Bajardi: Mamasoliyeva O
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Publitsistik uslub va uning xususiyatlari 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Publitsistika (lot publika xalq,omma) davrning eng muhim dolzarb masalalarini tinglovchilarga gazeta
Guruh: I-108 Bajardi: Mamasoliyeva O. Qabul qildi: Mirzakarimova Z. TAQDIMOT ANGREN UNIVERSITETI Fan: O’zbek tilining sohada qo’llanilishi. Reja: 1. Publitsistik uslub va uning xususiyatlari 2. Publitsistik uslubning morfologik Belgilari 3. Publitsistik uslubning Sintaktik jihatlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Publitsistika (lot publika xalq,omma) davrning eng muhim dolzarb masalalarini tinglovchilarga gazeta- jurnal, radio, televideniye orqali sodir bo’layotgan voqealarni yetkazib berish uchun xizmat qiladi. Bu uslubning eng muhim xususiyati- nutqning jamiyatga qaratilganligi . Ommaviy axborot vositalarida (gazeta-jurnal, radio, televideniye), Oliy Majlis yig’inlarida, turli xil anjumanlarda qo’llaniladigan nutq uslubi publitsistik uslub sanaladi. Yozma Bosh maqolalar, Chaqiriqlar, Deklaratsiya, Felyeton Og’zaki Radio televideniyeda chiqayotgan siyosiy sharhlovchilar, notiqlarning nutqlari Gazeta tili”, “Gazeta janrlari uslubiyati” maxsus kurslari dasturi hamda “Jurnalistik ijod nazariyasi va amaliyoti (janrlar)” kursi dasturida gazeta janrlari va ularning tasnifi keltirilgan. Ularda o`zbek tilshunosligida “gazeta janrlari”ning belgilab berilganligini, janrlar tasnifidagi ba’zi turli xilliklarga qaramasdan, bu sohaga bir muncha aniqliklar kiritilganligini alohida ta’kidlash lozim .Qurbonov tadqiqotlarida publisistik uslub janrlari ajratib ko`rsatilgan26. U publisistik uslubning quyidagi janrlarini qayd etgan: xabar, reportaj, korrespon- densiya, maqola, siyosiy maqola, siyosiy, iqtisodiy va ilmiy xarakterdagi maqola, ocherk, felyeton, pamflet, lavha, partiya va hukumatning direktiva va qarorlari, axborot, turli sharhlar, taqriz, ijtimoiy-siyosiy esse, ochiq xat, xalqaro xabar, chaqiriq27. S.Muhamedov gazeta publisistikasi tarmog`i – gazeta publisistikasi janri sifatida quyidagilarni ko`rsatgan: reportaj, hisobot, intervyu, korrespondensiya, maqola, sharh, obzor, taqriz, matbuot obzori, ocherk, felyeton, pamflet, lavha28. O`zbek badiiy publisistikasining xususiyatlari to`g`risida qator tadqiqotlar yaratgan O.Tog`ayev xat, ocherk, felyetonni badiiy publisistika janrlari sifatida baholagan edi. U o`z tasnifida badiiy publisistik janrlar (xat, ocherk, felyeton) bilan birga ijtimoiy-analitik yoki informatsion-analitik (korres-pondensiya, maqola, reportaj) publisistika janrlarini ajratib ko`rsatadi. Olimning janrlarni alohida belgilariga qarab guruhlarga bo`lishi, ayniqsa, e’tiborga molikdir Publisistik uslubga amal qilinadigan manbalar orasida, ayniqsa, matbuot, ya’ni gazeta va jurnallarning alohida o`rni bor. O`zbek tilshunosligida gazeta tilini tadqiq etish bo`yicha qator tadqiqotlar yaratilgan. A.Abdusaidovning «Jurnalist-ning tildan foydalanish mahorati» nomli monografiyasida gazeta tilini o`rganishga doir adabiyotlar obzori keltirilgan17. Unda ko`rsatilishicha, o`zbek tilshunosligida gazeta leksikasi, vaqtli matbuotda baynalmilal so`z va terminlar qo`llash, «Mushtum» jurnali leksikasi va frazeologiyasining semantik-stilistik xususiyatlari, gazeta nutqi, gazeta sarlavhalari, gazeta materiallari asosida leksik dubletlar, leksik va sintaktik variantlar, gazeta tili statistikasi, gazeta tilining publisistik uslubdagi o`rni, janrlari, gazeta tili gram-matikasi, «Turkiston viloyatining gazeti»ning ayrim sintaktik xususiyatlari, XX asrning birinchi yarmi vaqtli matbuoti materiallaridan olingan boy faktlar asosida qadimgi turkiy so`zlar, o`zlashgan leksik qatlam, polisemiya, kalka masalasi, gazeta tili va adabiy me’yor masalalari o`rganilgan muhim tadqiqotlar mavjud. A.Boboyeva “gazeta janrlari” mavjudligini tan olgan holda, axborot janrini ajratib ko`rsatadi. Shuningdek, olimaning felyeton va ocherkka nisbatan ishlatgan terminlari ham (“ijtimoiy-publisistik”, “badiiy- publisistik”) diqqatni tortadi31. Keyingi paytlarda o`zbek tilshunosligida “gazeta tili”, “gazeta uslubi”, “gazeta janrlari” tushunchalari tobora mustahkam o`rin egallamoqda. I.Toshaliyev “gazeta janrlarining tasniflanishi va guruhlanishi”ni quyidagicha belgilaydi: “Axborot(informasion) janrlari. Tahliliy (analitik) janrlar. Tasviriy (badiiy-publisistik) janrlar”. U xabar, hisobot, suhbat, reportaj, lavha (axborot (informat-sion) janrlar), korrespondensiya, maqola, publisistika, xat, xalqaro obzor, matbuot obzori, taqriz (tahliliy (analitik) janrlar), ocherk, felyeton, pamflet (badiiy-publisistik janrlar) kabilarni o`z tasnifida qayd etgan G`.G`afurov “publisistik janrlari” va “jurnalistik janrlar” terminlarining ma’nodosh ekanligini qayd etib, janrlarni quyidagicha tasnif qiladi: “1) Axborot janrlari: xabar, suhbat, intervyu, hisobot, reportaj. 2) Axborot- tahliliy janrlar: korrespondensiya, maqola, taqriz, sharh, kuzatish, xat, matbuot sharhi. 3) Badiiy-publisistik janrlar: ocherk, felyeton, satirik janrlar, esse, lavha Voqelik faktlarini mantiqiy va obrazli umumlashtirib ifodalovchi maqola va boshqa yirik asarlargina emas, balki matbuot janrlarining hammasi ham P.ga kiradi. P. Mavzu xususiyatlari jihatidan falsafiy-siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy, adabiy, tanqidiy; uslub jihatidan bahs- munozarali, tashviqot-targʻibot, tanqidiy-tahliliy, hajviy koʻrinishlarga ega. P. Janr jihatidan voqeiy-informatsion (xabar, reportaj, hisobot), tahliliy (maqola), badiiy-publitsistik (ocherk, felyeton, pamflet, yozuvchi maqolasi) turlarga boʻlinadi. P. Hayot faktlarini chuqur taxlil va tadqiq etish, yaʼni ij-timoiypublitsistik tadqiqot orqali voqelikni kashf etadi. Shu jihatdan u ijtimoiy fanga yaqinlashadi. P. Il-miy-nazariy xususiyatlarga ega boʻlishi, u yoki bu fan masalalarini publitsistik maqola tarzida talqin va tashviq etishi mumkin. P.ning shakli, ichki tuzilishi mantiqiy tafakkur va obrazlilikning oʻzaro birikuvidan iborat. P. Janrida obraz oʻziga xos meʼyorda qoʻllanadi. Publitsist shaxsiyati shoir shaxsiyati singari oʻzining boy ichki dunyosi, nuqtai nazari bilan namoyon boʻladi. Oʻrta Osiyo xalklari tarixida P. Ancha qadimiydir. P. Xususiyatlari “Qobusnoma” (P-asr)da yaqqol koʻzga tashlanadi. Navoiyning “Majolis un-nafois”, “Munshaot”, “Mahbub ul-qulub” asarlarida P.ning tugal xususiyatlari uchraydi. 