1. Badiiy matnda metaforaning
Download 141.29 Kb.
|
fakulteti tilshunoslik ka
Metafora va o‘xshatish. Metafora va o’xshatish orasidagi munosabatga qarash ikki xil:
Metafora – qisqargan o’xshatish, ya‘ni ular orasida farq tashqi shakllanishidadir. Metafora va o’xshatish o’zaro mazmuniy (ichki) shakllanuv jihatidan farq qiladi. Metafora – qisqargan o’xshatish. Ya‘ni ular orasidagi farq shakl-lanishdadir (Arastu, A.A.Potebnya). Metafora va o’xshatish o’zaro mazmuniy (ichki) shakllanuv jihatidan ham farq qiladi (V.Veselovskiy, I.Kukina, M.Shteyn,). Ayrim olimlar o’xshatishni morfologik yoki lug’aviy emas, balki sintaktik konstruksiya deb baholaydi. Chunki o’xshatish uchun bittagina so’z yoki shakl kamlik qiladi. Lekin shuni hisobga olish kerakki, har qanday lug’aviy yoki morfologik mohiyat aynan sintaktik qurshovda namoyon bo’ladi. Bu mutlaqo ularni mustaqil mohiyat sifatida mavjud emas degan xulosaga olib kelmasligi kerak. N.Mahmudov, A.Nurmonov o’zbek tilidagi qiyosiy tizimlar uchun quyidagicha formula tuzadi: {A [V] V] S}. Bunda A – qiyos subyektining ramzi, V – qiyosning shakliy ko‗rsatkichi, S – qiyos asosining ramzidir. Qiyoslang: Qovun asaldayin shirin, Qovun asldan shirin. Bunda qovun – A, asal – V, -day, -dan-V va shirin-S.1 O’xshatish va metafora orasida shakly farqning borligi bunda yaqqol ko’rinib turadi. Ya‘ni o’xshatishda ishlatiluvchi ―kabi‖, ―go’yo‖, ―xuddi‖, ―-dek‖ singari unsurlar metaforada uchramaydi. Demak, bu yerda sifat o’zgarishlarining miqdor o’zgarishlariga aylanish qonuni amal qiladi. Bu qonunni o’z obyektimizga tadbiq etadigan bo’lsak, ―kabi‖, ―go’yo‖, ―-dek‖ va hokazolarning tushib qolishi bilan belgilanadigan shakliy farq, o’z-o’zidan, mazmuniy farqni ham keltirib chiqarishi tabiiy. Mazmuniy jihatdan qanday farq borligini aniqlash uchun o’xshatish va metaforik pozitsiyada kelgan so’zning semem tarkibini qiyoslash lozim. ―Qirchang’i‖ so’zining semem tarkiga nazar tashlasak uy hayvoni; qari; kasalmand; yaroqsiz. O’xshatish: ―Shavlaev ... yaylovga qo’yvorilgan qirchang’idek, bosh ko’tarmay sandiroqlab yuraveradi‖ (A.Obidjon). Metafora: ―O’v qirchang’i, baxtingga quvonib o’tirmaysanmi?‖ (A.O.) O’xshatishda qirchang’i so’zining hamma semalari yuzaga chiqmoqda, metaforik qo’llanish esa 1- semada xiralashmoqda. Xiralashgan sema o’rnini mutanosib boshqa sema (bu sema tema tarkibidan olinadi) qoplaydi. Bu o’rinda – ―inson‖ (ayol) semasi. O’xshatish va metafora qo’llanishida sema tarkibi va shaklining bu xil farq qilinishi uslubiy jihatdan bu ikki tropni farqlaydi. O’xshatishda hamma semalarning yuzaga chiqishi mazmunan, o’xshatuvchi unsurlarning ishtirok etishi shaklan o’xshatilayotgan va o’xshayotgan narsani bir butun deb tasavvur qilishga to’siq bo’ladi. Metaforada esa go’yo bu chegara olinadi va ular bir butundek – bittadek tushuniladi. Quyidagi misolga e‘tibor qilaylik: Danakdek qulog’im supra bo’lguncha yashab ... (A.Obidjon). O’xshatishda (danakdek) quloqning har holda danak emasligi, danakka o‗xshashligi sezilib tursa, metaforada (supra bo’lguncha) bu xil inkor mavjud emas. Albatta bu shartli. So’zlovchi quloqning supra bo’la olmasligini yaxshi tushunadi. Biroq uslubiy maqsadlarda bu hodisani ataylab yashiradi. Metaforaning bu xususiyati (ikki hodisani bir butun deb bilish) uning qo’llanilishida ham o’ziga xoslik vujudga keltiradi. Ya‘ni metaforik qo’llangan so’z metaforik 1 Маҳмудов Н, Нурмонов А. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси. – Т.: Ўқитувчи, 1995. –Б.138. Yo’nalgan so’zsiz ham yolg’iz kela oladi. Masalan, Stadionda yana ―haya-haya‖ boshlandi. Hayda, xo‗roz (A.Obidjon). O’xshatishda bu xil imkoniyat nihoyatda chegaralangan. O’xshayotgan va o’xshatilayotgan narsani bildiruvchi so’zlar muntazam sintagmatik aloqada turadi: Futbolchilarimiz shapaloqdek mamlakat – Belgiya komandasiga yutqazib qo’yishdi (A.Obidjon). Danakdek qulog’im supra bo’lguncha yashab ... Yuqoridagilarni xulosalab shuni aytish mumkinki, o’xshatish va metafora bir-biriga juda yaqin keladi. Ammo bir necha jihatdan farq qiladi. Shaklan: O’xshatishda –dek, -day, go‗yo kabi unsurlar qatnashadi, metaforada esa qatnashmaydi. Mazmunan: O’xshatishda o’xshatilayotgan va o’xshayotgan narsa bir- biridan alohidaligi ko’rinib turadi, metaforada esa bir butun deb tasavvur qilinadi. Usluban: O’xshatishda ifoda vositasi so’zning to’liq semalarini saqlaydi, metaforada esa saqlanmaydi. Yo’nalishi – O’xshatish gorizontal yo’nalishni nazarda tutadi. ga ko’ra: Oltindek bosh, danakdek quloq. Metafora esa vertikal yo’nalishga asoslanadi. Bosh emas, oltin qimmatli narsa, demak, metafora nimanidir nomlaydi, o’xshatish esa sifatlaydi. Download 141.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling