1, Axborot va uning xususiyatlari haqida malumot ehm turlari va ularning imkoniyatlari


Ta’sir qilish usullariga ko’ra viruslar qanday turlarga bo’linadi


Download 169.74 Kb.
bet18/112
Sana08.01.2022
Hajmi169.74 Kb.
#245260
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   112
Bog'liq
Axborot texnologiya savollarga javoblar(1)

19Ta’sir qilish usullariga ko’ra viruslar qanday turlarga bo’linadi

Ta’sir qilish usullariga ko’ra viruslar qanday turlarga bo’linadi.Hozirgi paytda mavjud bo’lgan virus-dasturlarni ta`sir qilish usullariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: 1) Oddiy faylli viruslar – fayllar bilan birga kompyuter xotirasiga kelib tushuvchi va shu fayl ishga tushirilgandagina o’z faoliyatini boshlovchi viruslar; 2) Rezident faylli viruslar – chaqirilgan fayl bilan birga kompyuterning tezkor xotirasiga kelib tushuvchi va kompyuterning ishlashi mobaynida shu xotirada qolib, so’ngra esa, tezkor xotiraga chaqirilgan barcha fayllarni zararlovchi viruslar; 3) Ko’rinmas viruslar – rezident viruslarga o’xshaydi, lekin ular o’zlarining borligini sezdirmaslikka harakat qiladi ya`ni o’zlarining borligini turli usullar bilan niqoblovchi viruslar; 4) “Troya oti” – o’zini oddiy dasturlardek tutuvchi, buzg`unchilik faoliyatini esa faqat ma`lum amal bajarilgandagina (masalan, nusxa olish amali, faylni bosmaga chiqarish amali va h.k.) boshlovchi viruslar; 5) Mantiqiy “bomba” – maxsus o’rnatilgan sanada yoki belgilangan shart bajarilmaganda (masalan, virus-dastur muallifining maoshi oshirilmaganda) ishga tushuvchi viruslar; 6)“Chuvalchang” (“Chervi”) – boshqa dasturiy vositalarni zararlamovchi, faqat o’zi o’zidan nusxa olib ko’payuvchi viruslardir. Bunday viruslarning ta`siri natijasida kompyuter xotirasi begona fayllar bilan (virus-dasturlarning nusxalari bilan) to’lib qolib, uning samaradorligi keskin pasayadi.


Download 169.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling