Spiralsimon issiqlik almashinish qurilmasi


Download 426.97 Kb.
Sana15.11.2023
Hajmi426.97 Kb.
#1776309
Bog'liq
Документ Microsoft Word (3)


Spiralsimon issiqlik almashinish qurilmasi. Bu qurilmalarda issiqlik almashinish yuzasi ikkita yupqa metall list 1 va 2 larni spiral bo`ylab o`rash natijasida hosil bo`ladi (13-rasm). Spirallarning ichki uchlari plastina– to`siq 3 yordamida birlashtirilgan.

Kanallar yon tomoni qistirma va tekis qopqoq yordamida zichlab yopilgan. Natijada bir - biridan ajrab turuvchi kanallar hosil bo`ladi va ularda qarama - qarshi yo`nalishda suyuqliklar harakatlantiriladi. Kanallarning eni metall list eni bilan belgilanadi. Balandligi esa oralikni belgilovchi bo`lakcha 7 ning o`lchami bilan aniqlanadi. Tekis qopqoq 4 lar flanest 5 ga boltlar yordamida mahkamlanadi.


Issiqlik eltkichlar kirishi va chiqishi uchun tekis qopqoqlarning markazida va spiralning tashqi uchlarida shtusterlar o`rnatiladi.
Bu qurilma suyuqlik va gazlar orasida issiqlik almashinish uchun ishlatiladi. Agar, issiqlik eltkich tarkibida qattiq zarrachalar bo`lgan taqdirda ham ushbu qurilmalardan foydalanish mumkin, chunki to`g`ri to`rtburchak shakldagi kanalga tiqilib qolmaydi.
Spiralsimon issiqlik almashinish qurilmalarining afzalliklari: tuzilish ixcham; gidravlik qarshiligi nisbatan kichik; suyuqliklar tezligi yuqori (1...2 m/s); issiqlik o`tkazish koeffistienti katta; kam joy egallaydi.
Ushbu qurilma kamchiliklari: yasash, ta’mirlash va tozalash qiyin; yuqori bosim (1,0 MPa) da ishlatish mumkin emas, chunki bu bosimlarda zichlanishni ta’minlash qiyin.
Plastinali issiqlik almashinish qurilmasi. Yupqa metall listlardan tayyorlangan bir necha plastina tepa va pastki tutib turuvchi bruslardan iborat romda yig`iladi (14-rasm).
Qo`zg`almas va harakatchan plitalar orasida shtampovka qilingan po`lat, gofrirlangan plastina dastasi joylashgan bo`lib, ularda issiqlik eltkichlar harakati uchun kanallar bor.
Plastina dastasi qo`zg`almas 2 va harakatchan plitalar 4 orasida yig`iladi va tortib turuvchi shpilka 6 yordamida siqiladi.
Spiralsimon issiqlik almashinish qurilmasi. Bu qurilmalarda issiqlik almashinish yuzasi ikkita yupqa metall list 1 va 2 larni spiral bo’ylab o’rash natijasida hosil bo’ladi (30-rasm). Spirallarning ichki uchlari plastina– to’siq 3 yordamida birlashtirilgan.

Kanallar yon tomoni qistirma va tekis qopqoq yordamida zichlab yopilgan. Natijada bir - biridan ajrab turuvchi kanallar hosil bo’ladi va ularda qarama - qarshi yo’nalishda suyuqliklar harakatlantiriladi. Kanallarning eni metall list eni bilan belgilanadi. Balandligi esa oralikni belgilovchi bo’lakcha 7 ning o’lchami bilan aniqlanadi. Tekis qopqoq 4 lar flanets 5 ga boltlar yordamida mahkamlanadi. Issiqlik eltkichlar kirishi va chiqishi uchun tekis qopqoqlarning markazida va spiralning tashqi uchlarida shtutserlar o’rnatiladi. Bu qurilma suyuqlik va gazlar orasida issiqlik almashinish uchun ishlatiladi. Agar, issiqlik eltkich tarkibida qattiq zarrachalar bo’lgan taqdirda ham ushbu qurilmalardan foydalanish mumkin, chunki to’gri to’rtburchak shakldagi kanalga tiqilib qolmaydi. Spiralsimon issiqlik almashinish qurilmalarining afzalliklari: tuzilish ixcham; gidravlik qarshiligi nisbatan kichik; suyuqliklar tezligi yuqori (1...2 m/s); issiqlik o’tkazish koeffitsienti katta; kam joy egallaydi. Ushbu qurilma kamchiliklari: yasash, tahmirlash va tozalash qiyin; yuqori bosim (1,0 MPa) da ishlatish mumkin emas, chunki bu bosimlarda zichlanishni tahminlash qiyin.

Plastinalarni zichlash yuqori bosimga bardosh bera oladigan qistirmalar yordamida amalga oshiriladi. Plastinalar orasidagi kanallar eni 3...6 mm bo`ladi.


Plastinali issiqlik almashinish qurilmalarining ishlash prinstipi 14b-rasmda ko`rsatilgan. Rasmdan ko`rinib turibdiki, suyuqliklarning harakati qarama - qarshi yo`nalishda. Shuni qayd etish kerakki, har bir issiqlik eltkich plastinaning bir tomoni bo`ylab harakat qiladi.
Bu turdagi qurilmalar isitgich, sovutkich, hamda pasterizastiya, sterilizastiya qilish uchun ham qo`llash mumkin.
P lastinalar orasidagi kanallarda suyuqlik tezliklari yuqori bo`lgani uchun issiqlik o`tkazish koeffistienti K  3800 Vt/m2K gacha erishish mumkin. Undan tashqari, bunday yuqori issiqlik o`tkazish koeffistientlarni olishga sababchi bo`lgan omillardan biri, gofrirlangan plastina yuzasining suyuqlik oqimini turbo`lizastiya qilishi va devorning kichik termik qarshiligidir.
Plastinali issiqlik almashinish qurilmalarining afzalliklari: issiqlik o`tkazish koeffistienti katta; gidravlik qarshiliga nisbatan kichik; tuzilishi ixcham; suyuqliklar tezligi yuqori; issiqlik almashinish yuzasi katta.
Bu turdagi qurilmalar kamchiliklari: katta bosimga bardosh berolmaydi; tayyorlash qiyin; suyuqlik tarkibidagi qattiq zarrachalar kanallarni yopib qo`yish ehtimoli bor.

Xalq xo’jaligining barcha sohalarida, xususan kimyo sanoatida, mahsulotlarni issiqlik ta’sirida qayta ishlash jarayonlari keng qo’llaniladi. Bu jarayonlar quyidagi maqsadlarda olib boriladi:


1) jarayon haroratini zarur darajada ushlab turish;
2) sovuq mahsulotlarni isitish yoki issiq mahsulotlarni sovitish;
3)bug`larni kondensatsiyalash;
4)eritmalarni quyiltirish va hokazo.
Bu jarayonlar issiqlik almashinish qurilmalarida amalga oshiriladi. Kimyo, neft kimyosi, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat sanoatlari korxonalarida qo’llaniladigan texnologik uskunalarning katta ulushini issiqlik almashinish
qurilmalari tashkil qiladi. Kimyo sanoatida ishlatiladigan issiqlik qurilmalari umumiy uskunalarning o’rtacha hisobda 15-18 foizini tashkil etsa, neft kimyosi va neftni
qayta ishlash sanoatlarida esa bu raqam 50 foiziga teng, chunki kimyoviy 12 texnologiyaning bir qator asosiy jarayonlari (bug`latish, rektifikatsiya, quritish va
boshqalar) issiqlikning berilishi yoki o’tkazishi bilan bog`liqdir.
Sanoatda turli-tuman issiqlik almashinish qurilmalari qo’llaniladi. Ish tamoyiliga ko’ra issiqlik almashish qurilmalari uch turga bo’linadi:
1)yuzali issiqlik almashgichlar;
2)aralashtiruvchi issiqlik almashgichlar;
3)regenerativ issiqlik almashgichla
Yuzali issiqlik almashgichlarda issiqlik tashuvchi agentlar bir-biri bilan devor orqali ajratilgan va issiqlik birinchi issiqlik tashuvchi muhitdan ikkinchisiga ularni ajratuvchi devor orqali o’tadi. Aralashtiruvchi qurilmalarda issiqlik tashuvchi agentlarning o’zaro bevosita uchrashuvi va aralashuvi natijasida issiqlikning almashinishi yuz beradi.
Regenerativ issiqlik almashgichlarda qattiq jismdan tashkil topgan bir xil yuza navbat bilan turli issiqlik tashuvchi agentlar orqali kontaktda bo’ladi. Qattiq
jism unga tegib o’tgan issiqlik tashuvchidan issiqlik olib isiydi; boshqa issiqlik tashuvchi o’tganda esa qattiq jism o’z issiqligini unga berib soviydi. Issiqlik almashinish qurilmalari quyidagi belgilarga ko’ra sinflanadi.
Konstruktiv tuzilish bo’yicha quvurdan qilingan qurilmalar (qobiq-quvurli, "quvur ichida quvur", zmeevikli va boshqalar); issiqlik almashinish yuzasi listli materialdan tayyorlangan qurilmalar (plastinali, spiralsimon va boshqalar); issiqlik almashinish yuzani tayyorlashda nometall materiallar (grafit, plastmassa, shisha va hokazo) dan foydalanilgan qurilmalar; Ishlatilish maqsadiga ko’ra sovitkichlar, isitkichlar,
bug`latkichlar, kondensatorlar; Issiqlik tashuvchi agentlar harakatining yo’nalishiga ko’ra to’g`ri, qarama-qarshi, kesishgan va hokazo yo’nalishli qurilmalar.
Sanoat qurilmalarida issiqlik almashinishning shart-sharoitlari har xil bo’ladi. Issiqlik almashinish qurilmalari turlicha agregat holat (gaz, bug`, tomchili suyuqlik, emulsiya va hokazo), har xil harorat va bosim qiymatlari hamda ma’lum fizik-
kimyoviy xossalariga ega bo’lgan ish muhitlari uchun mo’ljallangan bo’ladi. Buning uchun ma’lum bir jarayonning haqiqiy ish holatiga ko’ra tegishli issiqlik almashgich tanlab olinadi

Plastinali issiqlik almashinish qurilmasining umumiy ko`rinishi unda isitgich sxemasi (a), isitgich plastinasining tuzilishi (b) tasvirlangan. Qurilma juft plastinalar 1, tok plastinalar 2, issiqlik tashuvchi agentlarning kirish va chiqish shtutserlari 3, 4, (I - suyuqlik uchun); shtutserlar 5, 6 (II - suyuqlik uchun); qo`zg’almas plita 7, harakatlanuvchi plita 8, tortish vinti 9, zichlagich 1, 4; suyuqlik teshiklari 2, 3 (I - suyuqlik uchun); teshiklar 5, 6 (II - suyuqlik uchun).

Kamchiligi: qurilmaning yuqori bosimda ishlatish va plastinalarni ta`mirlagach, ular orasida tegishli zichlikni ta`minlash imkoniyati yo`q.



Download 426.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling