Donli ekinlar Reja. Donli o‘simliklarning morfologik belgilari


Download 15.84 Kb.
bet1/6
Sana20.10.2023
Hajmi15.84 Kb.
#1713174
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1. Donli o‘simliklarning morfologik belgilari. Donli ekinlarning-www.hozir.org


1. Donli o‘simliklarning morfologik belgilari. Donli ekinlarning o‘sish va rivojlanish fazalari. G‘alla ekinlari donining kimyoviy tarkibi

Donli ekinlar

Reja.

1. Donli o‘simliklarning morfologik belgilari.

2. Donli ekinlarning o‘sish va rivojlanish fazalari.

3. G‘alla ekinlari donining kimyoviy tarkibi.
Donli ekinlar butun Yer sharidagi insonlarning asosiy oziq-ovqat manbayi hisoblanadi. Ulardan non va turli tuman taomlar, qishloq xo‘jalik hayvonlari uchun to‘yimli yem-xashak tayyorlanadi. Donli ekinlaridan sanoatda ham ko‘p foydalaniladi. Ularning donidan piva tayyorlanadi, kraxmal, spirt va boshqa mahsulotlar olinadi. Don va uni qayta ishlashdan oziq-ovqat mahsulotlari olinadi hamda, qog‘oz ishlab chiqarish sanoatida va boshqa tarmoqlar uchun xom-ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Donli ekinlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi.
Ekin maydoni bo‘yicha don ekinlari yer yuzida birinchi o‘rinda turadi. Dunyo bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinlari ekiladigan maydon bir milliard gektar bo‘lib, shundan 700 mln. gadan ortiq maydonga don ekinlari ekiladi. O‘zbekistonda ham don ekinlarining ekin maydoni kengayib hozirgi kunda sug‘oriladigan yerlarda boshoqli ekinlar 1 mln. ga, sholi 137 ming. ga, lalmi yerlarda 300 ming.ga yerga don ekinlari ekilmoqda.
Donli ekinlar morfologik va biologik belgilariga qarab 3 ta biologik guruhlarga bo‘linadi.
1. Birinchi guruhga haqiqiy don ekinlari-qo‘ng‘irboshlilar (Roaseaye) oilasiga mansub bo‘lgan bahorgi (bug‘doy, arpa, javdar, suli va tretikale) va kuzgi (bug‘doy, arpa, javdar, suli) don ekinlari kiradi.
Bu guruhning asosiy belgilari :
-donida uzunasiga ketgan egatcha bo‘ladi
-bir nechta (3-8) boshlang‘ich murtak ildizcha chiqarib unadi
-boshig‘ining pastki gullari juda kuchli rivojlangan
-gul to‘plami boshoq yoki ro‘vakdan iborat
-issiqlikka talabchan emas
-uzun kunli o‘simliklari
-namga o‘ta talabchan
-dastlabki fazalarida tez rivojlanadi
-kuzgi va bahorgi shakllari bor

  1. Ikkinchi guruhga-tariqsimon ekinlar kiradi. Roaseaye oilasiga kiradigan ekinlardan makkajo‘xori, jo‘xori (oq jo‘xori), tariq, sholi va Rolygonaceae (marjumakdoshlar) oilasiga mansub marjumak(grechixa) kiradi.





Download 15.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling