Natural sonlar va raqamlar: Raqamlar


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana23.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1386987
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1. natural sonlar va raqamlar



Natural sonlar va raqamlar: 
Raqamlar
 
Natural sonlar qatori 
Juft va toq sonlar 
Ko’p xonali sonlar 
Xona birliklari 
Arifmetik amallar 
Assalomu alaykum hurmatli o'quvcchilar. Bugundan boshlab prezident maktabiga 
imtihon topshiruvchilar uchun imtihonda tushadigan savollarning mavzularini batafsil 
o`rganib chiqishga harakat qilamiz. Darsimiz mobaynida barcha mavzularni iloji boricha 
batafsil va sodda tilda tushuntirishga harakat qilamiz. 
Hozir esa shu mavzularning birinchisi hisoblanmish raqam va son mavzusini boshlaymiz. 
Sizlardan shuni iltimos qilamizki, barcha darslar imtihon topshiruvchilar uchun muhim 
darslar hisoblanadi va ular mantiqiy ketma-ketlik asosida tuzilgan bo`lib, keyingi darsni 
tushunish uchun avvalgi darsni yaxshi tushungan bo`lish kerak. Shuning uchun, barcha 
darslarimizni diqqat bilan o'rganishingizni iltimos qilamiz. 
Raqam va son matematikada alohida alohida tushunchalardir. Ammo ko’pchilik bu 
ikkisini bir xil tushunchalar deb o’ylashadi. 
Matematikada son kengroq tushuncha hisoblanadi. Raqam deb sonlarni tuzish uchun 
ishlatiladigan narsalarga aytiladi. Deylik 152 soni bo’lsin. Bu son 1, 5 va 2 raqamlaridan 
tuzilgan. 
Ko’pchilik adashadigan narsalardan yana biri shuki matematikada nechta raqam bor. Shu 
savol berilganda ko’chilik 9 ta deb javob berishadi. Ya’ni ular 1 dan 9 gacha bo’lgan 
raqamlarni nazarda tutishadi. Ammo matematikada raqamlar soni 10 ta. Ya’ni 1 dan 
9 gacha emas, balki 0 dan 9 gacha. Demak matematikada raqamlar soni 10 ta ekan. 
Endi matematikada nechta son bor degan savolga to’xtalamiz. Buning javobi shuki, 
matematikada sonlar cheksiz. Chunki biz raqamlarning istalgan kombinatsiyasi va 
raqamlar sonini oshirish orqali xohlagan sonimizni tuzishimiz mumkin. Matematikada 
oxirgi sonni topdim deb hech kim ayta olmaydi. Chunki o’sha odam topgan songa 1 ni 
qo’shsa yana bitta yangi son hosil bo’ladi. 
Endi natural sonlarga to’xtaladigan bo’lsak, natural sonlar deb sanash uchun 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling