1-savol:
Telefon tugmachalaridagi barcha raqamlarning ko’paytmasini toping?
A) 362 880
B) 40320
C) 5040
D) 0
Javob: Ko’pchilik kishilar bu savolga A javobni to’g’ri deb aytishadi ya`ni 362880.
Chunki ular 1
∙2∙3∙4∙5∙6∙7∙8∙9 ning qiymatini hisoblashadi. Ammo bu yerda to’g’ri javob
D. Chunki tugmachalarning eng pastida 0 raqami ham bor.
Ko’paytmada nechta ko’paytuvchi qatnashishidan qat’iy nazar, ko’paytuvchilardan hech
bo’lmaganda bittasi 0 ga teng bo’lsa ko’paytma ham nolga teng bo’ladi
Shuningdek
matematikada juft va toq sonlar degan tushunchalar mavjud.
Juft son deb 2 ga bo’linadigan yoki boshqacha qilib aytganda 0, 2, 4, 6 va 8 raqamlari
bilan tugaydigan sonlarga aytiladi. Juft sonlarga misol qilib 24, 236 yoki 8448ni
aytishimiz mumkin. Shuni unutmasligimiz kerakki sonning oxirgi raqami 0, 2, 4, 6 va 8
bo’lsa kifoya. Bu son juft bo’ladi. Yana shuni unutmangki 0 soni ham juft son
hisoblanadi.
Toq son deb 2 ga bo’linmaydigan yoki oxirgi raqami 1, 3, 5, 7 va 9 raqamlari bilan
tugaydigan sonlarga aytiladi. Bunga misol qilib 579, 345 yoki 1367 ni aytishimiz
mumkin.
2-savol:
1 dan 175 gacha sonlar orasida nechta juft son bor?
A) 80 ta
B) 87 ta
C) 86 ta
D) 90 ta
Yechim: 1 dan biror songacha bo’lgan sonlar orasida nechta juft son borligini aniqlash
uchun o’sha sonni ikkiga bo’lamiz va bo’linmada chiqqan son to’g’ri javob bo’ladi.
Demak bizning misolimizda bu son 175.
175:2 = 87 (1 qoldiq). Yuqorida aytganimizdek bizga faqat bo’linmada chiqqan son
kerak. Qoldiqning ahamiyati yo’q. 87 ta juft son bo'lsa, demak 175-87=88 ta toq son bor
ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: