1. Axborot,ma`lumotga nisbatan kuch,biznes va bilim sifatida qarash.?


Globallashuv jarayonida axborot madaniyatning ahamiyati


Download 423.84 Kb.
bet3/19
Sana18.06.2023
Hajmi423.84 Kb.
#1573345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
2.Media savodxo-WPS Office

8.Globallashuv jarayonida axborot madaniyatning ahamiyati.
Globallashuv (globalizatsiya) - lotincha “glob” so‘zidan olingan bo‘lib, aynan uni “dumaloqlashuv”, “kurralashuv” deb tarjima qilish mumkin. Yer sharining, Yer kurrasining fan-texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi xuddi bir butun sharga, kurraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi. “Global” tushunchasi lug‘aviy ma'nosi nuqtai nazaridan fransuz tilida “umumiy”, lotin tilida esa “globus”-Yer shari” ma'nolarini bildiradi. Demak, globalizm tushunchasi ana shu ikki ma'noda ham bevosita insoniyat hayoti va taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan katta muammolarni, “sayyoraviy”, “dunyoviy” muammolarni, global taraqqiyot istiqbollarini o‘ziga qamrab oladi.
Global axborotlashuv asri nomi bilan tarixga kirgan XXI asrni zamonaviy ommaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, radiotelevidenie, Intyernet tarmog`isiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, intyernetning imkoniyatlari keng va cheksiz bo`lib, u gazeta, radio va hatto televideniedan ko`ra ham kuchliroq ta`sirga ega. Axborot uzatish, almashinish va qabul qilish jarayonida tezkorlik, aniqliq, sifat va tasirchanlikni ta`minlash, axborotni global miqyosda keng yoyilish imkoniyatlarini ochib byerishi “butun jahon o`rgimchak to`ri”ning ahamiyatini, undan foydalanish ehtiyojini orttirmoqda. O`zbekistonga ham Intyernet shiddatli qadamlar bilan kirib kelmoqda va kundalik hayotimizda o`zining o`ringa ega bo`lmoqda. 2008 yilga kelib O`zbekistonda Intyernet foydalanuvchilari soni 2 mln 200 ming kishidan oshib ketdi. Fan-texnikaning yutuqlari insoniyat foydasiga, ezgu maqsadlarga xizmat qilishi ijobiy holat. Lekin, virtual olamdan ayrim kuchlarning g`arazli niyatlarini amalga oshirish uchun foydalanayotganligi ham haqiqatdir. Jamiyatni global axborotlashtirish – axborot resurslarini faol shakllantirish va ulardan keng miqyosda foydalanish global, umumbashariy jarayonidir. Jamiyatni axborotlashtirish jarayonida ishlab chiqarishning odatdagi texnologik usuli va turmush tarzi kibyernetika vositalari va usullaridan foydalanishga asoslanadigan yangicha, postindustrial shakl-shamoyil va mazmun-mohiyat kasb-etadi.

Axborot jamiyati – postindustrial jamiyat kontseptsiyasi; tsivilizatsiya rivojlanishining yangi tarixiy bosqichi bo`lib, unda axborot va bilim ishlab chiqarishning bosh mahsullari hisoblanadi. Axborot jamiyatining o`ziga xos xususiyatlari:


- jamiyat hayotida axborot va bilimlar rolining ortishi;


- yalpi ichki mahsulotda axborot kommunikatsiyalari, mahsullari va xizmatlari ulushining ko`payishi;


- quyidagilarni ta`minlovchi global axborot maydonining yaratilishi: a) odamlar samarali informatsion o`zaro aloqa qilishini; b) ular jahon axborot resurslaridan bahramand bo`lishini; v) ularning axborot mahsullari va xizmatlariga bo`lgan ehtiyojlari qondirilishini.





Download 423.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling