Bob. Uyurmali chang ushlash qurilmalari
Download 143.58 Kb.
|
5-BOB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash va mustakil ishlash uchun savollar
BOB. UYURMALI CHANG USHLASH QURILMALARIUyurmali chang ushlovchi qurilmalar. Tuzilishi va ishlash prinsipi Uyurmali chang ushlagichlar siklonlarga nisbatan ancha qiyinroq taklif etilgan. Bunday qurilmaning o‘q yo‘nalishida pastki (birlamchi) va yuqorigi (ikkilamchi) uyurmali oqimlarning bir-biriga qarama-qarshi harakati mavjud. Uyurmali chang ushlagichning sxemalari 5.1-rasmda ko‘rsatilgan. 5.1- rasm. Uyurmali chang ushlagich tuzilishi. a) soplo tipidagi; b) parrak tipdagi; 1-kamera; 2-chiqish quvuri; 3-soplo; 4-parrakli aylantirgich; 5-kirish quvuri; 6-shayba; 7-chang bunkeri; 8-halqasimon parrakli aylantirgich; Yuqorigi oqim bilan kirgan chang zarrachalari markazdan qochma kuch ta’sirida devor yuzasi tomon uloqtiriladi, yuza bo‘ylab pastga qarab spiralsimon harakat qilib, chang yig‘iladigan bunkerga tushadi. Pastki oqim bilan qurilmaga kirgan chang zarrachalari dastlab gaz oqimi bilan spiralsimon harakatlanib yuqoriga ko‘tariladi, keyinchalik markazdan qochma kuch ta’sirida devor tomon uloqtiriladi va yuqorigi oqim bilan birga pastga qarab harakatlanib chang yig‘iladigan bunkerga tushadi. Changli gazning qurilmaga kirish usuliga ko‘ra uyurmali chang ushlagich bir necha turga bo‘linadi: 1) ikkilamchi gaz oqimini soplo yordamida kirituvchi (5.1-rasm a); 2) birlamchi va ikkilamchi gaz oqimlarini parrak yordamida kirituvchi (5.1-rasm, b); Soplo yordamida gaz oqimi kiradigan qurilmaning yuqorigi qismida gorizontga nisbatan 15-30o qiya qilib joylashgan bir necha qator soplolar o‘rnatilgan; ushbu tangensial soplolar yordamida ikkilamchi gaz oqimi uyurma hosil qiladi. Soplodan chiqayotgan gazning tezligi 60-80 m/s ni tashkil etadi. Bunday qurilmalarda ikkilamchi gaz oqimining hajmiy sarfi umumiy gaz sarfining 30- 50% ni tashkil etadi. 5.2-rasm. Konussimon uyurmali chang tutgich. Gaz oqimi parrak yordamida yoki tangensial yo‘nalishda kiritiladigan qurilmalarda ikkilamchi gaz oqimining bosimi soplo yordamida kiradigan gaz bosimiga nisbatan ancha kam bo‘ladi. Odatda ikkilamchi gazning qurilmaga kirishidagi tezligi va bosimi tahminan siklonlardagi ko‘rsatkichlarga juda yaqin. Sanoat ishlab chiqarishlarida yuqorigi va pastki gaz oqimlari tangensial yo‘nalishda kiradigan uyurmali chang ushlagichlardan foydalanish qulay va arzonga tushadi. Bundan tashqari qurilmaning tuzilishi sodda va bosimning yo‘qolishi kamroq. 5.3-rasmda ko‘rsatilgan uyurmali chang ushlash apparati silindrik korpus 1 va uning pastki qismiga o‘rnatilgan gazoxod 2 dan, parrakli aylantirgich 3, changli gazni aylantirgich tomon tarqatib beradigan yo‘naltirgich 4 dan iborat bo‘lib, yo‘naltirgich tepasi ichi bo‘sh kesilgan konuslar 5 shaklida, bir-birining ustiga o‘rnatilgan bo‘ladi. Apparatning yuqori qismiga ikkilamchi gaz oqimi kirishi uchun tangensial o‘rnatilgan soplolar 7 joylashtirilgan. Ushbu soplolar tepasiga shayba 8 qo‘yilgan. Bunker 9 tenglovchi quvurcha 10 yordamida changli gazni kiruvchi gazoxod bilan bog‘langan. 5.3 -rasm Uyurmali chang ushlagich sxemasi Takomillashtirilgan tuzilmaga ega bo‘lgan ushbu uyurmali chang ushlash apparatining diametri 100, 300 va 600 mm li bo‘lgan 3ta modifikatsiyasi siklonlardan keyin, ikkinchi bosqich chang tozalagich sifatida ishlatilib, yaxshi natijalar qayd etildi. Takrorlash va mustakil ishlash uchun savollarUyurmali chang ushlovchi qurilmalar haqida a’lumo tkeltiring? Changli gazni qurilmaga kirish usuli necha xil bo‘ladi? Inersiyali chang ushlovchi qurilmalar haqida ma’lumot keltiring? Qurilmaning asosiy kamchiligi nimadan iborat? Inersiyali chang ushlovchi qurilmalar necha turga bo‘linadi? Gazni qurilmaga kirish usuliga ko‘ra uyurmali chang ushlagichlar necha turga bo‘linada ? Soplodan chiqayotgan gazning tezligi necha m/s ni tashkil etadi? Inersiyali chang tutgichlarda qanday kuchlar hosil bo‘ladi ? Rotatsion qurilmaning asosiy kamchiligi nimadan iborat ? Rotatsion chang tutgichlar necha turga bo‘linadi ? Download 143.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling