-
Til kishilar o`rtasidagi eng muhim aloqa vositasidir. U obyektiv borliqdagi ma`lum voqea-hodisa haqida axborot beruvchi asosiy vositadir. Bundan axborot berishning boshqa yo`llari ham borligi ma`lum bo`ladi. Masalan, yo`l harakatidan ma’lumot beruvchi vositalar va boshqalar. Bu jihatdan til ham axborot berish uchun xizmat qiladigan yuqoridagi vositalar sirasiga kiradi. Ularning hammasi uchun umumiy narsa, avvalo, o`zi haqida va shu bilan birga, borliqdagi boshqa ma`lum narsa-hodisalar haqida ma`lumot berishdir. Bunday vositalar belgilar deb nomlanadi.
Til nihoyatda murakkab va ko‘p tarmoqli hodisa bo‘lgani uchun u turli -
1. Vazifasi nuqtayi nazaridan til insonlarning o‘zaro fikr almashish, fikrni shakllantirish, ifodalash va vositasidir.
-
2. Tuzilishi, tashkil topishi nuqtayi nazaridan til muayyan birliklar, ularning jami, ularni mantiqiy jihatdan bir-biri bilan bog‘lash qoidalaridir.
-
3. Mavjudligi nuqtayi nazaridan til ijtimoiy hodisa, ijtimoiy mahsulotdir.
-
4. Informatsiya nazariyasi nuqtayi nazaridan tilni kod bilan tenglashtirish mumkin. Tildagi kodlashtirilgan belgilar muayyan axborot tashish, uzatish, yetkazish vazifasini bajaradi. Bunda kod – axborotni yozib olish usuli, matn – axborot, ma’lumot berish vositasi hisoblanadi, kanal – axborot uzatiluvchi muhit, sharoitni ifodalaydi.
-
5. Semiotika nuqtayi nazaridan til belgilar sistemasi, u moddiy boyliklar – tovushlardan tashkil topadi.
-
Semiotika va lingvosemiotika
-
Semiotika (yoki semiologiya) belgilar sistemasi haqidagi fan
-
bo‘lib, belgilar, ularning tabiati, mohiyati, ko‘rinishlari, amal qilishi kabilarni o‘rganadi. Semiotikaning tekshirish obyekti jamiyatda qo‘llanadigan belgilar tizimi bo‘lib, bunda 2 tipdagi belgilar farqlanadi: tabiiy va sun’iy belgilar.
-
Til sathi birliklari va ular orasidagi paradigmatik, sintagmatik va izomorflik munosabati.
-
Til birliklarini 2 guruhga ajratish mumkin:
-
- tilning asosiy birliklari – fonema va morfema;
-
- tilning konstruktiv birliklari – so‘z(leksema) va gap.
Do'stlaringiz bilan baham: |