1 Reportaj nima? 2Reportaj termini haqida tushuncha bering


Download 25.84 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi25.84 Kb.
#184770
Bog'liq
Reportaj va intervyu.oraliq


1 Reportaj nima?

2Reportaj termini haqida tushuncha bering

3Reportaj elementlari haqida to`liq ma`lumot bering

1. Reportaj - voqea, hodisalarni bevosita, jonli aks ettiruvchi, tezkor
yoritib beruvchi axboriy janr. Uning oddiy xabardan farq. shuki, xabarda
hayotdan olingan fakt, voqea, hodisalar umumiy, ya`ni qayd etish tarzida
bayon etilsa reportajda fakt, voqea va hodisalar haqida bevosita, о sha
voqea, hodisa boiib oiayotgan paytda, shu voqea va hodisalar yuz
berayotgan joydan to‘ppadan-to‘g‘n xabar beriladi, boshqacha qilib
aytganda hayot voqealari qayd etilmaydi,balki harakatda, jonli
tasvirlanadi, hamda bu jarayonda jurnalist bevosita ishtirok etadi. Qisqacha
qilib aytganda reportaj — jonli axborotdir. Axborotning bu ommabop janri
bilan shug‘ullanuvchi, ya’ni reportaj yozuvchi (olib boruvchi) kishilarni
reportyor (yoki sharhlovchi) deyiladi.Reportajda axborotning hamma turlari uyg‘unlashadi. Jurnalist hodisa
va voqealar haqida unga m a’qul kelgan barcha imkoniyatlardao, jumladan, axborotning hisobot, suhbat, lavha va boshqa xillaridan keng
foydalanishi mumkin.
Reportajning xususiyati faktlarni sanashdan iborat bo‘lmay, voqeahodisa qanday sodir bo‘lgan bo‘lsa xuddi shu tartibda ko‘rsatib berishdan
iborat.

2.Reportaj «reportaje» degan so‘zdan olingan bo‘lib, «yetkazmoq,
ma’lumot bermoq», degan ma’noni bildiradi. Bu janr XIX asrning birinchi choragida paydo bo‘lgan. Davr o ‘tishi bilan reportaj mukamallashdi
va mustaqil janrga aylandi.
Reportaj turlari ko‘p. Telereportaj, radioreportaj, gazeta reportaji.
Bularda jonli muloqot b o ‘ladi. Ehtimol, shunday telereportaj haqida
gap ketsa uni tomoshabin bilan reallikni bog‘ovchi vosita deb aytishadi.

3.Reportaj quyidagi to`rt elementlardan tashkil topgan:

-kadr orti matni.U reportyor tmonidan studiyada yoziladi.

-videoqator.Operator tomonidan tasvirga olinib montaj qilingan tayyor video material.

-Sinxron yoki ovozli lavha ya`ni faragment.

-Shovqin-intershum ,voqea joyidagi tabiiy ovozlar.Bu kadr orti matni bilan parallel ravishda qo`yiladi.



Shuningdek TV reportaj yana quyidagi hususiyatlarga ham ega:
- hodisalarni m a ’lum ketma-ketlikda yoritish, ya’ni hodisa rivoji
m a’lum vaqt va m a’lum makonda amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan
tadrijiy bayon;
- sodir etilgan voqea, hodisa to‘g ‘risida qism, tafsilot, qahramonlar
gap-so‘zi va harakatini bayon etish orqali obrazli tasavvur yaratish;
- imkon qadar hujjatlilik.
- obrazli tahliliylik. Hodisa qanday sodir etilgani xususidagi savolga
javob berayotib, jurnalist tadqiqotchi sifatida ish ko‘radi;
- bayon etishning emotsional uslubi, bu matnga qo'shim cha
ishonchlilik bag‘ishlaydi;
- reportyorning shaxsiy faolligi, bu - auditoriyani guvoh sifatida hodisani ko‘rishgagina emas, balki mustaqil ravishda tasavvurlar hosil qilishga
ham undaydi.
Jurnalist o ‘zi ko‘rib turgan voqeani o ‘z idroki bilan qabul qilib uni
yozishi yoki so‘zlashi reportaj janrining talabidir.
Reportaj voqelikning o ‘zidir.
Download 25.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling