Ahamiyati. Bu oila o‘simliklari insonlar hayotida muhim ahamiyatga egaligi bilan boshqa oilalardan alohida ajralib turadi.
Chunki bu o‘simliklarning urug‘ini tarkibida 50-75% kraxmal, 20% oqsil, yog‘, mineral moddalar va vitaminlar bor.Bu oila vakillari nafaqat oziq-ovqat balki yem-xashak va manzarali o‘simliklar sifatida ham ma'lum.
1.Tariqdoshchalar (makkajo‘xori) ♂ P0A3G0, ♀ P0A0G(2)
2. Qo‘ng‘irboshdoshchalar (bug‘doy) P(2)+2A3G(2)
1.Tariqdoshchalar, Zea-makkajo‘xori, Sorghum-jo‘xori, Saccharum-Shakarqamish, Panicum-tariq, Setaria-qo‘noq, Oryza-Sholi, Avena-suli, Stipa-chalov, Alopecurus-mushukquyruq, Cynodon-ajriq, Dactylis-oqso‘xta, Erianthus- erkak qamich, savagich.
2.Qo‘ng‘irboshdoshchalar, Poa -qo‘ng‘irbosh, Festuca-betaga, Lolium-mastak, Bromus-yaltirbosh, Elytrigia-bug‘doyiq, Secale-javdar, Aegilops-qosmaldoq, Triticum-bug‘doy, Hordeum-Arpa.
Do'stlaringiz bilan baham: |