1. Б. ва бошқаларнинг харакатларига


-modda. Ma’muriy nazorat chog‘ida belgilanadigan ma’muriy cheklovlar


Download 57.92 Kb.
bet11/20
Sana05.05.2023
Hajmi57.92 Kb.
#1426555
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
Jinoyat kazus 11-20

7-modda. Ma’muriy nazorat chog‘ida belgilanadigan ma’muriy cheklovlar
Nazorat ostidagi shaxslarga nisbatan sudning sodir etilgan qilmishning xususiyati hisobga olingan holdagi qarori asosida quyidagi ma’muriy cheklovlar belgilanishi mumkin:
yashash joyidan sutkaning belgilangan vaqtida tashqarida bo‘lishni taqiqlash;
muayyan joylarda bo‘lishni taqiqlash;
sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan ichki ishlar organlarining ruxsatisiz chiqishni taqiqlash;
ro‘yxatdan o‘tish uchun har oyda bir martadan to‘rt martagacha ichki ishlar organiga (ichki ishlar organining tayanch punktiga) kelish;
alkogolli ichimliklarni iste’mol qilishni taqiqlash.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ma’muriy cheklovlar nazorat ostidagi shaxsning turmush tarziga, oilaviy ahvoliga, shuningdek uning shaxsini tavsiflovchi boshqa holatlarga qarab to‘liq hajmda yoki alohida-alohida tarzda belgilanadi.
Ma’muriy cheklovlarning ro‘yxati uzil-kesil bo‘lib, unga qo‘shimchalar kiritilishi yoki u kengaytirib sharhlanishi mumkin emas.
Qo‘llaniladigan ma’muriy cheklovlar sud tomonidan ichki ishlar organining taqdimnomasiga yoki nazorat ostidagi shaxsning yoxud uning vakilining arizasiga, shuningdek mehnat jamoasining, jamoat birlashmasining va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining iltimosnomasiga binoan nazorat ostidagi shaxsning turmush tarzi va xulq-atvori haqidagi ma’lumotlar inobatga olingan holda qisman bekor qilinishi mumkin.
Ya’ni bundan ko’rishimiz mumkinki, Sh.ning sodir qilgan qilmishi uchun dastlab ma’muriy jazo qo’llanilgan. Shundan so’ng ham sodir etgani uchun unga nisbatan. MJK 266-modda 1-qism bilan jazoga tortilishi kerak.
3. Жазодан озод қилиш деб - суд томонидан жиноят содир этишда айбдор деб топилган шахсни:
- содир этган жинояти учун тайинланган жазодан;
- ушбу тайинланган жазо турини ҳақиқатда ўташдан;
- жазони ўташни давом эттиришдан озод қилишга айтилади.
Жазодан озод қилиш турлари
- жазони ижро этиш муддати ўтиб кетганлиги муносабати билан жазодан озод қилиш (ЖК 69- модда).
- шахснинг ижимоий хавфлилик хусусиятини йўқотиши муносабати билан уни жазодан озод қилиш (ЖК 70-модда).
- айбдорни амалда пушаймон бўлганлиги муносабати билан жазодан озод қилиш (ЖК 71-модда).
- шартли ҳукм қилиш (ЖК 72-модда).
- жазони ўташдан муддатидан илгари шартли озод қилиш (ЖК 73-модда).
- жазони енгилроғи билан алмаштириш (ЖК 74-модда).
- касаллик ёки меҳнат қобилиятини йўқотиши оқибатида жазодан озод қилиш (ЖК 75-модда).
- амнистия акти ёки авф этиш асосида жазодан озод қилиш (ЖК 76-модда).
Mazkur vaziyatda fuqaro Sh.da yuqorida jazodan ozod qilish bo’yicha holatlar mavjud emasligi tufayli jazodan ozod etilmaydi.

Download 57.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling