57 Malumotlarni qayta ishlash Konstruktor – dastur ustasidan foydalanish
Bu qurilmalar sistema bloki ichida ham joylashgan bo’lishi mumkin. Bunda bu uning ichki qurilmalari deyiladi. Ammo ko’pincha ular alohida qurilma shaklida bo’lib kompyuterga ulanadi. Shuning uchun ularga nisbatan ba’zan tashqi (periferik) qurilmalar,tushinchasiham,ishlatiladi.1) Kiritish qurilmalarining asosiy vazifasi ma’lumotni qabul qilish va qayta ishlash uchun qulay ko’rinishga keltirishdan iborat. Boshqacha qilib aytganda, kiritish qurilmalari ma’lumotni kompyuter protsessorida qayta ishlash uchun qulay ko’rinishda uzatadi. Bunday qurilmalarga klavytura, sichqoncha, skanerni misol qilib keltirish mumkin.
2) Kompyuterning boshqaruv markazi qayta ishlash va asosiy hotira qurilmalaridan iborat bo’lib, ular sistema bloki ichida joylashgan. Bu qurilmalar sistema bloki bilan birgalikda ma’lumotni qayta ishlash qurilmalarini tashkil etadi: markaziy protsessor,operativ,hotira.3) Chiqarish qurilmalarining asosiy vazifasi foydalanuvchini kompyuter orqali qayta ishlagan axborotni ko’rish va ishlatishga qulay shaklda hosil qiluvchi vositalardan ta’minlashdan iborat. Masalan tartibsiz, turli manbalardan olingan va kompyuterga va kompyuterga kiritilgan ma’lumot qayta ishlanib tartibli jadval, matn diagramma shaklida qog’ozga chiqaradi. Printer, plotter, monitor, sambufer.
Do'stlaringiz bilan baham: |