90-yillardan soʻng oʻzbek milliy jurnalistikasida ham oʻziga xos oʻzgarishlar kuzatildi. Anʼanaviy sharhlash jurnalistikasi oʻrniga yangiliklar jurnalistikasi paydo boʻldi. Natijada publitsistik janrlar axborot janrlariga koʻproq oʻrin bera boshladi. P. Keyingi yillarda yuqori bosqichga koʻtarildi. Ozod Sharofiddinov, Oʻtkir Hoshimov, Ibrohim Gʻafurov, Naim Karimov, Xurshid Doʻstmuhammad, Erkin Aʼzam, Sultonmurod Olim va boshqa oʻzlarining dolzarb publitsistik maqolalari bilan oʻzbek P.siga munosib hissa qoʻshib kelmoqdalar. P.ning yozma va ogʻzaki shakllaridan tashqari grafik-tasvir (plakat, karikatura va boshqalar), fotokinematografik (hujjatli kino), teatr-dramatik (agitbrigada va boshqalar) shakllari ham bor. Navoiyning Abdurahmon Jomiy, Pahlavon Muhammad, Sayid Hasan Ardasher va boshqa xaqidagi adabiy portretlarini publitsistik ocherklar, deb atash mumkin. Navoiy nasriy asarlarini chuqur tadqiq etish uni oʻzbek badiiy P.sining asoschisi, deb atashga imkon beradi. Publitsistik xususiyat oʻzbek mumtoz adabiyoti asarlari tarkibiga ham singib ketgan. Oʻzbekistonda ijtimoiy hayotga doir dastlabki publitsistik maqolalar “Turkiston viloyatining gazeti” sahifalarida chop etilgan. Biroq milliy uygʻonish (jadidchilik harakati)ning kuchayishi natijasida yuzaga kelgan milliy mat-buot oʻsha davrdagi jamiyatning kamchilik va illatlarini ochiqoshkora bayon etgan, hatto xalqaro hayotga oid muammolarni tezkor sharhlaganligi bilan ham qadrlidir. Ayniqsa, bunday maqolalar “Taraqqiy” gaz.dan boshlab keng koʻlamda koʻrina boshlaydi. I. Obidiy, M. Behbudiy, Fit-rat, Choʻlpon, U. Xoʻjayev, A. Avloniy, H. Muin, M. Abdurashidxonov, S. Aj-ziy va boshqa hurfikr jadid ziyolilari qalamiga mansub oʻlka va xalqaro may-dondagi ijtimoiy-siyosiy, fan va taʼlim, madaniyat va sanʼat, milliy siyosat va boshqa masalalarga bagʻishlangan publitsistik maqolalar “Shuhrat”, “Xurshid”, “Osiyo”, “Sadoi Turkiston”, “Sadoi Fargʻona”, “Najot”, “Turon”, “Hurriyat”, “Yurt” kabi gaz. Va jur. Sa-hifalarida chop etilgan. Xususan, Beh- budiyning oʻzi tomonidan nashr etilgan va bosh muharrirlik qilgan “Samarqand” gaz. Hamda “Oyna” jur.da chop qilingan maqolalari oʻsha davr jamo-atchiligi tomonidan zoʻr qiziqish bilan qarshilangan (“Sayohat xotiralari”, “Til masalasi”, “Bizni kemirguvchi illatlar”, “Ehtiyoji millat” va boshqalar). М.Аминов, А.Мадвалиев, Н.Маҳкамов, Н.Махмудов. Иш юритиш. Т. “Ўзбекистон миллий энциклопедияси”, 2000. N.Mahmudov, A.Rafiyev, I.Yo‘ldoshev. Davlat tilida ish yuritish. T., “Sharq” 2004. Ризаев С. Иш қоғозларининг айрим намуналари. Т., "Меҳнат" 1990. Т.З. Имамова, Л.А. Тухватуллина. Иш қоғозлари қандай ёзилади? Как писать деловые бумаги? Т., “Ўзбекистон Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling