2. Mashqlarni bajaring.
1) Eng katta ikki xonali son bilan eng kichik uch xonali sonlarniqo`shing.
2) Eng katta uch xonali son bilan eng kichik ikki xonali sonlarni qo`shing.
3) Eng katta uch xonali son bilan eng kichik ikki xonali sonlarni ko`paytiring.
4) Eng katta ikki xonali son bilan eng kichik uch xonali sonlarni ko`paytiring.
3. Savollarga javob toping.
1) Juft raqamlar qaysilar?
2) Toq raqamlar qaysilar?
3) Ikki xonali sonlar nechta?
4) Uch xonali sonlar nechta?
5) 5 raqami bilan tugaydigan ikki xonali sonlar nechta?
6) 0 raqami bilan tugaydigan ikki xonali sonlar nechta?
4. Quyidagi sonlar ketma-ketligida nechta son bor?
1) 20, 21, 22, … , 29, 30
2) 40, 41, 42, … , 69, 70
3) 51, 52, 53, … , 100, 101
4) 113, 114, 115, … , 155, 156
5. Mashqlarni bajaring.
1) 2 raqami qatnashgan ikki xonali sonlarni yozing va ular nechta?
2)4 raqami qatnashgan ikki xonali sonlarni yozing va ular nechta?
3) 3 raqami bilan boshlanuvchi uch xonali sonlar qaysilar va ular nechta?
4) 9 raqami bilan boshlanuvchi uch xonali sonlar qaysilar va ular nechta?
5) Nechta uch xonali sonlarda 5 raqami ikki marta ishtirok etadi?
6) Nechta uch xonali sonlarda 0 raqami ikki marta ishtirok etadi?
7) Raqamlari bir xil bo`lgan ikki xonali sonlarni yozing va ular nechta ekanligini
aniqlang.
8) Raqamlari bir xil bo`lgan uch xonali sonlarni yozing va ular nechta ekanligini
aniqlang.
6. Quyida berilgan raqamlardan foydalanib ularni takrorlamasdan nechta ikki
xonali sonlar tuzish mumkin?
1) 1 va 0
2) 5 va 7
3) 8 va 3
4) 1, 2 va 4
5) 4, 5 va 9
6) 3, 0 va 8
7. Quyida berilgan raqamlardan foydalanib nechta ikki xonali sonlar tuzish
Do'stlaringiz bilan baham: |