1. Avtomobillar va traktorlarni yaratish asosan nimalarni o‘z ichiga oladi?


Mashinasozlik texnologiyasida qanday bazalardan foydalaniladi?


Download 87.27 Kb.
bet6/12
Sana13.04.2023
Hajmi87.27 Kb.
#1352079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-ОН тестлар талабаларга JAVOBLARI

1. Mashinasozlik texnologiyasida qanday bazalardan foydalaniladi?
A)Texnologik, yig‘ish va konstruktiv bazalar.
2. Qanday texnologik bazalarni ajratib ko‘rsatish mumkin?
B) O‘rnatish va o‘lchash bazalari.
3.O‘rnatish bazasi nima?
B) Ishlov berish uchun detalni stanokka o‘rnatishda uning stanokka, moslamaga va qirqish yoki boshqa ishchi asbobga nisbatan vaziyatini belgilaydigan yuzalar.
4. Qoralama ishlov bazalari qanday bazalar?
D) Ishlov berishning boshlang‘ich bosqichlarida foydalanilishi mumkin bo‘lgan bazalar.
5. Toza ishlov bazalari qanday bazalar?
С) Boshlang‘ich ishlov berilgan va keyingi operatsiyalar uchun baza sifatida foydalaniladigan bazalar.
6. Asosiy o‘rnatish bazasi deb nimaga aytiladi?
B) Ishlov berishda detalni stanokka o‘rnatish uchun foydalaniladigan va yig‘ilgan mashinada shu detal bilan birgalikda ishlovchi boshqa detal bilan birikish yuzasi yoki shu detalning mashinadagi ishiga ta’sir qiluvchi yuzaga aytiladi.
7. Yordamchi o‘rnatish bazasi deb nimaga aytiladi?
A)Detalga ishlov berishda faqat o‘rnatish uchun xizmat qiladigan, boshqa detal bilan birikmaydigan va mashina ishiga ta’sir qilmaydigan yuzaga aytiladi.
8.O‘lchov bazasi debnimaga aytiladi?
B) Unga nisbatan o‘lchamlar bevosita o‘lchab olinadigan yuzalarga aytiladi.
9. Yig‘ish bazasi deb debnimaga aytiladi?
С) Ushbu detalning yig‘ilgan uzel yoki mashinada boshqa detallarga nisbatan vaziyatini aniqlovchi yuzaga (yoki yuzalar, chiziqlar va nuqtalar to‘plami) aytiladi.
10. Konstruktiv baza deb nimaga aytiladi?
С) Konstruksiya ishlab chiqilayotganda boshqa detallar o‘lchamlari va vaziyati aniqlanadigan yuzasi (yoki yuzalar, chiziqlar va nuqtalar to‘plami) ga aytiladi.
11. Bazalar doimiyligi prinsipi nimaga asoslangan?
B) Detalga ishlov berishdagi barcha operatsiyalarni bajarish uchun bitta bazadan foydalanishga asoslangan.
12.Bazalarni umumlashtirish prinsipi nimaga asoslangan?
С) Yig‘ish bazasi bir vaqtning o‘zida ham o‘rnatish, ham o‘lchov bazasi bilan mos kelishiga asoslangan.
13. Detalga ishlov berish uchun o‘rnatish usullarini ko‘rsating.
D) Detalni stanok stoliga (yoki universal moslamaga) o‘rnatish; Detlani stanok stoliga maxsus belgilar bo‘yicha o‘rnatish; Detalni maxsus moslamada o‘rnatish.

Download 87.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling