Inson va tabiiy landshaftlar
Download 16.63 Kb.
|
INSON VA TABIIY LANDSHAFTLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talabaning bilim, о‘quv va k о‘nikmasiga q о‘yiladigan talablar
- Kerakli material va jihozlar
INSON VA TABIIY LANDSHAFTLAR Ishning maqsadi: Inson va tabiiy landshaftlarning о‘zaro aloqasini о‘rganish. Mashg‘ulot vazifalari: tabiiy landshaftlar turlarini о‘rganish; tabiiy landshaftlarga insonning ta’sirini о‘rganishdan iborat. Talabaning bilim, о‘quv va kо‘nikmasiga qо‘yiladigan talablar: tabiiy landshaftlar va ularning о‘ziga xos xususiyatlari tо‘g‘risida tushunchaga ega bо‘ladi; tabiiy landshaftlarga inson ta’siri haqida bilimlarga ega bо‘ladi. Kerakli material va jihozlar: Tabiiy landshaftlarni aks ettiruvchi rasmlar, jadvallar, о‘simlik gerbariylari, о‘simlik aniqlagichi. Adabiyotlar: 7, 8, 9, 10, 11, 12, 15, 16, 17, 20, 22 Nazariy material: Landshaft muhitning tabiiy taraqqiyoti davomida vujudga kelgan о‘zaro ichki aloqalar va birliklariga kо‘ra boshqa joylardan farq qiladigan tabiiy chegaralariga ega bо‘lgan tabiiy-hududiy majmuadir. Landshaftning tabiiy komponentlari – relyef, tog‘ jinsi, yer osti va yer usti suvlari, tuproqlar, iqlim, tirik organizmlar va ularning о‘zaro bog‘liqligi. Qizilqum qorakо‘l qо‘ylari boqiladigan yirik yaylov bо‘libgina qolmay, endilikda noyob xazinalar makoni, geologik qidiruv ishlari maydoni, katta shaharlar qurilayotgan yirik gidrotexnik inshootlar bunyod etilayotgan ulkan qurilish maydoni sifatida tanilmoqda. Qizilqumda minglab quduqlar qazilib, suv bilan ta’minlangan yaylovlar maydoni kengaymoqda. Yaylovlardan oqilona foydalanmaslik, ularda giyohlarning tabiiy usulda qayta tiklanish qobiliyatlariga nisbatan kо‘p miqdorda qо‘y boqish, yaylovlarni fitomelioratsiya va agrofitotsenozlar tashkil qilish ishlarini amalga oshirmaslik mavjud potensial mahsuldorlikni kamaytirib yubormoqda. Keyingi 10 yil mobaynida 120 ming gektar harakatdagi qum о‘zlashtirildi. 30 ming gektar yerda mexanik tо‘siqlar о‘zlashtirildi. Yaylovlarda qandim, cherkez kabi qumni mustahkamlovchi о‘simliklar ekildi. Tog‘-о‘rmon landshaftlari dengiz sathidan 800-2800 m gacha bо‘lgan balandliklardagi tog‘ oldi chala chо‘llari, tog‘ о‘rmon archazorlari, sub alp va alp о‘tloqzorlari biotsenozlariga ajratiladi. О‘zbekiston о‘rmonlari ikki guruhga ajratiladi: yonbag‘irlardagi о‘rmonlar va vodiy о‘rmonlari. Tog‘ biotsenozi uchun ba’zi qushlar – oq qanotli qizilishton, zag‘izg‘on, chug‘urchuq, buxoro chittagi, qumri, jannat quyruq, qora qarg‘a, vahmaqush, sut emizuvchilardan – bо‘rsiq, yovvoyi chо‘chqa, о‘rmon olmaxoni, sudralib yuruvchilardan – Himolay agamasi, О‘rta Osiyo qora iloni va qalqontumshuqlar xosdir. Download 16.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling