1.
Bashoratlash
— bu tashqi muhitning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
holatini, boshqariladigan obyektning o‘zini tutishini aniqlash maqsadida
ma’lumotlarni qayta ishlash hamda ular har birining ehtimolligini baholashdan
iborat.
2.
Rejalashtirish
— bu tizimning kelajakdagi orzu qilingan holatini ishlab
chiqish (rejali modelini ishlab chiqish) va ushbu holatga erishish uchun
mablag‘larni
taqsimlashga
nisbatan
qarorlar
qabul
qilishdan
iborat.
34
Rejalashtirish maqsad va mezonlarni tanlashni o‘z ichiga oladi. Shu maqsad va
mezonga nisbatan boshqaruv samaradorligi baholanadi.
3.
Dasturlash
rejasini amalga oshirish, ya’ni tizim faoliyatining algoritmini
ishlab chiqish uchun boshqariladigan harakatlar ketma-ketligi hamda o‘zaro
aloqasini bayon etuvchi dasturlarni ishlab chiqishdan iborat.
4.
Tashkil etish
— mustahkam (bardoshli) obyektlar yoki jarayonlar
tuzilmasini o‘zgartirishi yoki ko‘rishdan, ya’ni ma’lum bir holatlarida
boshqariladigan obyektlar faoliyatini reglamentlashtirishda foydalaniladigan u
yoki bu qoida, protsedura, usul, algoritmlarini belgilash yoki o‘zgartirish
demakdir.
5.
Me’yorlashtirish
— tizimning xususiyatlarini ifodalovchi statistik
ma’lumotlarni doimiy ravishda yig‘ish va ular asosida tizimning bir me’yorda
faoliyat ko‘rsatishini ta’minlab turish.
6.
Hisobga olish
boshqariladigan obyekt va tashqi muhit parametrlari
majmuini qayd etishdan iborat. U yana keladigan ma’lumotlarni dastlab qayta
ishlash, jumladan, tasniflash, guruhlash va hokazo arifmetik hamda mantiqiy
operatsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |