Mavzu: Asosiy vositalarni baholash va ularning qiymat ko`rsatkichlari Kirish
Download 1.65 Mb.
|
Hasanov Ro`zimurod
- Bu sahifa navigatsiya:
- E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT.
Mavzu:Asosiy vositalarni baholash va ularning qiymat ko`rsatkichlari Kirish
Asosiy vositalarni sotib olish, qurish, ishlab chiqarish yoki holatini yaxshilash bilan bog’liq to’g’ridan-to’g’ri xarajatlarni, jumladan, undan maqsadli foydalanish uchun zarur bo’lgan o’rnatish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni o’z ichiga oladi.Asosiy vositalarni sotib olish, qurish, ishlab chiqarish yoki holatini yaxshilash bilan bog’liq to’g’ridan-to’g’ri xarajatlarni, jumladan, undan maqsadli foydalanish uchun zarur bo’lgan o’rnatish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni o’z ichiga oladi.Boshlang’ich qiymat — bu asosiy vositalarni yaratish (qurish va qayta qurish) yoki sotib olish bo’yicha xaqiqiy amalga oshirilgan xarajatlar qiymati bo’lib, jumladan to’langan va qayta qoplanmaydigan soliqlar va yig’imlar, shuningdek, tashib keltirish va montaj qilish, o’rnatish va foydalanishga topshirish bo’yicha xarajatlar va aktivni tayyorlanishi bo’yicha foydalanish uchun ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlarni o’z ichiga oladi.
Qoldik qiymat - asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati yoki joriy qiymatidan to’plangan eskirish summasini ayirmasidan keyingi hisobotda aks ettiriladigan qiymatdir.
Qayta tiklash qiymati - bu asosiy vositalarni hozirgi vaqt sharoitida takror ishlab chiqarish qiymatidir. Asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati inflyatsiya darajasini hisobga olgan holda ma’lum davrda qayta baholanadi. Qayta baholash O’zbekiston Respublikasida hukumat qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Qayta baholash natijasidan keyingi asosiy vositalar qiymati qayta tiklash qiymati deb ataladi. Bunday qayta baholashlar bizni mamlakatimizda 1925, 1945, 1960, 1972, 1992, 1995, 1997 va 2001, 2003 yillarda o’tkazilgan.
Тugatish qiymati - bu asosiy vositalarning foydali xizmat qilish muddati oxirida asosiy vositalarni tugatishda paydo bo’ladigan qiymatdan taxmin qi-linayotgan chiqib ketish xarajatlarlarini ayirgandan keyin qolishi kutilayotgan qiymatdir.
Joriy qiymat - bu ma’lum sanada amal qilayotgan bozor baholari bo’yicha asosiy vositalarning qiymati yoki o’zaro manfaatdor tomonlar o’rtasida aktivlar-ni almashtirish mumkin bo’lgan summadir. Asosiy vositalar ishlatilishi jarayonida eskiradi va buning oqibatida esa uning boshlang’ich qiymati kamayib boradi. Asosiy vositalarni o’z texnik-iqtisodiy sifatlarini sekin-asta yo’qotib borishini pul ko’rinishida ifodalanishi ularni eskirishi deb aytiladi.
E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling