45 Elektron jadvallar imkoniyatlari haqida malumot bering
Bu dastur ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va hokazolarni) qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingizni natijasini bezash, ko’rgazmaliroq ko’rsatish va chop etish imkoniyatini beradi. Bunda Win Word dasturidagi tahrirlash vositalaridan foydalanish mumkin. Excelning ommaviy imkoniyatlarini o’zlashtirish qiyin emas ammo, dasturning murakkabligi va imkoniyatlarning juda kengligi sababli, ular bilan tanishish uzoq vaqt davom etishi mumkin, binobarin aynan ish jarayonida uning yangi – yangi imkoniyatlarini ko’chirish mumkin.
46 MS Excel dasturi interfeysi va uning asosiy tushunchalari.MS Excel dasturi interfeysi va uning asosiy tushunchalari. Microsoft Excel hozirgi kunda o’z sinfidagi eng quvvatli dastur hisoblanadi. Bu dastur ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va hokazolarni) qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingiz natijasini bezash, ko’rgazmaliroq ko’rsatish va chop etish imkoniyatini beradi. Bunda Word dasturidagi taxrirlash vositalardan foydalanish mumkin.Excel dasturi ishga tushirilganda, u shartli — книга 1 (kitob 1) nomi bilan yangi hujjat hosil qilishni taklif etadi. Tavsiya etilgan kitobda 1 ta varaq (2013 va undan yuqori versiyalarida oldingi versiyalarida 3 ta varoq mos ravishda лист1, лист2, лист3) bo’lib, zaruratga qarab yangi varoqlar qo’shish mumkin bo’ladi. Elektron jadvallar — ustun va satrlarning birlashmasidan iborat jadval bo’lib, satr va ustun kesishmasi katakcha yoki yacheyka deb ataladi. Varaqlardagi ustunlar lotin alifbosi harflari bilan tartiblanadi, ya’ni A, B, ... , Z, AA, AB, ... . Satrlar 1 dan to 1048576 (2013, 2016, 2019 versiyalarida) gacha bo’lgan natural sonlar yordamida tartiblanadi va har bir katak ustunlar va satrlar birlashmasi sifatida A1, F241, ABC15, … kabi adreslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |