1
- Amaliy mashg‘ulot.
Mavzu: Donli ekinlarning guruhlari, umumiy morfologiyasi-ildiz, poya,
barg
Dars maqsadi: talabalarga g„alla ekinlarining
umumiy morfologik
belgilari, guruhlari donli ekinlarning ildiz, poya, barg tuzilishini o„rganish.
Ko‘rgazma material: g„alla ekinlarining 1-2
guruhlari jadvali, o„simliklar
bog„lamlari, urug„lari, konservalangan poya va barglari va murtak ildizlar.
Donli o„simliklarning hammasi qo„ng„irboshsimonlar (Poaseae)
oilasiga
mansubdir. Bu oila eng katta botanik oilalardan biri bo„lib,
unga sakkizta donli
ekinlar avlodi, tur,
kenja tur, tur xillari kiradi. Donli o„simliklar juda ko„p xil
shakllarga ega bo„lishi bilan bir qatorda ular ko„p umumiy morfologik va biologik
xususiyatlarga ega, shu sababli ularni umumiy
xususiyatlaridan boshlab
keyinchalik esa har bir avlod va turlarini o„rganish maqsadga muvofiqdir.
Donli o‘simliklar guruhlari
Donli o„simliklar morfologik belgilari va biologik xususiyatlari va xo„jalik
belgilari bo„yicha ikki guruxga bo„linadi.
1. Xaqiqiy yoki shimoliy donli o‘simliklar.
Bu guruhga bug„doy, arpa, javdar va suli o„simliklari kiradi.