HILOLDOSНLAR OILASI- CYPERACEAE.
Morfologik ta'rifi. Bu oila 95 ta turkum 3500 turni o‘z ichiga oladi. Ular er sharinig hamma qismida keng tarqalgan, ko‘p yillik ba'zan, bir yillik o‘t o‘simliklardir. Poyasi ko‘pincha uch qirrali, bo‘g‘imsiz, ba'zan tsilindrsimon. Bargi tilchasiz, yopiq qinli, uch tomonga qarab o‘sgan bo‘lib, ko‘pincha poyasining ost tomonida joylashadi. Plastinkasi qattiq, ensiz lentasimon, chetlari g‘adur-budur. Gullari ikki yoki bir jinsli. Bir uyli ba'zan ikki uyli o‘simlik. To‘pguli boshchasimon, boshoqsimon, supurgisimon, soyabonsimon va boshqa xilda bo‘lishi mumkin. Gullari gulqo‘rg‘onsiz, ba'zan tukcha va qiltiqlari bo‘ladi. Changchilari asosan 3ta, ba'zan 6 tagacha bo‘lishi mumkin.Urug‘chisi bitta, 2-3 ta mevabargli.Tugunchasi ustki. Ba'zi turkumlarida tugunchasi tangachabarglar bilan o‘ralib xaltachalarga aylanadi. Mevasi uch qirrali yoki dumaloq yong‘oqcha.
Ahamiyati. Oila vakillarining ayrim turlari manzarali va yem – xashak o‘simligi sifatida foydalaniladi.
Gul formulasini tuzing.
* P6-10A3G(2-3)
Cyprus-Qiyoq, Cyperus- Salomalik, Carex- rang, Cladium- kladium, qilich o‘t, Bolboschoenus- Suv hilol.
Do'stlaringiz bilan baham: |