Bob. Chang ushlash apparatlari chang ushlashning ahamiyati


Download 0.7 Mb.
bet1/3
Sana03.12.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1801270
  1   2   3
Bog'liq
3-BOB

  1. BOB. CHANG USHLASH APPARATLARI

    1. Chang ushlashning ahamiyati


Texnologik jarayonlarning sifatli amalga oshirilishi uchun sanoat gazlari va havo changdan tozalanishi zarur.
Barcha turdagi tashish mashinalari, maydalagichlar, saralash qurilmalari, tegirmonlar, aralashtirgichlar, quritish va pishirish agregatlari va shu kabi qator mashinalar gaz tozalashning samarali sxemalarisiz yaxshi ishlay olmaydi. Yani, kimyo sanoati va qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalaridan chiqayotgan gaz aralashmalarini tozalash texnologiya jihatidan muhim va katta ahamiyatga ega.
Sanoat gazlari:

  • gaz aralashmalari tarkibidagi qimmatbaho mahsulotlarni ajratib olish;

  • jarayon ketishi paytida unga salbiy tasir qiluvchi va qurilmalar buzilishini tezlashtiruvchi moddalarni gaz aralashmalaridan chiqarib tashlash

  • atrof muhit havosining ifloslanishini kamaytirish uchun tozalanadi.

Og‘irlik kuchi ta’siri ostida changlangan gazdan zarrachalarni cho‘ktirish asosan:
a) qo‘pol tozalashda (zarrachalar o‘lchami 30-100 mkm va undan katta bo‘lganda);
b) inersiyali cho‘ktirishda (zarrachalar o‘lchami 25-30 mkm);
v) markazdan qochma kuchdan foydalangan holda (5 mkm gacha) qo‘llaniladi.
Og‘irlik kuchi yoki inersiya kuchi ta’siri ostida zarrachalar cho‘kish mexanizmini bayon etishda aylanib o‘tish rejimi va muhit qarshiligi kabi faktorlarni hisobga olish kerak.
Gaz oqimidagi zarrachalarning cho‘kishi uch bosqichda amalga oshadi:
- cho‘kishning boshlang‘ich momenti;

  • qarshilik kuchi va og‘irlik kuchi muvozanat holatiga kelgunga kadar o‘tgan vaqt oralig‘idagi harakat;

- doimiy tezlik bilan bir tyokisdagi harakat;
    1. Chang cho‘ktirish kameralarining konstruksiyasi va


ishlash asoslari
Og‘irlik kuchi ta’sirida changli zarrachalarni tozalash uchun davriy yoki yarim uzluksiz rejimda ishlaydigan turli chang cho‘ktirish kameralari ishlatiladi. Chang cho‘ktirish kameralari changli gazlarni (50-100 mkm) birlamchi tozalash uchun ishlatiladi:

3.1- rasm Chang cho‘ktirish kamerasi;
1-korpus; 2-chang to‘plash bunkerlari;


3.2-rasm. Chang cho‘ktirish kameralari sxemalari:


a – gorizontal kamera; b – ko‘p tokchali kamera; v – to‘siqli kamera; g – sim pardali kamera.
Bunday qurilmalarning tozalash darajasi 40-50% dan ortmaydi. Chang cho‘ktirish kameralarining o‘lchamlari ancha katta bo‘ladi. Qattiq zarrachalarning yaxshi cho‘kishi uchun gaz oqimining tezligi 3 m/s dan oshmasligi kerak.

3.3-rasm. Ko‘p tokchali kamerali chang cho‘ktirish qurilmasi.


1 – korpus; 2 – kirish klapini; 3 – chiqish klapini; 4 – tokchalar; 5 – to‘siq plitalar;
Eng oddiy tuzilishga ega bo‘lgan chang cho‘ktirish kamerasi 3.2- rasm, a) da ko‘rsatilgan. Changli gaz oqimi separatsion bo‘shliqda syokin harakat qiladi, qattiq zarrachalar esa chang yig‘adigan seksiyalardan biriga tushadi. Bunday konstruksiya oddiy tuzilishga ega bo‘lsa ham katta joyni egallaydi.
Gaz oqimining syokin harakatini ta’minlash uchun separatsion kameraning hajmi ancha katta bo‘ladi.
Ko‘p tokchali kamerada (3.2-rasm, b) separatsion bo‘shliq gorizontal tokchalar yordamida bir necha seksiyalarga bo‘lingan. Bunday sharoitda chang zarrachasining cho‘kish vaqti ancha kamayadi.
Chang chiqarish uchun tokchalar qiya qilib joylashtiriladi. Tokchalar silkitish qurilmalari bilan ta’minlanishi mumkin.
To‘siqlari bo‘lgan kamerada (3.2-rasm, v) gravitatsion kuchdan tashqari inersion kuchdan ham foydalaniladi. Og‘irlik va inersion kuchlardan birgalikda foydalanish qurilmalarning tozalash darajasini ko‘paytirishga olib keladi.
3.2 - rasm, g da ko‘rsatilgan kameraning separatsion bo‘shlig‘ida xalqali yoki simli parda joylashtirilgan bo‘ladi. Bunday pardalarga gaz oqimi urilganda filtrlanish jarayoni yuz berib, chang ajraladi, tasodifiy turbulent oqimlar buziladi.

    1. Download 0.7 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling