1. Axborotga odamlarning ehtiyoji
Download 47.32 Kb.
|
axborotning inson hayotiga ta\'siri
rad etish, ya`ni noma`qul ma`lumotni ochiq rad etish, qo`shilmaslik;
proektsiya - o`zidagi hissiyot va kechinmalarni tashqi ob`ektlarga ko`chirish orqali paydo bo`lgan xolatning sabablarini tashqaridan qidirishga moyillik; identifikatsiya - o`zini axborot egasiga o`xshatish, uning o`rniga o`zini qo`yish orqali qadriyatlarni rad etish yoki tanqidsiz o`zlashtirish; regressiya - ilgari hayotida, masalan, yoshligida bo`lib o`tgan qaysidir voqelarga qaytish, ularning yaxshi va ma`qullarini yana xotirada tiklash va xulqda qaytarish orqali o`zida psixologik himoya yoki oqlovni tashkil etish; yolg`izlanish-jamiyatdan o`zini olib qochish, o`zidagi o`zgarishlarni boshqalarga bildirmaslikka intilish, ayrim talabalar o`qishga bormay qo`yadilar; ratsionalizatsiya - mulohaza va fikr yuritish orqali o`zida himoya instinktlarini paydo etish; konversiya- muloqotdagi qandaydir to`siqlar yoki bar`erlarni olib tashlash uchun kutilmagan usullarni qo`llash, masalan, xavotirli informatsiyani yumoristik bilan almashtirish yo`li. Targ`ibotning eng samarali yo`llaridan biri xalq ichiga faol kirib borish, ya`ni mahallalarda aholi bilan yuzma-yuz bevosita suhbatlar olib borish zarur. Davra suhbatlariga taniqli el-yurt ishonchini oqlagan olimlar, mehnat fahriylarini taklif etib, insonlarda Vatanga bo`lgan mehr-muhabbatni yanada kuchaytirish mumkin. Targ`ibotni samarali kechadigan jarayoni ta`lim tarbiyani oila insituti orqali olib borish ham o`z natijasini beradi. Inson dastlabki hayot haqidagi tasavvurlarini o`z oilasidan oladi. Mashhur rus yozuvchisi L.Tolstoy «Hamma tasavvurlarim 5 yoshgacha olgan taassurotlarim yig`indisidan iboratdir» degani bejiz emas. CHunki insoniyat ilk bora atrof-muhit haqidagi ma`lumotlarni jamiyatning asosiy o`zagi bo`lmish oiladan oladi. Oilada yaxshi tarbiya topgan bola maktabda, mahallada, jamoat joylarida ham nojo`ya harakat qilmaydi. Pedagog A.S.Makarenko ota-onalarga qarata shunday degan edi «Sizning xulq-atvoringiz hal qiluvchi omildir. Siz bolani faqat u bilan gaplashayotganda unga biror narsani o`rgatayotganda yoki buyruq berayotganda o`rgataman deb o`ylamang. Siz uni hayotingizni har bir soniyasida, hatto, o`zingiz uyda yo`q chog`ingizda ham tarbiyalaysiz. Sizning qanday kiyinishingiz, boshqa kishilar bilan qanday gaplashishingiz, qanday quvonishingiz va tashvishlanishingiz, do`stlarga va dushmanlarga qanday muomala qilishingiz, qanday kulishingiz, qanday gazeta o`qishingiz bola uchun katta ahamiyatga ega. Tovushingizdagi ozgina o`zgarishni ham bola sezadi yoki his etadi, fikringizdagi barcha burilishlar ko`rinmas yo`llar orqali unga etib boradi». Demak, farzandlarga oilada ta`lim tarbiya berilayotganda ota-onalarning o`zlari ular uchun namuna, ibrat bo`lishlari kerak. Shuning uchun milliy g`oyani insonlar qalbiga va ongiga singdirishni eng avvalo oiladan boshlash kerak. Urf-odatlar, milliy qadriyatlarimiz orqali ham xalqimizga milliy g`oyani targ`ib etish mumkin. O`zbek oilalarining o`ziga xos milliy qadriyatlari mavjudki, bu odatlar er kurrasining hamma erida ham topilavermaydi. Masalan, oddiy ovqatlanish madaniyatini olaylik. Hamma oila a`zolari jam bo`lgandan so`ng dasturxonga taom tortiladi, so`ng taomga birinchi bo`lib oilaning kattasi buva, buvi, ota ketma-ketligida taomga qo`l uzatiladi. Oddiy kundalik davom etadigan bu jarayonda ham kattalarni hurmat qilishga, sabr-qanoatli bo`lishga undaladi. Badiiy adabiyot orqali xalqimizga sabr-qanoat, hallollik, vatanparvarlik, sadoqat kabi fazilatlarni qalblarga singdirish mumkin. «Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o`tin yorishga sarflamaslik kerak» (Abdulla qahhor). Mamlakatimiz olim va yozuvchi, shoirlarining asarlarida milliy mentelitetimizga mos g`oyalarga asoslanib, g`oya esa asarga mos va mutanosib tarzda yaratilishi kerak. Yozuvchi A.Qahhor «Biror bir asar o`quvchida qanday ta`sir qoldirsa, uni qaysi yo`lga boshlasa, g`oyasi o`shanda» degan fikrni bildirgan. Darhaqiqat, hozirgi kunda yoshlarni turli yot g`oyalarga berilib ketmasliklari uchun ularni ezgu g`oyalariga undash kerak va bu g`oyalar ularning maslagiga aylanishiga erishmoq lozim. Shundagina insonlarni turli buzg`unchi g`oyalardan saqlay olamiz. Download 47.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling