1. Badiiy matnda metaforaning
Download 141.29 Kb.
|
fakulteti tilshunoslik ka
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning maqsad va vazifasi
Mavzuning o‘rganilish darajasi. ―Metafora‖ atamasi paydo bo’lganidan beri o’tgan ikki yarim ming yildan ziyod vaqt davomida metafora, metaforiklik masalalariga bag’ishlangan ko’plab tadqiqotlar amalga oshirilgan. Agar antik davrlarda metaforaga ko‗proq ritorikaning
obyekti sifatida qaralgan bo’lsa1, keyingi davrlarda unga poetikaning, aniqrog’i, poetik stilistikaning obyekti sifatida qaraldi, sharq va g’arb olimlari tomonidan atroflicha tadqiq etildi. Metaforani faqat ko‗chim yoki badiiy vosita emas, balki inson tafakkurining, xususan, obrazli tafakkurning muhim mexanizmlaridan biri sifatida tushunish bilan bog’liq holda XIX asr o’rtalaridan adabiyotshunoslik qatori tilshunoslik, falsafa, mantiq, psixologiya, semiotika kabi ko’plab ilm sohalari ham o’zining qiziqishlari doirasida tadqiq etib keladi2. O’zbek adabiyotshunosligida ham metaforani ko’chim sifatidagina tushunish barham topib, uning badiiy asarda, badiiy tafakkurda tutgan o’rni, ijodiy uslubni belgilovchilik xususiyati o’tgan asrning 80- yillaridan boshlab o’rganila boshlandi3. O’zbek tilshunosligida 70-yillardan boshlab, ko’p ma‘nolilik va so’zlarning ko’chma ma‘nolarini tadqiq qilishga bag’ishlangan bir qator asarlar maydonga keldi. Bu borada tilshunos olim M.Mirtojiyevning4 xizmatlarini alohida ta‘kidlash lozim. Shuningdek, metaforani tilshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiq etilgan, alohida ijodkor she‘riyatida tutgan o’rnini o’rganishga bag’ishlangan tadqiqotlar yaratildi.1 Bu tadqiqotlarda ko’chma ma‘noni hosil qiluvchi vositalar qatorida metaforaga ham o’rin berilgan va ko’chma ma‘noni vujudga keltiruvchi vositalar sistemasida metaforaning boshqa vositalardan farqli jihatlarini aniqlashga e‘tibor qaratilgan. G.Qobuljonova metafora va uning lingvistik tabiatini alohida monografik planda o’rgangan. Ishning maqsad va vazifasi. O’zbek tilshunoslarining metaforaga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlarini atroflicha tadqiq etgan holda, metaforaning lingvistik mohiyatini chuqurroq yoritishdan iborat. Ana shu maqsaddan kelib chiqqan holda, oldiga quyidagi vazifalar qo‗yildi: badiiy matnda metaforaning ahamiyatini belgilash; metaforaning lisoniy tahlili masalasini yoritish; 1 Аристотель. Риторика. Поэтика. –М.: Лабиринт, 2000; Цицерон Нотиқлик санъати ҳақида икки рисола. –Т.: 2007. – Б.299. 2 Арутюнова Н.Д. Метафора и дискурс.//Теория метафоры. – М.: 1990. –С. 5; Жирмунский В.М. Метафора в поэтике русских символистов // Новое литературное обозрение. – 1999, -№1. 3 Шарафиддинов О. Биринчи мўъжиза. – Т.: Адабиѐт ва санъат нашриѐти, 1979; Расулов Т. Бадиий асар қанотлари. - Т.: Адабиѐт ва санъат нашриѐти, 1977; Мамажонов С. Шеърият баҳсида. – Т.: Адаб. ва санъат нашриѐти, 1972; Акрамов Б. Шеърият гавҳари. (Лирикада образ муаммоси). – Т.: Адабиѐт ва санъат нашриѐти, 1979; Шаропов А. Оламлар ичра оламлар. –Т.: 1983; Раҳимжонов Н. Давр ва ўзбек лирикаси. -Т.: Фан, 1979; Ғафуров И. Лириканинг юраги. – Т.: 1982 ва бошқалар. 4 Миртожиев М. Ўзбек тилида полисемия. – Т.: Фан., - 1975. – Б.140; Миртожиев М. Лингвистик метафоралар таснифи. // Ўзбек тили ва адабиѐти. – Т., 1973.- № 4. – Б. 33-37. 1 Қобулжонова Г.К. Метафоранинг системавий лингвистик талқини: Филол.фанлари номзоди ... автореф. –Тошкент, 2000; Қобулова У.С. Метафорик матнда интеграл ва дифференциал семалар муносабати: Филол.фанлари номзоди... автореф. – Тошкент, 2007 ва бошқалар. Тўланова Н.М. Ҳозирги ўзбек шеъриятида бадиий санъатларнинг лисоний- услубий таҳлили: Филол.фанлари номзоди ... автореф. – Тошкент, 2008; metaforaning mohiyati va uning turlarini aniqlash; metaforaning badiiy matndagi vazifalarini ko‗rsatish; metaforaning uslubiy xususiyatlarini belgilash; metaforaning unga yondosh bo‗lgan hodisalar bilan munosabati masalasiga aniqlik kiritish. Download 141.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling