. Shakliga ko’ra: Matn, tasvir, animatsiya, audio va video axborotlarga bo’linadi. Insonga ta’sir etishiga ko’ra: Uzlukli va uzluksiz axborotlarga bo’linadi. Insonga uzluksiz ta’sir etib turuvchi axborotlar analog axborotlar deb ataladi. Ob-havo holati yoki vaqt uzluksiz axborotga misol bo’ladi. Axborotlarning uzlukli ko‘rinishi diskret axborotlar deb ataladi. Diskret axborotlardan eng ko‘p tarqalgani raqamli axborotlardir, ya’ni uzluksiz axborotning raqamlar orqali ifodalangan ko‘rinishidir. . Ikkilik sanoq tizimida axborotning eng kichik birligi bit hisoblanadi, bir bit bu bitta “1” yoki bitta “0”. Bunda signalning mavjudligi “1” bilan yoki yo’qligi “0” bilan ifodalanadi. Bitlarning butun deb qaraladigan tutash ketma-ketligi bayt deb ataladi. 1 bayt 8 bitga teng deb qabul qilingan. Shuningdek katta hajmdagi ma’lumotlar sig’imini o’lchash uchun kilobayt (kb), megabayt (mb), gigabayt (gb), terrabayt (tb), petabayt (pb) va x.k.o’lchamlar mavjud: 1 Kb =1024 bayt, 1 Mb=1024 Kbayt, 1 Gb =1024 Mbayt, 1 Tb =1024 Gbayt. 1 Pb =1024 Tbayt
Do'stlaringiz bilan baham: |