontili (ujovnik)ning gerbariylari, eksponatlar, tirik material va mikroskopik tayyor preparatlar (anteridiy, arxegoniy, spora boshog’i), mikroskoplar, lupalar, buyum oynasi, qoplag’ich oynalar, suv, tomizgich, ko’payish siklining chizmasi. O’RGANISH TARTIBI Oddiy ilontili (ujovnik)ning gerbariylari yoki eksponatlarini ko’zdan kechiring, gametofit va sporofitlarini ko’ring. SPOROFIT: Ujovniklar – mayda o’t o’simliklari bo’lib, gorizontal yoki qiyshiq holda o’sadigan ildizpoyalari bor, shu ildizpoyalaridan barglar o’sib chiqadi. Barglari ikki qismga: meva beruvchi va vegetativ qismlarga bo’lingan bo’ladi. Vegetativ qismi bargsimon yashil plastinkaga o’xshasa, meva beruvchi qismi shaklan boshoqchaga o’xshaydi va bir talay sporangiylari bo’lib, birmuncha rivojlangan oyoqchada turadi. Ikkala barg qismi ham umumiy bir banddan chiqadi. Gametofiti yer ostida bo’lib, xlorofili yo’q. Bu tartibga faqat Ophioglossaceae oilasi kiradi, shu oila uchta avlodni: Ophioglossum, Botrychium va Helminthostachys avlodlarini o’z ichiga oladi. Floramizda uchraydigan Ophioglossum vulgatum mana shu tartibga vakil bo’la oladi. Bu – bo’yi 5-30 sm keladigan kichik o’simlikdir. Uning qiyshiq o’sadigan ildizpoyasi bor, shu ildizpoyasidan har tomonga bir talay tuksiz ildizlar chiqadi. Ildizpoya uchidan yer betiga bitta barg chiqib turadi. Bu barg meva beruvchi va vegetativ qismlarga bo’lingan bo’lib, umumiy bandda turadi. Vegetativ qismi shaklan birmuncha etdor oval plastinkaga o’xshaydi. Meva beruvchi qismi poya shaklida bo’lib, vegetativ qismidan baland ko’tarilib turadi, uchida chiziqsimon kalta boshoqchasi bo’ladi, bu boshoqcha bir-biri bilan qo’shilgan va ikki qator bo’lib joylashgan sporangiylardan iborat. Ildizpoyaning uchida esa o’sish nuqtasi bor, yozilgan barg asosida bo’ladigan alohida konussimon qinga o’ralgan boshlang’ich barglar ham shu joyda turadi. Barg juda sekin o’sadi va raso yetilishi uchun 4-5 yil kerak bo’ladi. Yuqorida aytilganidek, Ophioglossum sporangiylari bargning meva beruvchi qismida turadi, ular shu joyda sporali boshoqchalar hosil qiladi. Alohida olingan sporangiy ancha yirik bo’lib, shaklan sharga o’xshaydi. Uning devorchasi ko’p qavatli bo’ladi, shu qavatlarning tashqisi qalinlashgan epidermisga aylangan. Sporarangiy bo’shlig’i sporalarga to’la turadi. Sporalarning kattaligi va shakli bir xildir. Sporalardan gametofit o’sib chiqadi. GAMETOFIT: Ophioglossum gametofiti tashqi ko’rinishi va yashash sharoitlariga ko’ra, plaunlarning gametofitiga o’xshab ketadi. Gametofit ingichka chuvalchangsimon ko’rinishda, ba’zan tarmoqlangan tana ko’rinishida bo’lib, yer tagida 2-10 sm chuqurlikda o’sadi. Gametofit parenximatik to’qimadan tuzilgan, shu to’qimaning tashqi qatlamlarida simbiozlik qiladigan zamburug’ giflari bo’ladi. Jinsiy organlari gametofit chetlarida joylashgan. Anteridiylar ancha yirik sharsimon tana shaklida bo’lib, gametofit to’qimasiga botib turadi. Ularda ko’p xivchinli spermatozoidlar taraqqiy qiladi. Arxegoniylar ham gametofit to’qimasiga botib turadi, gametofit yuzida kaltagina bo’yincha ko’rinib turadi, xolos. Qorin qismida tuxum hujayrasi joylashgan, bu hujayra otalangandan keyin embrion paydo bo’ladi; embrion dastlab gametofit to’qimasiga botib turadi, lekin keyinchalik yuzaga chiqib, Ophioglossum o’simligiga aylanadi. Ophioglossum sporalar bilan ko’payishdan tashqari, vegetativ yo’l bilan ham ko’payadi. Uning ildizlarida qo’shimcha kurtaklar hosil bo’lib, ulardan yangi Ophioglossum individlari o’sib chiqadi (175-rasm). Ophioglossum avlodiga 43 tur kiradi, bu turlar butun yer yuzida tarqalgandir. Ularning hammasi bargning spora beruvchi tarmoqlariga bo’linmagan va oddiy tuzilgan bo’ladi, vegetativ qismi esa oddiy yoki barmoqsimon yo bo’lmasa dixotomik ravishda shoxlangan bo’lishi mumkin. Botrychium avlodiga 34 tur kiradi, bu turlar ham Ophioglossum kabi butun jahonga tarqalgan. Botrychium avlodi meva beruvchi barg qismining shoxlangan bo’lishi bilan farq qiladi. Bargning shu qismi bir qancha shoxlarga tarmoqlanadi, bargning kalta shoxchalari uchidan qisqa oyoqchali sporangiylar joy olgan. Vegetativ qismi patsimon yoki murakkab patsimon bo’lingan bo’ladi. 175-rasm. Oddiy ujovnik (Ophioglossum vulgatum). umumiy ko’rinishi, B- o’simta, V - anteridiy, G- spermatozoid, D- arxegoniy, E- Grozdovnik (Botrychium tunaria)- umumiy ko’rinishi, J- Gel’mintostaxis (Helminthostachys zeylanica). Savollar va topshiriqlar: Oddiy ujovnik bargining tuzilishi qanday? Oddiy ujovnikning sporofiti qanday tuzilgan? Oddiy ujovnikning bargining anatomik tuzilishi qanday? Oddiy ujovnikning gametofiti qanday tuzilgan? Download 189.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling