1. Axborotni uzatish tizimining asosiy sifat ko’rsatkichlari nimalarga bo’liq?
Download 19.81 Kb.
|
kompiyuter arhetekutasi 11
Ma’lumotlarni uzatish protokoli - bu turli dasturlar oʻrtasida ma’lumotlar almashinuvini aniqlaydigan, mantiqiy darajadagi interfeysning muayyan qoidalari yoki kelishuvlari toʻplamidur. Ushbu qoidalar xabarlarni uzatish va xatolar bilan ishlashning yagona usulini belgilaydi.
Signal protokoli ulanishni boshqarish uchun ishlatiladi, masalan, aloqani sozlash, qayta manzillash, uzish. Protokolga misollar: RTSP, SIP. Ma’lumotlarni uzatish uchun RTP kabi protokollar qoʻllaniladi. Videokonferenciyalarni bir vaqtning o’zida har bir kompyuter bilan olib boriladigan aloqalar soni buo’yicha tasniflash qabul qilingan: • stolli (nuqta-nuqta bilan) videokonferenciyalar ikkita kompyuter orasidagi aloqani tashkil еtish uchun mo’ljallangan; • studiyali (nuqta-ko’p bilan) videokonferenciyalar videoma’lumotlarni bir nuqtadan ko’p joylarga uzatish uchun mo’ljallangan (auditoriya oldida chiqish); • guruhli (ko’p-ko’p bilan) videokonferenciya bir guruh foydalanuvchilarning boshqa guruh bilan muloqatini ko’zda tutadi. Stolli Videokonferenciyalarni o’tkazish, agarda monitor videooynasi kichik o’lchamlarini (ko’pgina videokonferenciya tizimlari videoni faqat chorak еkran shaklida QCIF (Quarter Common Intermedia Format) amalga oshiradi) va bu bilan bog’langan kartinani (manzarani) kuchsiz ajratish qobiliyatini hisobga olinmasa, amalda qiyinchilik keltirib chiqarmaydi. Lekin uchta ishtirokchidan iborat etarlicha harakatchan videokonferenciyani tashkil еtishda hozircha aloqa kanalining o’tkazish qobiliyatiga bog’liq qiyin hol qilinadigan muammolar paydo bo’lmoqda. Masalan, agar aloqa oddiy telefon liniyasi bo’yicha amalga oshirilayotgan bo’lsa, katta tayyorgarlik ishlari talab еtiladi, agar uzatish muxiti LXT (lokal hisoblash tarmog’i) bo’lsa, bunday videokonferenciyani o’tkazish tarmoqdagi qolgan hamma ishlarni tuxgatib qo’yishi mumkin. Muammolar aynan shu jarayonning dinamikasi bilan bog’liq, negaki bitta 256 rangli to’liq еkranli tasvirni yuborish uchun 1,5 Mbaytdan ortiqroq ma’lumotlarni uzatish kerak, bu еsa 10 gacha va undan ortiq sekund vaqtni talab еtadi. Download 19.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling