Reportaj reportaj o’zi nima?


Download 1.57 Mb.
bet1/3
Sana03.12.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1806709
  1   2   3
Bog'liq
Reportaj

Reportaj

reportaj o’zi nima?

  • Reportaj (ing. report — yetkazmoq, xabar qilmoq) — jurnalistikaning informatsion janr turi. Bu janrda jurnalist (reportyor) bevosita oʻzi ishtirok etgan, shohidi boʻlgan, koʻrgan voqeahodisalar haqida zudlik bilan yorqin, atroflicha xabar beradi. Bunda, odatda, muallif voqealarni oʻz tilidan bayon etadi. R.da barcha informatsion janrlar (lavha, hisobot, suhbat va sh.k.) unsurlari qoʻshilib ketadi. Unda badiiy obrazlar, tarixiy dalillardan keng foydalaniladi.
  • Ommaviy axborotaloqa vositalari turiga (matbuot, radioeshittirish, telekoʻrsatuv) qarab materiallarni R. orqali yoritishning ayrim oʻziga xos xususiyatlari bor. Matbuotda (asosan, gaz.da) R. vokeaband va mavzuli (turli vaqtda boʻlgan voqealar bir mavzuga birlashtirilib bayon etiladi) boʻlishi mumkin. Bunday R.lar, odatda, voqealar boʻlib oʻtgan joylardan olingan fotosuratlar bilan bezatiladi. Matbuotda fotoreportajlar ham keng tarqalgan. Radio orkali beriladigan R.da voqealar obrazli, jonli soʻzlar bilan tavsiflanib, hamma vaqt xronologik izchillik saqlanadi. Telekoʻrsatuvlardagi R.da ekranda namoyish etilayotgan voqealar sharhlab beriladi.[1]

reportaj


Axboriy publitsistikaning asosiy janrlaridan biri reportajdir. Reportaj so'zi lotincha reportare - yetkazib berish degan ma'noni bildiradi. Reportaj - voqea, xodisalarni bevosita, jonli aks ettiruvchi, tezkor yoritib beruvchi axboriy janr. Uning oddiy xabardan farqi shuki, xabarda hayotdan olingan fakt, voqea, xodisalar umumiy, ya'ni qayd etish tarzida bayon etilsa reportajda fakt, voqea va xodisalar haqida bevosita, o'sha voqea, xodisa bo'lib o'tayotgan paytda, shu voqea va hodisalar yuz berayotgan joydan to'g'ridan-to'g'ri xabar beriladi, boshqacha qilib aytganda hayot voqealari qayd etilmaydi, balki xarakatda, jonli tasvirlanadi, hamda bu jarayonda jurnalist bevosita ishtirok etadi. Qisqacha qilib aytganda reportaj — jonli axborotdir. Axborotning bu ommabop janri bilan shug'ullanuvchi, ya'ni reportaj yozuvchi (olib boruvchi) kishilarni reportyor (yoki sharxlovchi) deyiladi.
  • Reportaj axborotning o'ziga xos, jonli ko'rinishi bo'lganligi boisidan unda axborot berish, xabardor qilish bilan bir vaqtda tasvirlash, taxlil qilish, xulosa chiqarish kabi xususiyatlar ham mavjud. Ya'ni, reportajda xabar, xisobot janrlarining ko'rinishlari ham o'z ifodasini topadi. Shu bilan bargalikda unda fakt, voqea va xodisalar haqida ularning ishtirokchilaridan so'rab-surishtirish, fikrlarini bilish ham talab etiladi. Bu esa reportajda suxbat (intervyu) janri xususiyatlari ham bo'lishini ko'rsatadi. Voqea, xodisalar haqida
  • bevosita, to'g'ridan-to'g'ri xabar berish, tasvirlash talabi esa mazkur janrda badiiy adabiyotning hikoya janriga xos bo'lgan tasviriy vositalar ham qo'llanilishini talab etadi. Bu esa o'z navbatida jurnalistika bilan adabiyotning bir-biriga yaqinligi, ikkalasi ham hayotni tasvir etishda so'zda foydalanishidan kelib chiqadi. Ammo jurnalistikaning boshqa janrlari kabi reportajning bosh xususiyati, unga qo'yiladigan asosiy talab uning publitsistikligidir. Jurnalist (reporter) reportajida avvalo jamiyatning shu kuni, ayni zamoni uchun ijtimoiy ahamiyatli fakt, voqea va xodisani tanlab oladi hamda unga shu kun, ayni zamon nuqtayi nazaridan yondoshadi, tasvirlaydi, taxlil qiladi va jamiyat uchun zarur, kerakli publitsistik xulosalar chiqaradi. Bu esa reportajda axboriy, xabardor qilish xususiyati bilan birlikda unda ma'lum darajada taxliliy tomonlari ham borligini kursatib turadi. Ya'ni, reportaj sharx bilan yaqin turganligi boisidan reportyorlarni sharxlovchilar ham deb yuritiladi.

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling