71 EHM turlari va ularning imkoniyatlari
Hozirgi paytda EHM ning avlodlari, turlari va asosiy oilalari EHMlar oila-gruppasi shaklida loyihalashtiriladi va ishlab chiqiladi. Ular turli unumdorlikka ega modellarni o`z ichiga olib, yagona printsipdagi buyruqlar sistemasi, tashqi qurilmalar to`plami, umumiyligi bilan birlashtirilgan. EHM oila gruppalarining yaratilishi EHMning turli modellarini ishlab chiqarishga qaraganda talaygina material va mehnat resurslarini tejaydi. Chunki: - dastlabki eng ko`p mehnatni talab qiladigan ish loyihalashtirilish va ishlab chiqish shu oila-gruppaning hamma modellari uchun umumiy bo`ladi;
- bir printsipdagi element bazasidan va bir xildagi texnologik va konstruktorlik usullaridan foydalaniladi; - yagona umumiy operatsion sistemalari ishlab chiqiladi; - shu oila gurux modellarini ekspluatatsiya qilish uchun injener-texnik
xodimlar va programmalashtirish sistemalariishini ta’minlovchi programmistlarni
umumiy tarzda tayyorlash amalga oshiriladi.
Bir oila-guruxga kiruvchi barcha EHM modellarining informatsion va programmalash jihatidan bir-biriga mos kelishi, yagona pogramma bilan ta’minlanishi, yagona konstruktsiya va texnologik bazaga ega bo`lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |