58chop etish qurilmalari
Chiqarish qurilmalari kompyuterda qayta ishlangan ma’lumotni odam uchun tushinarli bo’lgan shaklga keltiradi. Chiqarish qurilmalariga printerlar, plotterlar ekranlar va audio ma’lumotni chiqaruvchi qurilmalar kiradi. Eng muhim chiqarish qurilmalari printer va monitordir. Bu singari chiqarish qurilmalarining yuzlab va minglab turlari mavjud.
PRINTERLAR
Bosuvchi qurilmalar (printerlar) - bu qiymatlarni EHM dan chiqarish qurilmasi bo’lib, u ma’lumotning ASCII kodlarini ularga mos kelgan grafikli belgilarga (harflar, raqamlar, ishoralarga va sh.u.) o’zgartiradi va bu belgilarni qog’ozda qayd etadi.
Printer (ing . printer) — kompyuterda matn yoki grafik (rasm, sxema) tarzidagi maʼlumotlarni qogʻozga chiqarish (chop qilish) uchun moʻljallangan bosish qurilmasi. Maʼlumotlar qogʻozga (baʼzan, plyonkaga) oq-qora yoki rangli tarzda chop qilinishi mumkin. Shu jihatdan P.lar bir-biridan farq qiladi. Ularning koʻp turlari mavjud, lekin matritsali, purkagichli va la-zerli turlari keng tarkalgan. Matritsali P.larda bosiladigan maʼlumotlar nuqtalar majmui (kombinatsiyasi)dan hosil boʻladi. Shu tufayli, ularning bosish sifati purkagichli va la-zerli P.larnikiga nisbatan pastroq boʻladi. Purkagichli P.larda maʼlumotlar maxsus "siyoxdonlar" yordamida, yaʼni boʻyoq (siyoh) tomchilarini purkash yoʻli bilan qogʻozga bosiladi. Lazerli P.lar maxsus lazerli qurilma yorda-mida oq-qora yoki rangli qilib bosish imkoniga e ga. Bunday P.da bosilayotgan nusxalar sifatli boʻlib chiqadi. [1]
Do'stlaringiz bilan baham: |